Ro‘yxatga olindi
№ 5112000 3.2.01
2021 yil “___” _______
|
|
“Tasdiqlayman”
Termiz davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
___________________________ R.To’rayev
2021 yil «____»_______________________
|
“JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI”
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(4-KURS)
Mashg‘ulot turi
|
Jami ajratilgan soat
|
7-semestr
|
Nazariy -
|
34
|
34
|
Amaliy -
|
10
|
10
|
Tajriba -
|
-
|
-
|
Seminar -
|
32
|
32
|
Mustaqil ish -
|
64
|
64
|
Jami auditoriya soatlari
|
76
|
76
|
Umumiy o‘quv soatlari
|
140
|
140
|
Termiz -2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Sh.Abduraimov - TermDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o‘qituvchisi.
Ch.Boboqulov - TermDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
O’. Salimov - TermDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Haqqulov. - TermDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o‘qituvchisi.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Sport faoliyati va boshqaruv” kafedrasining 2021 yil “ ___ ” avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _________________________ Sharipov. H.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Sport faoliyati va boshqaruv” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil ___ avgustdagi 1-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: ____________________Ya.Ch.Daniyeva
Kelishildi: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i.
_______________________ ______________________.
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mazkur fan dasturi bakalavriat: 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-2-3-4 bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fan dasturi 2-3-4-5-6 va 7 semestlar davomida jismoniy madaniyat va sportning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, jismoniy madaniyat va sportni boshqarish yo‘llari o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, dastur tarkibida fanning maqsadi, vazifalari, talabalarga jismoniy tarbiya jamiyat madaniyatining tarkibi qismi sifatida vujudga kelishi, tarkib topishi, sportni boshqarish haqida bilimlar berish, ya’ni qadim zamonlardan boshlab shu kungacha turli halqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonununiyatlarini aniqlash va yoritishni shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta’lim berishni ta’minlovchi sohani o‘rganish fani bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muhim o‘rin berilgan. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko‘nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o‘rgatish metodlari va vositalarini ochib berishdan iboratdir, shuningdek, o‘rgatish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini o‘z bilim doirasiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |