Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Shaxsning hissiyot va emotsional tarbiyasida “Baxt”ning mohiyati



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

Shaxsning hissiyot va emotsional tarbiyasida “Baxt”ning mohiyati
 
Chet  el  ijtimoiy  psixologiyasida  baxt  muammosi  turmushdan  qoniqish 
ma‘nosida  tadqiqodchilar  diqqatini  o‘ziga  jalb  qiladi.  Amerikalik  psixolo, 
bixeviorizmning asoschilaridan biri Dj. Uotson tomonidan  XX asrning boshlarida 
baxt  man‘balarini  aniqlashga  mo‘ljallangan  anketa  so‘rovnomasi  o‘tkazildi.      XX 
asrning  40-yillarida  Uotsonning  safdoshi  va  izdoshi  E.Torendayk  turmushdan, 
yashashdan  qoniqish  omillarini  tartibga  keltirgan  va  ularni  ―yaxshi  turmush 
sharoitlari‖ deb belgilagan. 
 Baxt  ruhiy  va  jismoniy  salomatlik  singari  individning  muayyan  ijtimoiy 
aloqalari  ko‘payishi  tufayli  ko‘lamini  kengaytirdi.  Ijtimoiy  hislarining  kamayishi 
va  stress  (zo‘riqish)  vaziyatlarning  paydo  bo‘lishi  sababli  depressiya    holati 
vujudga keladi.  
  Oilaviy turmushdagi o‘zaro munosabatlar: turmush yo‘ldoshiga ega bo‘lgan 
ayollar  hayotiy  vaziyatlarda  ko‘pgina  stress  holatlarini  boshidan  kechirganligiga 
qaramay,  ular  depressiya  holatiga  kamroq  beriluvchanligi  aniqlandi.  CHunki  ular 
o‘z  muammolarini  muhokama  qilishda  turmush  o‘rtog‘i  yordamiga  tayanadilar, 
o‘zaro  fikr  almashadilar.  Amerikalik  psixologlarning  fikricha,  ishxonadagi 
xodimlar  tomonidan  insonni  quvvatlash  o‘ta  ta‘sirchandir,  rahbarning,  oilaning, 
do‘stlaarning  qo‘llashi  alohida  ahamiyat  kasb  etib  depressiyaga  etaklovchi 
stressning  kamayishiga olib keladi.  
   Jahon  psixologlari  ma‘lumotlariga  qaraganda,  eng  xotirjam  va  eng  baxtli 
odamlar  Shimoliy  Amerikada,  Evropada,  Avstraliyada  yashaydilar.  Yevropa 
qit‘asida  esa  Belgiya,  Daniya,  Gollandiya,  Angliya  mamlakatlari  xalqlari 
Germaniya, Italiya, Fransiya fuqorolaridan o‘zlarini baxtliroq hisoblaydilar.  
  Kimni  baxtli  deb  hisoblash  mumkin  degan  savolga  javob  berishga  loyiq 
materiallar  mavjud.  Odatda  ekstravertlar  (ichki  dunyosi  tashqi  ifodaga  ega 
odamlar)  ko‘p  vaqtni  odamlar  bilan  muloqotga,  yoqtirgan  mashg‘ulotga,  maroqli 
jismoniy faoliyatga ajratadilar.  
  Shunday  toifadagi  kishilar  ham  borki,  ularda  doimo  depressiv  holatga 
moyillik  seziladi,  ammo  boshqa  bir  xususiyatli  odamlar  ham  mavjudkim,  ularga 
amaliy  jihatdan  uzluksiz  ravishda  omad  kulib  boqadi,  ishlari  hamisha  baroridan 
keladi, umuman omadli insonlar, baxtiyor chehralilardir. 
 Salomatlik  baxtning  muhim  tarkibiy  qismidir.  Salomatlik  xotirjamlikning 
muhim  va  ob‘ektiv  jabhasi  bo‘lib  hisoblanadi.  Salomatlik  insonning  baxti  bilan 
jips aloqaga ega va u asosiydeterminantlardan biri sanaladi. 
Stress  bizni  hayotga  moslashishimizni  ta‘minlab,  xayotni  to‘g‘ri  tasavvur 
qilishimizga  yordam  berishi,  yoki  aksincha,  o‘zimizning  tor  qobig‘imizga  o‘ralib 
qolib,  dunyoni  o‘z  qarichimiz  bilan  o‘lchashga  odatlantirib,  o‘zimizga  ishonchni 
susaytirishi mumkin. 
Hissiyot  tushunchasiga    rus psixologi  A.V.Petrovskiy:  -―Hissiyot  -  kishining 
o‘z  hayotida  nimalar  yuz  berayotganiga,    nimalarni  bilib  olayotganiga  yoki  nima 
bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik 
munosabatdir‖ deb ta‘rif beradi.  Taniqli o‘zbek psixologi professor E.G‘oziev esa, 
hissiyotni  odamda,    tirik  mavjudotlar  miyasida,    ya‘ni  shaxslarning  ehtiyojlarini  


29 
 
qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob‘ektlarga nisbatan uning munosabatlarini 
aks ettirish ma‘nosida qo‘llaydi. 
Olimlarning  hissiyotga  bergan  ta‘riflardan   
hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasligi,   tashqi olamdagi narsa va hodisalarning 
ta‘siri  bilan  bog‘liq  ravishda  yuzaga  kelishi,  hissiyot  bizning  tuyg‘ularimizning  
o‘ziga xos aks ettirish jarayonidir degan xulosa yasashimiz mumkin.  
Psixologiyada  hissiyot  bilan  birga  emotsiya  tushunchasi  ham  keng  doirada 
qo‘llaniladi.  Aynan  emotsiya  tushunchasining  mazmuni  nimadan    iborat  va 
hissiyot  tushunchasi  bilan    o‘zaro  bog‘liqligi  qanday    degan  savol  tug‘iladi? 
Shunga    muvofiq  emotsiya  tushunchasining  mazmun  mohiyatini  yoritadigan 
bo‘lsak; professor E.G‘oziyev, emotsiya-odatda  tashqi alomatlari yaqqol namoyon 
bo‘ladigan  his-tuyg‘ularni,  ichki  kechinmalarni    ifodalanishidan    iborat  psixik 
jarayonni  yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta‘riflaydi. 
Emotsiya-shaxsning  voqelikka    o‘z  munosabatini  his  qilishidan  kelib 
chiqadigan,      uning  ehtiyoj  va  qiziqishlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yoqimli  yoki 
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta‘riflardan ko‘rinadiki,  hissiyot tushunchasi 
emotsiyaga  nisbatan  kengroq  tushuncha  bo‘lib,  shaxsning  kundalik  hayoti,  
turmush      tarzidagi  barcha    jabhalarni  qamrab  oladi.  Hissiyotlar  o‘zining  yuzaga 
kelishiga ko‘ra ehtiyojlar, qiziqishlar va intilishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
organik  ehtiyojlarini  qondirishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hissiyotlar  odamda 
rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira 
olmaslik ruhni tushirib, kayfiyatni buzib,  azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Hissiyotlar  ham  boshqa  bilish  jarayonlari  kabi  kishining  faoliyati  davomida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma‘lum 
muddat  davomida  ijtimoiy  foydali  mehnat  bilan  shug‘ullanish  kerak  bo‘lsa,  uzoq 
vaqt  davomida  biror  ish  faoliyati  bilan  shug‘ullanmagan  kishida  dangasalik, 
loqaydlik  kabilar  shakllanadi.  U  yoki  bu  faoliyat  davrida  yuzaga  kelgan  hissiyot 
ana    shu  faoliyatning  o‘ziga  ta‘sir  qilib,  uni  o‘zgartiradi.  Masalan,    hohlamasdan 
o‘zini  majbur  qilib  ishlayotgan  odam  bilan  o‘zi  hohlab  sitqidildan    ishlayotgan 
odam  ishining  unumdorligi  o‘rtasida  juda  katta  farq  mavjud.  Odamning  kayfiyati 
yaxshi  xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali  bo‘ladi, aksincha odamning 
dili  g‘am,    qandaydir  tashvishli    yoki  g‘amgin  bo‘lganda  qo‘li  ishga  bormaydi.  
Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot 
boshqa  bilish  jarayonlariga    ham  ta‘sir  qiladi.  Masalan,    odamning  ruhi  tetik,  
xursand  bo‘lgan  paytda,  idroki  juda  jonli,  diqqati  barqaror,  esda  olib  qolishi, 
tuyg‘ularga boy,  tafakkuri o‘tkir, nutqi burro bo‘ladi.  

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish