Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


-MAVZU: SHAXSNING EMOTSIONAL SOHASI. MULOQOT



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
3-MAVZU: SHAXSNING EMOTSIONAL SOHASI. MULOQOT 
Reja: 
3.1. Emotsiya va hissiyot haqida tushuncha. 
3.2. Hissiy hoaltlarning nerv-fiziologik asoslari. 
3.3. Yuksak hislarning mazmuni va turlari. 
3.4. Kayfiyat. Affekt. Stress. 


27 
 
3.5. Muloqot to‘g‘risida umumiy tushuncha. 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
Emotsiya, hissiyot, affect, stress, depressiya, verbal, noverlbal, komunikativ.  
3.1.Emotsiya va hissiyot haqida tushuncha 
Jahon  psixologiyasida  ―hissiyot‖  bilan  ―emotsiya‖  terminlari  (ayniqsa  chet 
mamlakatlarda)  bir  xil  ma‘noda  ishlatiladi,  lekin  ularni  aynan  bir  xil  holat  deb 
tushunish  mumkin  emas.  Bunday  nuqson  ommabop  adabiyotlarda,  chet  ellarda 
chop  etilgan  darsliklarda  aksariyat  hollarda  uchraydi.  Odatda  tashqi  alomatlari 
yaqqol  namoyon  bo‘ladigan  his-tuyg‘ularni  ichki  kechinmalarda  ifodalanishdan 
iborat  psixik  jarayon  yuzaga  kelishining  aniq  shaklini  emotsiya  deb  atash 
maqsadga  muvofiq.  Masalan,  ranglarning  o‘zgarishi,  yuzlarning  tabassumlanishi, 
lablarning  titrashi,  ko‘zlarning  yarqirashi,  kulgu,  g‘amginlik,  ikkilanish, 
sarosimalik  va  boshqalar  emotsiyaning  ifodasidir.  Lekin  vatanparvarlik, 
javobgarlik,  ma‘suliyat,  vijdon  mehr-oqibat,  sevgi-muhabbat  singari  yuksak 
hislatlarni  emotsiya  tarkibiga  kiritish  g‘ayritabiiy  hodisa  hisoblanar  edi.  Ushbu 
hissiy  kechinmalar  o‘zining  mohiyati,  kuch-quvvati,  davomiyligi,  ta‘sirchanligi, 
yo‘nalganligi  bilan  bir-biridan  keskin  farq  qilishlariga  qaramay.  Ularni  emotsiya 
sifatida  talqin  qilish  oddiy  safsataga  aylanib  qolgan  bo‘lar  edi.  Shu  boisdan 
ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa 
(emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. 
Ta‘kidlab  o‘tilgan  mulohazalarga  qaramasdan,  hissiyot  bilan  emotsiyaning 
o‘zaro bir – biridan qat‘iy cheklab qo‘yish ham ba‘zi anglashilmovchilikni keltirib 
chiqarishi mumkin. Faoliyat, hulq-atvor, muomala sub‘ekti o‘zining shaxsi hamda 
jamiyati  uchun  ahamiyatli  hisoblangan  narsalar  va  hodisalarni  aks  ettiruvchi 
munosabati  hissiyotda  mujassamlashadi.  Shaxsning  individual  hayoti  va 
faoliyatiga  aloqador  omillar,  qo‘zg‘ovchilar,  turtkilarni  ifodalovchi  hamda  kelib 
chiqishi  instinktlar,  shartsiz  reflekslar,  irsiy  belgilar  (ovqatlanish,  jinsiy, 
himoyalanish,  qo‘rqish  va  boshqalar)  bilan  bog‘liq  sodda  hissiy  holatlar 
―emotsiyalar‖  deyiladi.  Emotsiyalar  afaqat  insonlarga,  balki  jonli  rivojlangan 
mavjudotlarga  ham  taa‘luqli  ruhiy  (psixik)  holatlar.  Hayvonlardagi  emotsiyalar 
o‘zgarishi  murakkab  bo‘lgan  tabiiylik  (irsiy)  alomatlarga  asoslanuvchi  sodda 
tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati , tuzilishi, 
ta‘sirchanligi,  jadalligi,  sifati  va  shakli  bilan  hissiyotdan  farqlanadi.  Shuni  aytib 
o‘tish  sanalmish  hazrati  insongagina  xos,  xolos,  chunki  empatik  hamdardlik  his-
tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish