Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
 
7-MAVZU: IRODA.TEMPERAMENT 
 
Reja: 
7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 
7.2.Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. 
7.3.Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi tasavvurlarning 
rivojlanish tarixi.  
7.4.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 
 


73 
 
Tayanch so‟z va iboralar 
Iroda,  chidamlilik,  matonat,  sabrtoqatlilik,  mustaqillik,  tirishqoqlik, 
sobitqadamlik, temperament, xolerek, sangvinik, melonxolik, flegmatik. 
 
7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari 
1. Shaxs irodaviy sifatlarini psixologik nuqtai nazardan o‘rganilishiga, qadim 
zamonlardan  buyon  olimlar  tomonidan  e‘tibor  qaratilib  kelingan.  Bugungi  fan 
texnika  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  irodaviy  sifatlarni  o‘rganish  bo‘yicha  xam 
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.  
Psixologiya  fanida  irodani  o‘rganish  turli  ilmiy-metodologik  asosga 
qurilgan  holda  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyotning  barcha  bosqichlarida  amalga 
oshirilib  kelinmoqda.  Uzoq  tarixga  ega  bo‘lgan  izlanishlar  falsafa  fani  qobig‘ida 
o‘tkazilgan,  lekin  sof  psixologik  masalalarni  ochishga  harakat  qilingan.  Iroda 
to‘g‘risidagi mulohazalar, talqinlar, uning ichki mohiyatini ochishga intilish antik 
dunyoda  yuzaga  kelgan.  Ularning  bir  qator  asosli  fikrlari,  prinsiplari  to  hozirgi 
davrgacha  o‘z  qiymatini  tarixiy  omil  sifatida  saqlab  turibdi.  CHunki  qadimgi 
zamonlarda ham insonning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlari, shaxsning 
mazkur munosabatdagi roli, o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Ana shundan kelib 
chiqqan  holda  shaxs  irodasi  mohiyatini  tushunishga  qaratilgan  ilmiy-psixologik 
yondashuvlar vujudga kelgan. 
Ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyotning  XVII  asriga  kelib  psixologiyaning  iroda 
kategoriyasiga  nisbatan  qiziqish  avj  olgan.  Bu  ajoyib  ijtimoiy-psixologik  voqelik 
bo‘lib, nazariya bilan amaliyotning uzviyligini namoyish qilish uchun xizmat qilar 
edi.  Inson  imkoniyatini  ilmiy  jihatdan  ochish  uchun  uning  harakatlantiruvchi, 
ichki mexanizmi yuzasidan muayyan ham nazariy, ham miqdoriy ma‘lumotga ega 
bo‘lish  kerak  edi.  Mazkur  davrning  yyetakchi  nazariyotchilaridan  bo‘lmish 
mutafakkirlar  Gobbs  va  Spinozalar  o‘rganilayotgan  masala  yuzasidan  shaxsiy 
mulohazalarini shunday ta‘kidlab o‘tganlar – faollik manbaini bemahsul sohaning 
paydo  bo‘lishi,  deb  tushunish  mumkin  emas,  chunki  uni  shaxs  kuch-quvvatining 
hissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim.  
Psixologlar tomonidan irodaga nisbatan bildirilgan munosabatlarning tahlili 
ko‘rsatishicha,  psixologiya  fanida  irodani  tushunish,  talqin  qilish,  uni  ta‘riflash 
bo‘yicha  ular  o‘rtasida  ilmiy-metodologik  nuqtai  nazaridan  bir  xil  yoki  o‘xshash 
munosabat  yaratilmagan.  Qolaversa,  irodaviy  sifatlarning  ma‘noviy  asosini  tahlil 
qilishda ham umumiylik, ham umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Qiyosiy 
tavsif bunga yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi.  
Psixologiya  fanida  irodaviy  sifatlar  va  ularning  ma‘nosi,  mohiyati, 
mazmuni,  ko‘lami  jihatidan  ham  qarama-qarshi,  e‘tirozli  mulohazalar  mavjud. 
Psixologlarning  irodaviy  sifatlariga  munosabatlari  to‘g‘risida  ayrim  fikr  va 
mulohazalar  bildiramiz.  Jumladan,  V.A.Krutetskiy  o‘z  izlanishlarida  irodaviy 
sifatlar  tarkibiga  sobitqadamlilik,  mustaqillik,  qat‘iyatlilik,  intizomlilik,  dadillik, 
jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. Ularning ta‘rifiga, foydalanish imkoniyatiga, 
shakllantirish  yo‘l-yo‘riqlariga  to‘xtalib  o‘tadi.  P.M.YAkobson  esa  irodaning 
muhim sifatlarini mustaqillik, qat‘iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. 
Insonda  namoyon  bo‘ladigan  irodaviy  sifatlari  qatoriga  mana  bularni  kiritadi: 
sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va 


74 
 
tirishqoqlik, dadillik va qat‘iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va 
jasoratlilik. O‘tkazilgan tahlillarimizga qaraganda, nima uchundir aksariyat ilmiy-
psixologik  adabiyotlarda  irodaviy  sifatlar  qatoriga  ―ishonch‖  tushunchasi 
kiritilmagan.  Bunday  izlanishdagi  uzilishlarga  qaramay,  ―ishonch‖  iroda  sifati 
tariqasida tadqiq etilishga loyiqdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun A.I.SHcherbakov 
tadqiqotidan  namuna  keltirishning  o‘zi,  chamamda,  etarlidir.  Izlanuvchining 
ta‘kidlashicha,  bir  talabaga  qisqa  vaqt  ichida  institutni  tugatish  taklif  qilingan, 
lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmasligini oshkora bildirgan. Shundan 
so‘ng  eksperimentator  talabada  o‘z  kuchiga  ishonch  tuyg‘usini  uyg‘otishni 
maqsad  qilib  qo‘ygan  va  unda  irodaviy  zo‘r  berish,  qiyinchiliklarni  yengish 
vositalarini  shakllantirgan.  Buning  natijasida  talaba  o‘z  maqsadiga  erishishga 
muvaffaq  bo‘lgan.  Bunga  o‘xshash  tajriba  boshqa  tadqiqotchilar  tomonidan  ham 
o‘tkazilganligi ilmiy manbalarda uchraydi. Hozirgi davrda shuning uchun ham o‘z 
kuchiga  ishonch  psixologik  hodisa  sifatida  o‘rganilishi  ko‘pchilik  psixologlarni 
qiziqtiradi.  Chunki  kuchli  irodaviy  zo‘r  berish  qanday  ob‘ektiv  yoki  sub‘ektiv 
omillar bilan shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy-psixologik masala bo‘lib 
hisoblanadi. Xuddi shu bois, hozirgi zamon psixologiyasida irodaga oid nazariyasi 
zaifligi  tufayli  irodaviy  sifatlarni  tasniflashning  asosiy  prinsiplari  ishlab 
chiqilmagan. Lekin bundan bu borada izlanishlar olib borilmayapti, degan ma‘no 
kelib chiqmasligi kerak. 
Ta‘kidlab  o‘tilgan,  zaiflikda  o‘z  ifodasini  topgan  psixologik  masalani  hal 
qilish  xohish-istagida  V.K.Kalin  irodaviy  sifatlarni  tasniflashga  harakat  qilgan. 
Muallif  nuqtai  nazaricha,  bazal  irodaviy  sifatlar  irodaviy  jarayonlar  asosida 
vujudga  keladi.  Lekin  bunda  uning  intellektual  va  axloqiy  jabhalari  ishtirok 
etmaydi.  Kalin  bazal  sifatlarni  aniqlash  uchun  ongning  mana  bunday  tarzda 
namoyon  bo‘lishini  tanlaydi:  a)  faollik  darajasining  ortishi;  b)  zaruriy  faollik 
darajasini  qo‘llab-quvvatlash;  v)  faollik  darajasining  pasayishi.  Oldingi  fikr  va 
mulohazalardan  kelib  chiqqan  holda  tadqiqotchi  quyidagi  sifatlarni  muhokama 
uchun  mutaxassislar  diqqat-e‘tiboriga  tavsiya  qiladi:  g‘ayratlilik,  chidamlilik, 
vazminlik.  Agarda  bu  jarayonda  intellektual  negiz  ishtirok  etmasa,  u  holda  qaysi 
hal  qiluvchi  qurilma  hisobiga  vaziyat  baholanadi,  harakatni  kuchaytirish, 
quvvatlash,  pasaytirish  to‘g‘risida  komanda  qanday  beriladi,  bu  narsani  tushunib 
bo‘lmaydi.  Bu  yo‘nalishdagi  talqinni  davom  ettirgan  V.K.Kalin  bazal  tizimga 
kirmagan  irodaviy  sifatlarni  ikkilamchi,  deb  nomlaydi.  Chunki  ularda  bilimlar, 
ko‘nikmalar,  emotsiya  va  intellektning  paydo  bo‘lishi  mujassamlashadi.  Negadir 
muallif qat‘iyatlik tushunchasini uning so‘zi bilan aytganda, ikkilamchilar qatoriga 
kiritadi. Vaholanki, V.K.Kalinning mulohazasicha, u o‘ziga mahliyo qiladigan his-
tuyg‘ularni  engishdan,  shuningdek,  rad  etilgan  variantlardan,  ishonchsizlikni 
to‘sishdan tashkil topadi. Tadqiqotchi o‘zining qaysidir psixologik bazisiga ko‘ra, 
tirishqoqlik  tushunchasini  ham  ikkilamchi  sifatlar  qatoriga  kiritadi.  Lekin 
matnlarda  bu  qarorga  izoh  berilmaydi,  o‘z-o‘zidan  dildagi  dilda  qolib  ketganday 
tasavvur  kishida  paydo  bo‘ladi.  Bizning  faraz  qilishimizcha,  ularda  ob‘ektning 
to‘planganligi  ifodasi  o‘z  aksini  topgan,  ravshan,  aniq  hayotiy-ijtimoiy  qadr-


75 
 
qiymat  mujassamlashgan.  Bularning  echimi  to‘g‘risida  alohida  fikr-mulohaza 
yuritish, dadil g‘oyalarni ilgari surish fursati etib kelganga o‘xshaydi. 
1
 
Ilmiy-psixologik  rasmiy  manbalarda  ta‘kidlanishicha,  chidamlilik  sifati 
tavsifida  ―qo‘shimcha  impulslar‖,  ―qo‘shimcha  irodaviy  zo‘r  berish‖,  ―iroda 
kuchi‖, ―sabr-toqat‖ jabhalari ifodasining o‘rni mavjud. Ma‘lumotlarga asoslanib 
shuni  aytish  mumkinki,  chidamlilik  tushunchasiga  xos  turtkilarning  xususiyatlari 
tirishqoqlik irodaviy sifatiga mutanosib tutish hollari uchraydi.  
T.Gobbs  ham  irodani  insonning  har  qanday  xatti-harakatini  amalga  oshirish 
bilan bog‘laydi. U irodani predmetga nisbatan moyillik o‘rnini undan nafratlanish 
egallagandan  keyin  insonning  harakat  oldidan  qabul  qilgan  so‘nggi  xohishi 
sifatida  talqin  qilgan.  Istak  predmet  yoki  xatti-harakatning  foydasi  to‘g‘risidagi 
mulohazalardan  keyin  qabul  qilinadi.  ―Iroda  va  moyilliklar  bu  bir  narsa‖,  -  deb 
ta‘kidlaydi  olim.  Uning  nuqtai  nazaridan  muammo  ko‘rib  chiqiladigan  bo‘lsa, 
iroda intilish, moyillik, hirs, aql bilan bir qatorda mustaqil voqelik bo‘lmay qoladi. 
Iroda  bor-yo‘g‘i  aql  bilan  foydasi  aniqlanadigan  oddiy  moyillik  (xohishga)ka 
aylanib qoladi. Mazkur dunyoqarash tufayli iroda va motivatsiyani ayniylashtirish, 
ularni ajrata olmaslik vujudga keladi (Ayniqsa, K.Levin ilmiy ishlaridan so‘ng bu 
yo‘nalish AQSH psixologiyasi keng kuzatiladi).  
T.Gobbsning  irodaga  yondashuvi  D.Gartliga  ham  xosdir.  ―Iroda  –  bu 
harakatni vujudga keltirishga qodir mayl yoki jirkanishdir. SHu tariqa iroda aynan 
hozirgi daqiqada kuchli istak yoki e‘tirozdir‖.  
D.Pristli iroda deb inson harakat qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilganidan 
so‘ng  hosil  bo‘luvchi  intilish  yoki  istakni  atashni  taklif  qiladi.  CHunki  istalgan 
predmet ko‘z o‘ngimizda bo‘lsa-da, harakat qilish xohishi har doim ham vujudga 
kelavermaydi,  buning  uchun  harakat  qilish  istagi  bo‘lishi  shart.  Bu  intilish  va 
harakatlar  doimo  motivlar  tomonidan  belgilab  beriladi,  oqibatda  irodaning 
hamisha sababi bo‘ladi degan hukmga keladi olim.  
A.Kollinz  iroda  deganda  ―biror  harakatni  boshlash  yoki  undan  voz  kechish, 
davom  ettirish  yoki  to‘xtatishni‖  tushungan.  Uning  fikricha,  xohish-istak  iroda 
akti, uning ifodasi bo‘lib, undan keyingina harakat boshlanadi.  
G.Spenser  ham  irodani  ongimizda  yyetakchilik  qiluvchi  xohish  bilan 
ayniylashtirishga  intilgan.  ―Irodani  aynan  hozirgi  damda  qolgan  hissiyotlarmiz 
ustidan hukmron  qo‘shimcha voqelik deb talqin qilamiz. Aslida esa, iroda bizning 
xatti-harakatlarimizni belgilab beruvchi yetakchi hissiyotning o‘zidir...‖ 
V.Vindelbandt  iroda  tushunchasi  ostida  alohida  istak  va  mayllarni  o‘zida 
mujassamlashtiruvchi  voqelikni  tushungan.  Iroda  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  shaxsni 
tavsiflovchi,  uning  asosini  tashkil  etuvchi  doimiy  motiv  (xohish-istak)  lar 
majmuasidir.  
A.Ben irodani  assotsiatsiya  bilan bog‘langan istak hamda harakat deb talqin 
qiladi.  U  iroda  tarkibida  motiv  va  harakatni  ajratib  ko‘rsatadi.  Spontan 
harakatlarga  moyillikni  u  irodaning  dastlabki  unsuri  deb  tan  oladi.  Motivlar 
rohatlanish  hamda  azoblanish  hislari  bilan  belgilanadi.  A.Benning  fikricha,  iroda 
nafaqat  tashqi  harakatlarda, balki  diqqatda  ham  o‘z  aksini topadi. Xulq  motivlari 
                                                           
 
 


76 
 
o‘rtasida  g‘oyaviy  motivlar  bo‘lganligi  sababli  vaziyatni  baholash  harakatning 
tormozlanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Olimning  mulohazalariga  ko‘ra,  irodaning 
kuchayishi  yoki  zaiflashishi  avvalo  motivlar  kuchiga,  fikrlar  ta‘sirida  hamda 
insonning jismoniy holati bilan bevosita bog‘liqdir.  
V.Vundt  tomonidan  kiritilgan  irodaning  emotsional  nazariyasini  ham 
motivatsion  yondashuvga  kiritish  mumkin.  U  ehtiyojni  intellektual  jarayonlardan 
irodaviy  harakatga  o‘sib  o‘tishiga  keskin  qarshilik  bildirgan  bo‘lib,  eng  sodda 
irodaviy  jarayon  sifatida  emotsional  jarayonlardan  bo‘lgan  maylni  tushungan. 
O‘zini  volyuntarist  deb  tan  olar  ekan,  ya‘ni  irodaning  mustaqilligini  tan  olsa-da, 
Vundt  uni  motivatsiyadan  alohida  bo‘lgan  jarayon  tariqasida  talqin  etilishini  tan 
olmaydi. Olimning fikricha, iroda bu motivlar bilan birga kechuvchi, biroq ularga 
bog‘liq  bo‘lmagan  o‘ziga  xos  jarayondir.  Eng  sodda  irodaviy    akt  negizida,  u 
affekt va undan kelib chiquvchi harakatni nazarda tutgan. Tashqi harakatlar oxirgi 
natijani  qo‘lga  kiritishga  qaratilgan  bo‘lsa,  ichki  bo‘lsa  –  emotsional  va  boshqa 
jarayonlarni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan.  
T.Ribo  ishlarida  ham  iroda  to‘g‘risida  harakatga  undovchi  qobiliyat  sifatida 
yondashiniladi.  Irodaning  sodda  ko‘rinishiga  olim  tirik  materiyaning  vaziyatga 
reaksiya  bildirish  qobiliyatini  tushungan.  Iroda  asosida  motivlashtiruvchi  kuch 
sifatida  hirs  va  mayllar  yotadi.  T.Ribo  bo‘yicha  iroda  taraqqiyoti  bu  reflektor 
reaksiyalardan  abstrakt  g‘oyalar  sari  harakatni  amalga  oshirishdir.  Irodaning 
rivojlangan shakllarida u shaxsning    o‘zidan, uning ―Men‖idan vujudga keluvchi 
faollikdir.  T.Riboning  fikricha,  iroda  nafaqat  harakatga  undashda  va  psixik 
jarayonlar  (diqqat)ning  yo‘nalishini  belgilashda,  balki  ularning  tormozlanishida 
ham ifodalanadi. Irodavviy zo‘r berish ayniqsa, ongli tanlov ham harakat qilishga 
bo‘lgan  tabiiy  intilish  o‘rtasidagi  nizoni  bartaraf  etishda  namoyon  bo‘luvchi 
mexanizm (vosita)dir.  
K.Levinning  irodaning  undash  funksiyasini  ko‘zlangan  harakatga  undovchi 
mexanizm  sifatida  shakllanuvchi  kvaziehtiyojlar  bilan  ayniylashtirishi  g‘arb 
psixologiyasida  iroda  hamda  motivatsiya  tushunchalarining  aynan  birdek  talqin 
etilishiga  sabab  bo‘ldi.  Buning  natijasida  uzoq  yillar  mobaynida  iroda 
psixologiyasi  bo‘yicha    ilmiy  tadqiqot  ishlari  butunlay  to‘xtatildi,  irodaviy 
harakatlar deb baholanuvchi ayrim xulq ko‘rinishlari boshqa muammolar negizida 
tadqiq  etila  boshlandi.  L.Farber  buni  psixologiyaga  irodani  boshqa  nomlar  bilan 
olib kirish deb baholagan.  
V.I.Selivanov irodani tadqiq etishning negizidan kelib chiqqan holda, shaxsiy 
tajribalari natijalariga asoslanib ayrim xulosalar ham chiqaradi: 
1)  iroda  –  bu  shaxsning  o‘z  faoliyatini  va  tashqi  olamdagi  o‘zini  o‘zi 
boshqarish shakllarini anglashning tavsifi; 
2) iroda – bu inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha 
shakllari va bosqichlariga taalluqli
3)  iroda  –  bu  amaliy  ong,  o‘zgaruvchi  va  qayta  quriluvchi  olam,  shaxs 
tomonidan o‘zini ongli idora qilishlik holati; 
4)  iroda  –  bu  shaxsning  hissiyoti  va  aql-zakovati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
xususiyati, lekin qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi.  
Bizningcha,  V.I.Selivanov  tomonidan  chiqarilgan  xulosalar  irodani  umumiy 
psixologiya  predmetiga  kiruvchi  muhim  kategoriya  sifatida  baholanishiga  xizmat 


77 
 
qiladi.  V.I.Selivanov  irodaning  psixologik  jabhalarini  o‘rganishda  to‘plangan 
ma‘lumotlarni  yoritayotganda,  shunday  g‘oyani  ilgari  suradi.  Insonning  ongini 
jarayonlar, holatlar  va  xislatlarni  o‘zida  mujassamlantiruvchi  yaxlit  tizim  sifatida 
tasavvur  qilish  mumkin,  deydi.  Bundan  mana  shu  tarzda  fikrni  oydinlashtirishga 
harakat  qilamiz.  Demak,  shaxsning  u  yoki  bu  ongli  harakati  o‘zining  tuzilishiga 
ko‘ra,  u  bir  davrning  o‘zida  ham  aqliy,  ham  hissiy,  ham  irodaviy  hisoblanadi. 
Bunda  biz  ong  harakatning  uch  jabhasi  o‘zaro  uyg‘unlashgan  holda  maqsadga 
erishish yo‘lidagi to‘siqlarni engishda ishtirok qiladi, deya olamiz.
2
 
V.I.Selivanov  irodani  mustaqil  psixik  jarayon,  kognitiv  yoki  emotsional 
sohalar singari alohida psixik soha deb tushungan. Yuqorida qayd etilgan uch soha 
markazida ehtiyoj va motivlar joylashtirilgan uchburchakni tashkil etadi. Olimning 
irodaga  bergan  yana  bir  ta‘rifi:  ―iroda  bu  –  shaxsning  qiyinchiliklarni  ongli 
ravishda engish chog‘ida uning harakatlarini idora qiluvchi aks ettirishning o‘ziga 
xos shaklidir‖.  
 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish