Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan



Download 3,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/295
Sana16.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#375197
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   295
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
2.3.Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan 
harakatlar) holatlari 
XX  asr g‘arb psixologiyasining yana bir nufuzli yo‘nalishi - psixoanalizdir. U 
ko‘pincha  avstriyalik  psixiatr  va  psixolog  Z.Freydning  nomi  bilan  freydizm  deb 
ham  yuritiladi.  Freydizm  nuqtai  nazaridan  olganda,  odam  amalda  ijtimoiy  hodisa 
emas. Kishi xulq-atvori ikkita: «Huzur-halovat yo‘nalishi» va «Reallik yo‘nalishi» 
yo‘nalishlarga 
bo‘ysindiriladi. 
Psixoanalitiklar 
anglanilmaganlik 
psixik 
g‘o‘zo‘ovchilar  bilan  avval  boshdanoq  odamga  dushman  bo‘lgan  ijtimoiy  muhit 
o‘rtasidagi  homiy  qarama  –  qarshilik  to‘g‘risidagi  tasavvurlardan  kelib  chiqib, 
individ, bir tomondan vijdon, nomus, qo‘rquv va shu kabilar shaklida o‘z boshidan 
kechiradigan  qatag‘onlarni  yaratuvchi  muhitning  talablar,  ikkinchi  tomondan  esa 
hukmini o‘tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir  –birini sig‘ishtirmasligi bilan 
bog‘liq  ichki  konflikt  holatga  muqarrar  tushadi,  deb  da‘vo  qilishgan  edi.  Kishi 
bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g‘ayrat ijtimoiy 
jihatdan  maqbul  yo‘lgaburib  yuboradigan  himoya  mexanizmlarini  ishga  solgan 
tarzda qutiladi. Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo‘naltiruvchi xatti-
harakati,  uning  ilk  bolalik  davrida  shakllangan  maqsad-istagining  qaramligida 
bo‘ladi  va  amalda  uning  butun  umri  bo‘yi  sira  o‘zgarasdan  faqat  ongning 
«senzurasi»  bilan  murosaa  qilish  zaruratidan  niqoblarib  qolib  ketadi.  Freyd 
psixologlarning  anglanilmaganlik  va  psixolog  himoya  muammolariga,  katta 
yoshdagi  kishining  xulq  -  atvoriga,  bolalikdagi  voqealarning  ta‘siriga  va 
boshqalarga  jalb  qiladi,  lekin  bu  muammolarni  tubdan  to‘g‘ri,  shaxs 
psixologiyasini  biologiyalashtirgan,  shaxsning  hatto  ijtimoiy  kuch  deb  ta‘riflagan 
holda anglanilmaganlakning ongdan ustunligi va kishi xulq – atvorining shahvoniy 
mayllarga  bo‘ysinishi  to‘g‘risidagi  tasavvurlardan  kelib  chiqib  talqin  etgan  edi. 
Freyd  o‘zining  psixologik  nazariyasini  odam  haqidagi,  jamiyat  va  madaniyat 
haqidagi  umumiy  ma‘lumotga  aylantirib  g‘arb  mamlakatlarida  katta  e‘tibor 
qozondi.Psixoanalitik asarlarning umumiy tavsifi go‘yo ichidan turib kishini idora 
qiladigan  induktiv  mayllarning  boshqarilmaydigan  holatdagi  o‘zini  eplay 
olmaydigan  qo‘g‘irchoqqa  aylantirib  qo‘yadigan  qorong‘i,  ongsiz  kuchlar  haqida 
Freydning  ta‘limoti  hush  keladigan  jamiyatning  idiologik  kurashga,  aylanishiga 
imkon  yaratib  beradi.  Psixoanaliz—ongsiz  psixik  jarayonlar  va  motivatsiyalarga 
asoslangan psixologik ta‘limot hamda psixoterapiya  metodi. Psixoanaliz  XIX asr 
oxiri  XX  asr  boshlarida  avstriyalik  vrach  va  psixolog  Z.Freyd  tomonidan  asab 
kasalliklarining  umumiy  nazariyasi  va  ularni  davolash  metodi  sifatida  ilgari 
surilgan.  Erkin  assotsiasiyametodiga  asoslangan  Freyd  ta‘limotiga  ko‘ra 


20 
 
psixo‘analizda  insonni  psixik  hayoti  tug‘ma,  ongsiz  mayllarga  bog‘lanadi; 
insondagi  turli  ruhiy  kechinmalar,  amalga  oshmagan  istaklar  butunlay  yo‘qolib 
ketmaydi,  balki  ong  doirasidan  ongsizlik  holatiga  o‘tib,  psixik  hayotga  faol  ta‘sir 
ko‘rsatadi  va  bu  hol  ko‘pincha  asabiylik  alomatlarida  namoyon  bo‘ladi,  deb 
ko‘rsatiladi.  Psixoanalizning  asosiy  davolash  usuli  instinktlarni  g‘ayritabiiy  yo‘l 
bilan  qondirish  yoki  ularni  boshqa  faoliyatga  ko‘chirishdan  iboratdir.  Psixoanaliz 
namoyondalari  salbiy  ijtimoiy  hodisalarni  ham  «biologik  »  sabab  bilan 
tushuntirishga  harakat  qiladilar.  Psixoanliz  Evropada  ayniqsa,    birinchi  jahon 
urushidan so‘ng keng tarqaldi. 
Insondagi  ruhiy  kasalliklarning  rivojlanishi  ijtimoiy-hayotiy  sharoitlarga    bir 
jihatdan bog‘liqligi ilmiy ravishda isbotlangan. 
Zigmund  Freyd  inson  ruhiyatini  tahlil  qilar  ekan,  uning  ichki  qonunlari 
ongsizlik  borasida  yashirinib  yotgan  tomonlariga  alohida  e‘tibor  berdi.  Inson 
borlig‘ining  muhim  jabhasi,  ruhiy  dunyosi  modelini  yaratdi.  Olim  xulosasiga 
binoan, bu model uch qismdan iborat bo‘lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan 
g‘ayri  shuuriylik  yoki  ongsizlik)  tashkil  etadi.  Keyingi  qismi  esa  «Men»  (ong) 
hisoblanadi.  Bu  insonning  ongli  faoliyati  bo‘lib,  matematik  formulalar  va  turli 
belgilar bilan ifodalanadi.  
Uchinchisi «Mendan ulug‘» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo‘ladi) 
holatdir.  Freyd  birinchisini  lotincha  «Id»,  ikinchisini  «ego»,  uchinchisini  esa 
«Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil 
topadi, deb tushuntiradi.  
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o‘rganar ekan, olim 
«Id»  ongsizlikni  chopqir  otga  o‘xshatadi.  «Men»  (ego)-ong,  onglilikni 
chavandozga  o‘xshatadi.  Chavandoz  turli  maqsadlari  yo‘lida  otni  xohlagan 
tomonga yo‘naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas, 
otda  bo‘lib,  u  butun  yumushni  bajaradi.  Shu  tufayli  olim,  butun  energiya,  kuch-
qudratning manbasi ongsizlikda deb ko‘rsatadi.  
Ongsizlik  nimaga  kerak,  bilish  jarayoni  uchun  qanday  ahamiyatga  ega? 
Insonning  bunday  faoliyati  xilma-xil  ruhiy  holatlar,  jarayonlardan  iborat  bo‘lib, 
bunga  uyqu,  tush,  intuitsiya,  ongosti,  ongoldi  hodisalari  kiradi.  Ijodning  vujudga 
kelishida  ana  shu  jarayonlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  demak,  har  qanday 
ijodning  genezisi,  kelib  chiqishi  ongsizlikdan  kelib  chiqadi,  deydi  Freyd.  Bundan 
tashqari,  «ongosti»ga  ham  alohida  e‘tibor  beradi.  U  psixoterapevtik  faoliyatda 
muammoning  kelib  chiqishini  ong  ostidan  qidirgan  va  bu  yuzasidan 
muvofaqqiyatga erishgan. 
Psixika  voqelikning  kishi  yamisidagi  aksi  sifatida har-xil darajalari bilan 
farqlanadi. 
Ongsizlik  kishini    o‘zini  tuta    olmaydigan  qilib  qo‘yadigan  ta‘sirotlar  bilan 
bog‘liq   psixik   jarayonlar, xarakatlar   holatlar  yig‘indisidir. Psixik  holat  (bundan 
shu  narsa    ravshanki  psixika  tushunchasi  «ong»,  «ongli»  tushunchalariga  
qaraganda  kenroqdir) sifatidagi  ongsizlik  voqelikni  aks ettirishning  shunday  bir 
shakti  hisoblanadiki,  bunda  harakat  vaqti    va  o‘rnini    mo‘ljal  qilish  yaxlitligi  
yo‘qoladi,  xatti-harakatning  nutq  yordamida    boshqarilishi  buziladi.  Ongsizlikda, 
onglilikdan    farqli  o‘laroq,  kishi  o‘zi  bajarayotgan    xarakatlarini    maqsadga 


21 
 
muvofiq  tarzda    nazorat    qila  olmaydi,  ularning    natijasini    baholay  olishi    ham 
amri maholdir. 
Ongsizlikka quyidagi psixik  hodisalarni  kiritish mumkin: uyqu paytida yuz 
beradigan  psixik  hodisalar  (tush  ko‘rish:  sezilmaydigan,  lekin  haqiqatdan  ham 
ta‘sir  ko‘rsatadi,  o‘zgartuvchilarga  «subsensor»  yoki  «subseptiv»    javob 
reaksiyalari    oldinlari  ongli  harakat  bo‘lib,  lekin  takrorlanaverib,  avtomatlashib 
ketgan  va  shunga  ko‘ra  endilikda  anglanmaydigan  bo‘lib  qolgan    harakatlar; 
faoliyatga  undovchi  ammo  maqsad  hissidan  anglamaydigan  ayrim  mayllar  va 
hakozo.  Ongsizlik  hodisalarga  bemor  kishining  psixikasida    ro‘y  beradigan  ba‘zi 
bir  patologik    hodisalarni-  alahlash,  ko‘ziga  yo‘q  narsalar  ko‘rinishi  va  shu 
kabilarni  ham  qo‘shish  mumkin.    Shularga  asoslanib,  ongsizlikni  ongga  qarama-
qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lur edi. 
 Ongsizlik-bu  kishining  xuddi  ong  kabi  o‘ziga    xos  psixik  qiyofasidirki,  u 
kishi miyasida  borliqning  yetarli darajada  bir xil bo‘lmagan,  qisman aksi tarzida  
inson  hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan. 
Psixikaning    miyaga  nisbatan    munosabatini  psixikaning  tevarak-atrofdagi  
muhitga  hamda    psixik  faoliyatga    munosabati  (bular  psixik  moslashtirish, 
programmalashtirish  va  boshqarish  yordamida  amalga  oshirildi)  siftaida  bundan 
keyingi  o‘rganish  psixikaning  rivojlanishi  problemasiga    murojaat      qilish 
zaruratini    tug‘diradi.  Psixik    aks  ettirish    qanday    paydo    bo‘lganini, 
rivojlanganini,  evolyusiya  pillapoyasining    turli    bosqichlarida  qanday  o‘zgarib 
borganini,  kishi  ongi    qanday    paydo    bo‘lgani  va  shakllanganini  tushunib 
olganidagina  psixikaning eng muhim qonuniyatlarni ochib beri shva jiddiy psixik 
faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish