Hissiyotning o‟ziga xosligi Psixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbattan salbiy va
ijobiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbattan ehtiyoj
maqsadiga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish , quvonch,hislari
ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirish to‘siqlar, xalaqit beruvchi omillar
namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug‘iladi.
Hissiyotlarning ijobiy va salbiyligi bilan bir qatorda, uning ikkiyoqlamaligi va
noaniqligidan iborat asosiy hislatlari mavjuddir. Ambivalent hissiyotda rohatlanish
bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan,
28
balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan
biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, muhabbat va nafrat.