Termiz davlat universiteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi umumiy pedagogika


NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 7,22 Mb.
bet13/153
Sana05.04.2022
Hajmi7,22 Mb.
#529204
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
Bog'liq
2 5456322475698688398

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Islom dini g’oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri haqida fikringiz

  2. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni nimalardan iborat

  3. Hadis ilmiyning paydo bo’lish tarixini izohlang

  4. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlarini sanab o’ting

  5. So’fiylik ta’limotini izohlang



MASHG’ULOT TURI: MA’RUZA
3-MAVZU: SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI
MASHG’ULOT REJASI:

  1. Sharq Uyg’onish davrida ilm-fan va madaniyat.

  2. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi vauning didaktik qarashlari.

  3. Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.

  4. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy- axloqiy qarashlari.

Adabiyotlar:
1. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools.
2. Michael Uljens.School Didactics and Learning: A School Didactik Model
3.1.Sharq Uygonish davrida ilm-fan va madaniyat
Sharq uyg‘onish davri IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Uyg‘onish davri xalifalikning Bag‘dod, Damashq, Xalab shaharlaridan boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o 'g 'li al-Ma'mun davrida Bag‘dodda “Bayt—ul-hikma” ("Donishmandlik uyi”) (hozirgi Akademiya ma'nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markazi bo‘lib, uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’gan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida Sharq va G'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma'naviy hayotning rivojlanishiga ta'sir etgan. Bu o‘rinda xalifa al-Ma'munning ilm-fan ravnaqida ko‘rsatgan homiyligini alohida ta'kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma'mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi no’lbi bo'lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to'plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg‘oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo‘lgan.
Uyg‘onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, asos bo‘lib xizmat qildi.
Yaqin va o‘rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta'sir etdi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o ‘sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘Isa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiv xalq bolalari ham kelib o ‘qiganligi manbalarda keltiriladi.
XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma'mun II o ’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Bayt-ul-hikma” - Donishmandlar uyi tarixda "Ma'mun akademiyasi" deb nom qoldirgan.
Sharq “Uyg ‘onish davri "da ilm-fan rivojlanishi uch yo'nalishda bo‘ldi.
Birinchi yo'nalish. Matematika-tibbiyot yo'nalishi bo’lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya. minerologiya, tibbiyot, farmalogiva va boshqalar kiritilgan.
Ikkinchi yo'nalish. Ijtimoiy-falsafiy yo'nalish bo'lib. bunda falsafa. tarix, mantiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik kabilar kiritlgan.
Uchinchi yo'nalish. Ta'limiy-axloqiy yo'nalish bo'lib. qomusiy olimlarni asarlaridagi didaktik va axloqiy fikr asosiy o'rinni egallagan.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko'tarilish Sharq Renessansi - Uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma'rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo'lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot. pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o'z ilmiy merosida ta'limiyaxloqiy asarlar yaratishga ham katta e'tibor berdilar. Mazkur asarlarda ilgari surilgan g'oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shuningdek, Sharq uyg'onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta'limtarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o'lmas ta'limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.



Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish