5
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni Bosh
tahririyati, 1993, 27-28-bet.
21
qo’llaniladigan so’zlar) hamda kontselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan
foydalanish) kabi norasmiy so’zlardan holi bo’lishi,
11. O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim
kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar
(oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto,
soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O’qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim
sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi
shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida o’zida bir qator pedagogik sifatlarni tarkib toptirib
borishi zarur.
14. O’qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri
baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo’nda
bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni
salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi,
ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan
muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga
nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar,
hamkasblari hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o’qituvchilik kasbiga nisbatan qo’yayotgan talablari
kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to’g’ri tashkil qilish vazifasi o’qituvchiga
bog’liq. Zamonaviy maktab o’qituvchisi
qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi avvalo sinfdagi o’quv
jarayonining tashkilotchisidir. Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigai acociy talablari
quyidagilar:
-
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg’onish mafkurasining hamda
umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida
tarbiyalashi, o’z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo’lgan muxabbati;
-
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo’lishi;
-
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi,
maktab gigienasidan o’z kasbiga doir bilimlarga mukammal bilishi;
-
o’z kasbi bo’yicha jahon fanida erishilayotgan so’nggi yutuqlar, kompyuter va
axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo’lib borishi;
-
ta’lim-tarbiya metodikasidan ko’nikma va malakalarini oshirib borishi;
-
o’z kasbiga ijodiy yondashishi;
-
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga
ega bo’lishi;
-
o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur.
Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish.
Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo’ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli
kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o’z
mohiyatiga ko’ra ijodiy xapakterga ega. O’qituvchi o’quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan
vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni echadi, o’quv
jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati ishning
maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.
O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq
uchun o’qituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O’qituvchi o’quvchilarni o’zi
bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
22
hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo’lgan faoliyat o’quvchilar
uchun qiziqarli bo’lishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to’g’ri
kelishi lozim;
o’quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o’qituvchi ularga
pedagogik va psixologik jihatdan to’g’ri vazifa qo’yishi, yo’l yo’riq
ko’rsatishi shart;
o’quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida
o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi
vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o’qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va
tarbiyalash, ilg’or o’qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib kolmasdan,
tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon o’qituvchisi fan
va texnika taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan foydalanishi, o’z kasbiy faoliyatida yangi
pedagogik texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi.
O’qituvchilik faoliyati faxrli va mas’uliyatli kasb ekanligi hech kimga sir emas.
O’qituvchilik faoliyati juda qadimdan mavjud bo’lib, u yuksak darajada qadrlangan va
e’zozlangan kasbdir. Chunki, o’qituvchi yosh avlodga bilim bergan, uni ertangi hayotga har
tomonlama tayyorlagan. Uning qo’lida ta’lim-tarbiya topgan bola o’z navbatida jamiyatga, uning
ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Bir o’qituvchi yuzlab, minglab bolalarning
kamol topishida o’z hissasini qo’shgan. Shuning uchun har doim o’qituvchi-murabbiylik
faoliyatini kasb qilib olgan kishilar jamiyat va davlat ardog’ida bo’lgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham har tomonlama etuk, yuksak
malakali qadrlar, jumladan pedagog qadrlar tayyorlashga erishishdir.
O’qituvchilik kasbining faxrli jihatlari shundaki, har qanday kasb egasi dastlabki
ma’lumotni o’qituvchidan oladi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo’shadi. Albatta bu
kasbning mas’uliyatli jihatlari ham mavjud. Jamiyat uning qo’liga ishongan holda yosh avlodni
topshiradi. U jamiyatning ishonchli vakili sifatida yoshlarga bilim berishi, ularda Vatanga,
mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirishi lozim. Bundan tashqari u pedagogik
odobga, vijdon pokligiga ega bulmog’i kerak.
O’qituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlarini bayon etibgina qolmay, ular tariflanadi, har biriga
qisqacha izohlar beriladi. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan asosiy talabalar belgilab olinadi.
Oliy ta’lim pedagogikasi fanining ta’kidlashicha o’qituvchilik kasbi kishining biologik, anatomo-
fiziologik xususiyatlari bilan ham chambarchas bog’liq. Pedagoglik faoliyati bilan
shug’ullanuvchilarda qon aylanish sistemasi xastaliklari ko’p uchraydi.
Umuman pedagoglik kasbi o’qituvchidan quyidagi anotomo-fiziologik xususiyatlarni talab
etadi.
To’rt muchaning but bo’lishi (qo’l, oyoq); ko’rish, eshitish, nutq organlarining sog’lom
bo’lishi; yurak, qon aylanish sistemasining o’z me’yorida ishlashi.
Albatta, bunday talabni qat’iy ravishda har qanday o’qituvchiga qo’yib bo’lmaydi. Chunki,
ayrim jismoniy nuqsonlarga ega bo’lsada, o’qituvchilik faoliyatida katta natijalarga erishayotgan
kishilarni uchratish mumkin. Insonni ma’lum bir kamchiligi o’rnini boshqa yuksak rivojlangan
fazilati bilan to’ldirish mumkin. Bu tabiyat qonuni. Eng asosiysi bolani yoshligidanoq kasbga
to’g’ri yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shunday kasblar borki, nutq tiniqligi unda
etakchi o’rin tutmaydi. O’qituvchilikda esa biror bir harfni ham noto’g’ri talaffuz etish mumkin
emas.
O’qituvchi shaxsiy xususiyatlari ichida motiv etakchi o’rinda turadi. Motiv-o’qituvchining
hayotda, jamiyatda tutgan o’rnini, intilishlarini belgilab beradi. Ijobiy motivga ega bo’lgan
o’qituvchi jamiyat oldida turgan o’z vazifasi va fuqarolik burchini chuqur his etadi, o’z kasbi va
o’quvchilarni sevadi, o’z ustida tinmay ishlaydi.
O’qituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlariga qo’yidagilarni kiritish mumkin: gumanistik
va demokratik yo’nalish, jamiyatda o’z fuqarolik burchini anglab etish, pedagoglik kasbi va
bolalarni sevish, pedagogik odob, ma’naviy, eng muhimi bilimga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj,
23
tashkilotchilik qobiliyati, o’zini tuta bilish, o’z ma’lumotini oshirish ustida ishlash va hakozo. Bular
o’qituvchining eng muhim sifat va fazilatlari desak ham bo’ladi. Aslida, bu sifat va xususiyatlarning
soni, miqdori nihoyatda ko’p.
O’qituvchining kasbiy-pedagogik bilim va ko’nikmalarini guruhlarga ajratib tushuntirish.
Ya’ni, o’qituvchi uchun shaxsiy xususiyatlarning o’zi etarli emas, balki pedagogik faoliyat
ko’rsatish uchun umumkasbiy va maxsus bilim va ko’nikmalar ham zarurligi aytib o’tiladi.
O’qituvchining kasbiy pedagogik bilimlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi
pedagogika fanining metodologik asoslari, ta’lim va tarbiya jarayonining ichki qonuniyat va
qoidalari, maqsad va vazifalari, mazmuni, tashkiliy shakl va usullari: o’quvchi bolalarning yosh
psixologiyasi va ularning o’ziga xos xususiyatlarini; bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va maktab
gigienasi asoslari; maxsus fanlar nazariyasi va ularni o’qitish metodikasini chuqur bilishi zarur.
O’qituvchi uchun bilimni o’zi etarli emas, balki u nazariyani amaliyot bilan bog’lay olish
ko’nikmasiga ham ega bo’lmog’i lozim. Buning uchun unga pedagogik ko’nikmalar kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |