Termiz Davlat Universiteti Pedagogika instituti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 21-09-guruh magistranti Xolboyeva Dilshodaning Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan "Tushunish va tushuntirishning ilmiy tadqiqotdagi o'rni" mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu:Tushunish va tushuntirishning ilmiy tadqiqotdagi o'rni
Reja:
1.Tushunish va uning bilish ( tushuntirish) bilan o‘zaro nisbati muammosi. Tushunish turlari, tiplari va darajalari.
2.Tushunishning oziga xos alohida hususiyati.
3.Semiotika. Simvol. Dialog. Tushuntirish va tushunishning ozaro nisbati.
4.Tushunishni va tushuntirishning ilmiy tadqiqotdagi tutgan orni.
5.Xulosa
Tushunish va uning bilish (va tushuntirish) bilan o’zaro nisbati muammosi ko’pdan beri muhokama qilinadi. U bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va ko’p jihatdan bahslidir. Masalan, Dilьtey tushunishni matn muallifining manaviy dunyosiga kirish sifatida tavsiflagan bolsa, Xaydegger uchun tushunish insonning borliqqa oziga xos munosabati, insonning dunyoda mavjud bolish usulidir. Gadamer fikriga kora, otmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining ozini tushunishi bilan uzviydir. Shu sababli tushunish predmetini muallif matnga joylagan mano emas, balkim azkur matn orqali anglab yetilishi lozim bolgan moddiy mazmun («ishning mohiyati») tashkil etadi. Bunda, Gadamer fikriga kora, har qanday tushunish til muammosidir: unga «til mediumi»da erishiladi (yoki erishilmaydi) va isbotlashni taqozo etmaydi.
Hozirgi adabiyotlarda tushunish turlari, tiplari va darajalarining har xil tasniflari mavjud. Masalan, G.I.Ruzavin tushunishning uch asosiy turini farqlaydi:
A) Dialogda til vositasida aloqa qilish jarayonida yuzaga keladigan tushunish. Tushunish yo tushunmaslik natijasi bu yerda suhbatdoshlar oz sozlariga qanday mano yuklashiga bogliq.
B) Bir tildan boshqa tilga tarjima qilish bilan bogliq tushunish. Bu yerda ozga tilda ifodalangan manoni ona tili sozlari va gaplari yordamida ifoda etish va saqlash nazarda tutiladi.
V) Matnlarni, badiiy adabiyot va sanat asarlarini, shuningdek odamlarning turli vaziyatlardagi qilmishlari va harakatlarini talqin qilish bilan bog’liq tushunish. Bu yerda ma’noni intuitiv tushunishning o’zi yetarli bo’lmaydi. Bu tushunishning birinchi darajasi. Tushunishning ikkinchi darajasi tadqiqotning boshqa, xususan: mantiqiy-metodologik, aksiologik, kulьturologik vosita va metodlarini jalb qilishni taqozo etadi.
Tushunish togrisida soz yuritganda, yana ikki muhim jihatga etiborni qaratishkerak:
1. Germenevtik doir atamoyili tushunishning muhim jihati hisoblanadi. U tushunishning tsiklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur tamoyil tushunish va tushuntirishni boglaydi: nimanidir tushunish uchun uni tushuntirish kerak va aksincha. Mazkur ozaro aloqa butun bilan qismning doirasi sifatida ifoda etiladi: butunni tushunish uchun uning alohida qismlarini tushunish kerak, alohida qismlarni tushunish uchun esa butunning manosi haqida tasavvurga ega bolish lozim. Masalan, soz gapning qismi, gap matnning qismi, matn madaniyat unsuri va sh.k.
2. Germenevtik doira «olmaxon gildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan avvalgi butunga emas, balki oz qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, yani boshqa butunga qaytadi.Germenevtikdoiradialektikxususiyatgaega: unda toliq va chuqur tushunishdan yanada toliqroq va chuqurroq tushunishga tomon harakat sodir boladi, mazkur harakat jarayonida tushunishningyanada keng ufqlari namoyon boladi.
Tushunishni hozirgi davrga boglash kerakmi?
Mazkur masala yuzasidan ikki asosiy qarash mavjud:
A) Kerak emas. Mazkur qarashga kora, matnni muvofiq tarzda tushunish unga muallif yuklagan manoni ochib berishni nazarda tutadi. Yani muallif yuklagan manoni hechq anday qoshimcha va ozgartirishlarsiz, mumkin qadar sof shaklda aniqlash lozim. Lekin amalda bunday bolmaydi, zero, harbir davr matnga (masalan, sanat asarlariga) oz mezonlari bilan yondashadi.
B) Tushunish jarayoni muqarrar ravishda tushunish ga harakat qilinayotgan narsaga qoshimcha mano yuklash bilan bogliq. Binobarin, matnni muallif qanday tushungan bolsa, shunday tushunishning ozi yetarli emas. Demak, tushunish ijodiy jarayon va u muallif yuklagan manoni aynan aks ettirishnigina emas, balki unga tanqidiy baho berish, ijobiy jihatlarini saqlab qolish, manoni hozirgi voqelikning mazmuni bilan boyitishni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon frantsuz germenevtikasining vakili PolьRikerning fikricha, tushunish hech qachon bilishdanajr almaydi, balki «ma’noni o’zlashtirish faoliyatining bosqichi» hisoblanadi. Tushunish – fikr yuritish orqali simvolda yashirin ma’noni aniqlash demak. Bunda Riker quyidagi holatlardan keli c hiqadi:
a) germenevtika izchil talqin qilish jarayoni;
b) talqinlarning xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi;
v) tushunish bir ong tomonidan uzatiladigan, ikkinchi ong esa uni tashqi ifodalar orqali qabul qilib oladigan belgilar manosini tushunib yetish jarayoni;
g) ayni bir matn bir nechta manoga ega va bu manolar bir-biriga qoshilib, qatlam hosil qiladi.
Shunday qilib, tushunish muayyan hodisaning manosini, uning dunyodagi ornini, yaxlit bir butun tizimdagi funktsiyalarini tushunib yetish demak. U borliqning manolarini teran anglab yetishga komaklashadi. Tushunish jarayoni sodir bolishi uchun quyidagilar zarur: har qanday tabiatli matnda ifodalangan predmet; unda manoning mavjudligi; mazkur mano togrisidagi dastlabki tasavvur; matnni talqin qilish, yani matnning mazmunini tushunish; talqinqiluvchida oz-ozini tushunishning mavjudligi, muloqot, aloqa; «tilstixiyasi»; dialog yuritish qobiliyati; oz fikrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga soz berish, uning aytganlarini hazm qila olish; ayni bir matn (unga muallif yuklagan manodan tashqari) bir nechta manoga ega bolishini nazarda tutish; matnning predmet mazmunini hozirgi davrning madaniy tafakkuri tajribasi bilan boglash.
Tushunish jarayoni insonning oziniq urshagan olamni bilish jarayonib ilan uzviy bogliq, ammo bunda inson faqat bilish faoliyati bilangina cheklanmaydi. Tushunish muammolari bilish nazariyasi masalalarini chetga siqib chiqara olmaydi, ular keng ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan bilish va predmetli-amaliy faoliyatning dialektik birligi asosida tahlildan otkazilishi lozim.
Tushunish tavsiflash, tushuntirish va talqin qilish bilan bir qatorda, ilmiy bilim faoliyatining asosiy muolajalariga kiradi. Tushunishni tadqiq qilishga nisbatan kop sonli yondashuvlar mazkur jarayon uni boshqa intellektual jarayonlar va gnoseologik operatsiyalardan ajratadigan oziga xosxususiyatlarga ega ekanligini korsatadi.
Shuning uchun ham tushunishni bilishga oxshatish («tushunish tushunchalarnimantiqdaifodaetishdemak») yoki uni tushuntirish muolajasi bilan (garchi ular ozaro bogliq bolsa-da) aralashtirish mumkin emas. Ammo tushunish jarayoni kopincha anglab yetish, yani inson uchun malum manoga ega bolgan narsalarni aniqlash bilan bogliq boladi. Shuning uchun ham «tushunish manolardagi real harakat, mazkur manolarga amalda egalik qilish sifatida har qanday bilish faoliyatining ajralmas qismidir»,degan fikrga qoshilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |