Termiz davlat universiteti pedagogika instituti


II.BOB.Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash va tafsiya qilish



Download 125,49 Kb.
bet4/6
Sana07.12.2022
Hajmi125,49 Kb.
#880593
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar kitobxonligidaSinfdan tashqari o‘qishning ahamiyati

II.BOB.Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash va tafsiya qilish.
II.1.Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillari

Metodikaning vazifalaridan biri STO' uchun kitoblar tanlash, o'qiladigan adabiyotiar ro'yxatini tavsiya qilish, yillik o'quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.


Sinfdan tashqari o’qish bolalarning darsda olgan bilimini boyitadi, ta’lim- tarbiya tamoyili sifatida badiiy adabiyotlarni o’qishga qiziqish uyg’otadi, ularda asar orqali ko’p narsani bilish, kitob ustida mustaqil fikr yuritish malakalarini takomillashtiradi.
Amaldagi o’quv dasturi sinfdan tashqari o’qish borasida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni belgilab, boshlang’ich ta’limning har bir bosqichi uchun alohida-alohida ko’rsatmalar beradi.
1-sinfda:
--o’quvchilarning o’qish malakasini oshirish;
--badiiy kitob orqali mustaqil o’qish ko’nikmasini hosil qilish;
--ona Vatan, uning tabiati, mamlakatimizning bugungi hayoti va sayr-sayohatlardan olgan taassurotlarni so’zlash, rasmda ifodalash, kichik hajmli matn tuzish;
--mustaqil ravishda asar mutolaasiga o’rganish, qahramonlar nomini yozish, ularni tasvirlab ijodiy rasm chizish, fikr yakuniga mos maqollar topish va yod olish;
--tanish kitoblar nomini, muallifini aytish, o’zlari kitobni tanlash.
2-sinfda:
--8 - 30 betli bolalarbop badiiy kitoblar;
-- ovozsiz mustaqil o’qish va tanlab ovoz chiqarib o’qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.
O’qish mavzulari:
--ona Vatan mehri, ajdodlar jasorati haqidagi asarlar;
--o’simliklar, qushlar va hayvonlar to’g’risidagi asarlar.
O’quvchilarning kitob ustida ishlashlari, “ Kim yoki nima haqida o’qidingiz?” savoliga javob berishlari, kitob mazmunini aniqlash va obrazlarning xatti-harakatini, xulqini, sarguzashtlarini mustaqil baholay olishlari lozim deb uqtiriladi. Sinf o’qituvchisi mustaqil o’qishda bolalarning kitobga ijobiy munosabatini tiklashi, sinf kutubxonasini tartibga solishi, adabiy o’yinlar tashkil etishi, o’qilgan asar voqealari asosida sahna ko’rinishlari qilishi haqida ko’rsatmalar beriladi.
3-sinfda:
Sinfdan tashqari o’qish doirasi kengayib, o’zbek va jahon adabiyoti namunalarida, o’qituvchi tanlovi bilan bolalar jurnallari va ertak kitoblarda kichik kitobxon uchun berilgan asarlarni o’qish tavsiya etiladi. O’quv materiallari kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallangan 15-18 bet hajmdagi badiiy, qiziqarli asarlar, ertaklar bo’lishi lozimligi aytiladi. O’qish mavzulari rang-barang bo’lishi talab etiladi. O’quv yilining 1-yarmida 2 haftada bir 10-12 betli va 2-yarim yillikda hajmi 20-25 betli asarni o’qish, mazmunini savol-javob asosida yoritib bera olish o’quvchilar zimmasiga yuklatiladi.
4-sinfda:
Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan uzviy bog’lanib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. O’quvchilarda kitobxonlik madaniyati tarkib topadi. Ular oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarilish uchun intiladilar. O’quvchilar o’z xohishlari asosida o’zlariga maqbul bo’lgan ijodkorning asarlarini tanlab o’qishga erishadilar. Sinfdan tashqari o’qish programmasi kutubxona bilan hamkorlikda, o’quvchilarni individual jalb etish orqali bajariladi. Sinfdan tashqari o’qish hozirgi kunning amaliy dasturiga muvofiq boshlang’ich ta’limning hamma bosqichlarida ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Metodik tavsiyalarga ko’ra, 1-sinfda mazkur mashg’ulot uchun o’qish darsining ikkinchi qismidan 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi, ovoz chiqarib o’qishga e’tibor qaratilib, rangli rasmlar ishlangan ertak, hikoya va she’riy matnlar tanlanadi. Asar tili qanchalik ravon, tushunarli, o’quvchi hissiyotiga ta’sir qiladigan bo’lsa, uning ta’lim va tarbiyadagi qimmati shuncha baland bo’ladi. Shunday ekan, sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda har qanday tasodiflardan xoli bo’lgan, kichik maktab yoshidagi bolalar iqtidoriga mos keluvchi kitoblar tanlanishi zarur. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlari, qaysi janrdagi asarni o’qishga moyilligi o’rganiladi. Sinfdan tashqari o’qish mashg’uloti sinfda o’qish darslari bilan chambarchas bog’liqlikda uyushtiriladi. Sinfdan tashqari o’qish darsi o’ziga xosligi jihatidan erkin dars hisoblanadi. Unga o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi asos bo’ladi. Bunda noan’anaviy dars usullaridan foydalanish orqali o’quvchilarning faolligi oshadi, o’rganilgan asar muhokamasi uchun o’qituvchi fikr almashish imkoniyatini yaratadi. Har bir darsda o’quvchilar o’zlari o’qigan yangi-yangi asarlardan parcha keltiradilar, ertak, hikoya mazmunini aytib, o’z munosabatlarini bildiradilar, she’r, hadis, hikmatli so’z, xalq maqollaridan yodlaganlarini ifodali o’qiydilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida asosan ijodiy faoliyat hukmron bo’ladi. Unda hikoyani qayta qisqartirib hikoyalash, tanlab hikoya qilish, ijodiy qayta hikoyalash, asar mazmuniga mos ravishda rasm chizish kabi ish usullari namoyish etiladi. Har darsda 5-6 o’quvchi o’qigan asari yuzasidan suhbatga tortiladi. Suhbat mazmuni asosida qiziqarli, ixcham tadbirlar uyushtiriladi. Bular:
--adabiy savol-javob o’yini;
--eng yaxshi ertak qahramoni rasmini chizish;
--ertak to’qib aytish;
--“O’yla, izla, top” didaktik o’yinini tashkil qilish va boshqalar.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining rejasini oldindan belgilash, uni yarim yillik yoki butun o’quv yili uchun tuzib, darslar tizimini aniqlab qo’yish tavsiya etiladi. Shunday qilib, sinfdan tashqari o’qish darslari kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga katta ma’naviy oziq beradi. Ularni mustaqil fikrlashga undaydi, badiiy asarlardagi voqea-hodisalardan hayotiy xulosalar chiqarish va undan ibrat olish hissiyotini tarbiyalaydi, badiiy asarlardan estetik zavq olishga o’rgatadi.

Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:


1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko'zda tutiladi. Bunda o'quvchilarga vatanimiz o'tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq qahramonlari, xalq turmushi haqidagi, oilada, maktabda va jamoat joyiarida o'zaro munosabatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolar haqidagi, tabiat va uni asrab-avaylash haqidagi kitoblar tavsiya etiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e'tiborga olinadi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar, asosan, hikoya-lar, ertaklar, she'rlar, topishmoqlar, maqollarni o'qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
3. Kitobning o'quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 1-sinfda kichik hikoya va ertaklarni o'qish tavsiya etilsa, 2-4-sinflarda mavzular doirasi kengaytirilib, kundalik turmushda ro'y berayotgan furli voqealar tasvirlangan asarlar, gazeta va jurnallardagi kichik hajmli xabarlarni o'qish ham tavsiya etilishi mumkin.
4. Kitob tanlashda o'quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o'qishi hisobga olinadi. Bunda o'quvchilar o'ziga qiziqarli bo'lgan o'zbek va xorijiy bolalar adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o'zi tanlashi muhim ahamiyatga ega.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi. Umuman olganda, kitobni to'g'ri tanlash sinfdan tashqari o'qish muvaffaqiyatini ta'minlashning muhim shartidir.
4.Sinfdan tashqari o'qishga rahbarlik shakllari
STO'ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o'qish darslaridir. Bunday darsiar erkin dars hisoblanadi. STO' darslarida o'quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy "obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitob-xonga xos ko'nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o'qish darslari o'quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo'ladi Har bir dars o'qituvchi va o'quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.
Shularga qaramay, STO' darslari o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma'lum talablarga bo'ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o'quvchilar o'qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o'qigan va o'qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko'rsatadilar, ikki-uch o'quvchi o'zlari o'qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o'zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o'qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo'lib, ular fikr almashuv, kitobni ko'r-satish, sinfda ko'rgazma tashkil etish, o'quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o'qib berish, rasmlarni ko'rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo'lishi mumkin.
3. Har bir darsda o'quvchilarga asarni yaxlit holda o'qitish mum­kin. Agar asar hajmi kattaroq bo'lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o'quvchilar o'zlari o'qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o'qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o'qishdan ham, she'r yodlashdan ham, rollarga bo'lib o'qishdan ham foydalaniladi.
4. Har bir darsda o'qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun „Senga asardagi nimalar yoqdi?", „Bu kitob haqida sen nimalar ayta olasan?" kabi savollar beriladi va o'quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta hikoyalash malakalari shakllantiriladi.
5. Har bir darsda ma'lum bir yangi kitobxonlik ko'nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida ma'lumotlar to'plash, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanligini aytish, o'qilgan asarlar yuzasidan ko'rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi.
6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o'qish darslarida qo'llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.
7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashti­ruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko'rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi.
Sinfdan tashqari o'qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mayjud bo'lib, ular barcha ishlarni izchii uyushtirishni ta'minlaydi.
STO' darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi:
1. Kitobni targ'ib qilish. STO'ga tavsiya qilinadigan asarlar royxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo'yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to'ldiriladi, ко'rgazmalar tashkil qilinadi. O'qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O'quvchilarning o'qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o'qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o'tkaziladi.
3. STO' yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertakiar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko'rilacli.
4. Kutubxonaga yozilish. l-sinf o'quvchilari o'qituvchining tavsi-vasi bilan kutubxonaga a'zo bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi va ku-tubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
5. O'quvchilarning o'qiganlarini hisobga olish. Bunda uiarning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. l-sinf o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3-4-sinf!arda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin.
O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

Sinfdan tashqari o'qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO' tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o'quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to'rtinchidan, o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi.


I-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o'qituvchi tomonidan о qib beriladi, boshlang'ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o'quvchilar o'qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o'quvchilar o'qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga. xulosalash-ga, qahramonlarni elementar tavsiflashga o'rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo'lib o'qishdan foydaianiiadi. Asosiy bosqichda STO' darslari
2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. O'quvchilar mustaqii o'qishga o'rgatiladi, ular „G'uncha", „Gulxan", „Bilimdon" jurnallari, „Tong yulduzi" gazetasi bilan, ya'ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o'zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o'quvchilar bir nechta asarlar o'qib kelib, ular haqida o'z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqii fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakUantiriladi.


Download 125,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish