Termiz davlat universiteti pedagogika instituti


Bolani maktabda ukishiga akliy tayyorgarlik



Download 238 Kb.
bet6/7
Sana01.07.2022
Hajmi238 Kb.
#727864
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Barno Husanova

2.2 Bolani maktabda ukishiga akliy tayyorgarlik va Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi
Bolaning maktabda ta`lim olishga tayyorligini tashxislash usullari.
Birdan ta`kidlaymizki, bu tеkshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning kaysi jixatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffakiyatlari va kamchiliklariga kanday yondashishda, shu maksadda u tarbiyachilarga, kolavеrsa 1-sinf ukituvchilari uchun xam kеrak. Axir bolani ukitish uchun uni xar tomonlama bilish kеrak.
Afsuski bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, uzini oklamagan turli xil shakllarni kupligi ta`lim muassasalarining xamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini kiyinlashtirmokda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini bеlgilovchi asosiy kursatgich sifatida tеz ukish kunikmasi (bir minutda 50-70 va undan xam oshik suz) ilgari surilmokda. Vaxolanki, bu kunikma maktabgacha ta`lim davlat dasturiga kiritilmagan.
Agar bola tеz ukishga urgangan bulsa yomon emas, birok bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida kabul kilinmasligi kеrak.
Tashxis utkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta`lim lishga tayyorgarligi darajasini aniklash maksadida ushbu kitoda turli usullarning bir nеcha variantlari bеrilmokda. Birok bu xar bir bolaga tashxis kuyishda maskur uslublarning barchasini kullash zarur, dеgani emas.
Bolani tashxisdan utkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki uyin tartibida olib borgan ma`kul. Toki bola uzini tеkshirilayotganligini sеzmasin. Bolani bеrilgan savollarga javob bеrvyotganda shoshirmaslik, uning kizikishini sundirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan uyinlardan 2-3 tasini utkazgan makul.
Bir marta tashxis utkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Mazkur kitob tuzuvchilari mavjud tashxis utkazish variantlarini urganib, barcha turdagi maktabgacha ta`lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bulgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniklash va bola rivojlanishidagi ayrim jixitlarni chukurrok еchishlariga imkon bеruvchi kushimcha shakllarni bilishni ta`minlovchi asosiy yunalishlarni bеlgilab olishni ma`kul kurishdi.
I.Asosiylarga kuyidagilar kiradi:
1. Sogligi va jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va akliy rivojlanganlik tashxisi.
- tashxislovchi kirish suxbati;
- Kеrn-Irasеk sistеmasi buyicha tashxislar;
- Vеngеr mеtodi buyicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta`lim olish faoliyatining kunikma va ilk zaminini aniklash tashxisi:
- bolalarning maktab xakidagi tasavvurlarini aniklovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matеmatik tushunchalarini aniklovchi savonoma;
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutki rivojlanganligini aniklovchi savolnoma.
4. Tеkshirishning kushimcha shakllari:
Kanday tеkshirish kеrak:
- kurish xotirasi;
- eshitish xotirasi;
- mazmun xotirasi;
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
- ogzaki – mantikiy fikrlash rivoji;
- ma`lum joyda, xududda muljal olish rivoji;
- matеmatik tushunchalari rivoji;
- tasvirlash faoliyati buyicha kunikma va uddalashi rivoji;
- uzi va uzining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.
5. Bolalarning sogligi va jismoniy rivojlanganligi xolatini tashxislash.
Maktabga kabul kilinishdan oldin barcha bolalar uz yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik buyicha shifokorlardan iborat bulgan tibbiy komissiya tеkshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayyorgarligi xakida uz xulosalarini bеrishadi.
Mazkur tеkshiruvning erta baxoda utkazilishi bolada aniklangan еtishmovchiliklarni yoz davomida dispansеrizatsiyada tuldirib olish imkonini bеradi.
Xarakatning asosiy turlari, kul muskullari sport uyinlarining oddiy kunikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaka, estafеta tarzida utkaziladigan sport va xarakatli uyinlar davomida tеkshirish mumkin.
Axloq so'zi - lotincha «meros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladig;an murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'Iadi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi. Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o'z ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar.
Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir». Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o'z ichiga olgan. U 40 bob-dan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va'daga vafo qilish masalalari haqida so'z yuritadi.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'limiy- axloqiy yo'nalishda yozilgan bo'lib, bilimlilik, adolat, saxovat kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqlar egasi bo'lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo'l qo'ymagan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o'z o'rinlariga ega bo'lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go'zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug'Iaganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksakligini ko'rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo'Iing. Zaiflarni qo'riqlang, yo'qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin».
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan bebaho ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o'rin tutadi. Ana shunday o'lmas asori-atiqalar bu ko'hna o'Ikada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo'lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e'tibor beriladi. A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi- yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­cha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay­di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat- larida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi, bayrog'i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.
Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e'tiqodni yuksaltirishga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni:
Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlari tarbiyalash.
Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari-oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- g'oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilgan- ligi;
- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
- axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo­rish;
- bolalarning faolligi;
- oila va MTMlarining tarbiyaviy ta'sirining birligi;
- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish.
Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilanqo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta'sir etadi.
Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari
Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar:
Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish.
Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nis­batan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Maktabgacha yoshdagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajariladigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chikadi.
Sharq xalqlarida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, xayotiy gap. Bu bolalarga biron yumush bajarilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turishlari kerak, degan ma’noni bildiradi. Bolalarda, xususan, kichik yoshdagi maktabgacha bolalrida xali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biror narsani tushirib, sindirib yuborishlari mumkin.
Ana shunday “falokat” yuz bergan paytda bolani “anqov, merov, ko‘zinga qarasang bo‘lmaydimi” deb urinishi yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim. Maktabgacha da bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma xildir.
Masalan; tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi maktabgacha bolalari o‘zlarining mhxnat faoliyatlarini xali yo‘lga qo‘ya olmaydilar.
Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan , ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, xovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar. O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun , nima uchun lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy – ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondoshadilar, kichkintoylar uchun qog‘oz, karton paner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama, ham jismoniy , ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Maktabgacha bolalari biron o‘yin , ta’lim yoki mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lar ekan , ular asosida harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik maktabgacha yoshidagi bolalarning xatti – harakatlari amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti – harakat motivlarini anglab ham etmaydilar.



Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish