Bilimlarni mustahkamlash. Olingan bilimlar o‗z vaqtida mustahkamlab
borilmasa, ular o‗z qiymatini yo‗qotib boradi. Portalning bu bo‗limi bilimlarni
mustahkamlash uchun aniq fanlar bo‗yicha misol va masalalar to‗plamlari,
qo‗shimcha laboratoriya ishlari, tajribalar va amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazilishida
katta yordam beradi va o‗quvchilarning bilimlarini amaliy jihatda mustahkamlab
borishlarida katta xizmat qiladi.
Har bir fan bo„yicha bo„limlar. Portalning fanlar bo‗yicha bo‗limlari
bo‗lib, ularda shu fanlarni o‗zlashtirishda, ularni chuqurroq o‗rganish uchun
o‗quvchilarga yaqindan yordam beradi. Fanlar bo‗yicha savol-javoblar,
o‗quvchilarni qiynagan savollariga javob olishlariga va o‗z bilimlarini sinashga
imkon beradi. Bu o‗z navbatida o‗quvchilarning o‗zlari yoqtirgan fanlarining yetuk
o‗zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |