3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat
miqyosida hal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqllikka erishishi tufayli
barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi.
Bu o‘zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimiga ham tegishli bo‘lib, maktabgacha
ta’lim zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2017—2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida 2016-yil, 29-dekabrdagi 2707-sonli PQ
da maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora
tadbirlar belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
farmoni harakatlar strategiyasining 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida
ham maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini
ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirishga alohida
e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi
Qonunda
ham
ko‘rsatilganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda
4
o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Yosh avlod shaxsini
shakllantirish vazifasini esa maktabgacha ta’limning, samarali psixologik-pedagogik
metodlarini yaratib, amaliyotga joriy etmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda tevarak-atrof bilan tanishtirish
muhim o‘rin tutadi. Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini
qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga
yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida
katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Shu sababdan tevarak-atrofni o‘rganishga oid mashg‘ulotlar jarayonida
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirishga alohida e’tibor berilmog‘i
lozim.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar adabiy talaffuz
meyorlariga binoan faol o‘z lug‘atidagi barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq
talaffuz etib, urg‘ularning to‘g‘riligiga rioya qilmog‘i lozim.
Tevarak-atrof bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining
oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir.
Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va
tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z
boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar,
jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini
yo'lga qo'yar va boshqarar эkan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga
solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va
kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga
bo'lgan qiziqishini o'stiradi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga aҳloqiy tarbiya berish
vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda
ularning sўz boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni
5
grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib
borilsa, u vaqtda bunday bola меъёр holatda rivojlanadi, ya’ni awвal tasavvur etish,
kеyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir
yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel)
ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar
yordamida, шуningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo
bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur vah.k.)
shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo
bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi. Bolaga
nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishni o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni
maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga
ijodiy yondashishga o'rgatiladi.
Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs
sifatida kamol topmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda
maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganish jarayonida nutqni
rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch
bo‘ladigan tavsiyalarni yoritishga qaror qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |