SAKKOKIY
G’AZALLAR VA QASIDA
SAKKOKIY (15-a.) shoir. Ismi, tug’ilgan va vafot etgan yillari noma’lum.
Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug’bek hukmronligi davrida yashab, ijod
etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining
bulag’osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining
ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyotining intishori Iroq va
Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»), Sakkokiy xalqining boy og’zaki
ijodini, salaflari asarlarini puxta o’rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar
yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko’p ish qilgan.
Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go’zalliklarini
tasvirlagan. G’azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so’z o’yinlari va
qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi
adolatparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. Bunday g’oyalar Sakkokiyning qasidalarida
ochiqroq namoyon bo’lgan.
Sakkokiy o’zbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Xoja
Muhammad Porso, Xalil Sulton, Ulug’bek va Arslon Xoja Tarxonlarga bag’ishlab
qasidalar yozgan. Qasidalaridan birida Ulug’bekni xalqning mehribon hukmdori,
ma’rifatparvar va buyuk olim sifatida ulug’laydi. Shunday ma’rifatparvar podshoh
bilan zamondosh bo’lganidan faxrlanadi va:
Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga,
Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi,
degan misrlarini yozgan.
Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy
ijodiga ham katta ta’sir ko’rsatgan; o’zbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl
jihatdan boyitgan. Shoir g’azallari va qasidalari devon qilib to’plangan bo’lsa-da, to’liq
nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Shoir devoni Londonda, Britaniya muzeyida va
O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. № 7685) saqlanadi (O’zbekiston Milliy
entsiklopediyasidan).
Gul g‘uncha bo‘lar ko‘rsa yuzini chaman ichra,
Titrar ko‘rub oy elini sham’ anjuman ichra.
Kim ko‘rdi aning irinin*, ming boshima ming zar,
Bir la’l Badahshondau bir durr Adan ichra.
Bo‘yu yuzu la’l irnu xatu haddina tush yo‘q,
Sarvu gulu mul nastarinu yosuman ichra.
Jodu ko‘zini Kashmir eli xalqi ko‘rubon,
Tuttuq dedilar seni musallam bu fan ichra.
Xo‘blar chu yasab yuz yasalar zulf cherigin,
Bilguluk erur yuzung, ey shohim, tuman ichra.
Yuzung bila lof urg‘ali ko‘p lofda uyalgay,
Shamye erur, ul g‘oyati yer, ko‘k lagan ichra.
Sakkokidin, ey jon, g‘aming elchisi tilar jon,
Jon birla ravon qildim agar bo‘lsa tan ichra.
* irin (ir) — lab, dudoq
***
Bu eshikta kim qul ermas bo‘lmag‘ay hech izzati,
Baxt agar sizga kanizak bo‘lmasa yo‘q davlati.
Men sening qadingg‘a moyil, tubig‘a zohid, bale,
Bo‘lur o‘z andozasincha har kishining himmati.
Har gadoning zohirin ko‘rsang parishon, zinhor,
Sen oni xo‘r (xor) ko‘rmagil, ma’lum ermas niyata,
Ey saning zulfungg‘a Laylitek tuman ming bandalar,
Holiyo davron bizingdur, kechdi Majnun navbati,
Sen malohat mulkining shohisenu sultonisen*,
Xush yaroshur qaddinga husnu malohat xil’ati,
Qomatingdin dunyoda hardam qiyomatlar qo‘por,
Zulfung ul olam balosi, ko‘zlaring jon ofati.
G‘amzangiz qon to‘kkali qasd etsa hardam ul zamon,
La’lingizdin ko‘p bo‘lur Sakkokiga jon minnati.
*Qo‘l yozmada «sulton seni» yozilgan.
* **
Gar hajring o‘ti jonu jigarga yoqa keldi,
Jonimg‘a ne xush sharbati vasling yoqa keldi.
Hajr o‘ti necha majruh etib buzdi jigarni,
Vasling bu shifo marhamini xush yoqa keldi.
Devona bikin* tishlab emas yugrayururda,
Jon pora qilur holda elimga yoqa keldi.
Daryo bo‘lub ollimda ko‘zum yoshi hamisha,
Sayyod mengizlik** mening o‘rnum yoqa keldi.
Zulfungni qachon solding o‘shul ol yangoq* uzra,
Jonimg‘a mening ilsa ul o‘tni yoqa keldi,
Devona deding meniyu zulfung sanga zanjir,
Oshiqlara ma’shuqi munungtek yoqa keldi.
Devona bu Sakkokiyu zulfung anga zanjir,
Hindu chu makis fil boshig‘a qoqa keldi.
* bikin — kabi
* mengiz, mingiz — bet, yuz, chehra
* yangoq, yongoq — yuz, yuz ruxi, yonoq
* **
Nor yangoqing orzusinda jonni bemor aylama,
Hech yo‘q erkon yozuqum, meni giriftor aylama,
Yolg‘onu chindin chitib har lahza qoshingni manga,
Keng jahonni bu zaif ko‘nglum bikin tor aylama.
Ey yuzi gul g‘uncha o‘ldum javridin, hardam mening
Ko‘zlarim qon yoshidin olamni gulzor aylama.
Ko‘p musulmondin qo‘yub, tarso bo‘lurni qovlasang,
Sen bukundin so‘ngra hech zulfungni zunnor aylama.
Qilding avval bargi gul yanglig‘ ko‘ngulni lutf etib,
Bo‘lmasun emdi dilozor, oxir ozor aylama.
Bosqon iz tufroqitek Sakkokini xor aylading,
Supiroyin yuz edib andin dag‘i xor aylama.
* **
Sentek jahonda qo‘zlari ayni balo qani?
Mentek aning balosi bila mubtalo qani?
Irning aqiqi garchi jahonda yagonadur,
Chehram mengizli ham yana bir kahrabo qani?
Ko‘zni g‘ubor tutti firoqingda yig‘layu,
Izing to‘zindin o‘zga anga tutiyo qani?
La’ling sharobi bo‘ldi ko‘ngul dardina davo,
Bu dard jonga yetti, vale ul davo qani?
Yuzumni oltun etti sening ishqing, ey sanam,
Mundog‘ baqirni* oltun etar kimiyo qani?
Qaddu hadingg‘a sarvu gul o‘zin tutar shabih,
O‘nla bo‘yu yuzinda bu obu havo qani?
Husnun zakoti bergali bir qibla izlasang,
Sakkokitek bu dunyoda bir benavo qani?
* baqir — mis
* **
Ol elga oyina, yuz ko‘r bu rasmu oyinda,
Tarovatimu ko‘rungay pari chiroyinda,
Kim oy ko‘rdi saningtek boshinda to‘puki bor,
Ne sarv ko‘rdi qadingtek Qirim biqoyinda*.
Sen o‘z begimsen ulusnung ichinda, oning uchun
Qiyot ko‘zum, saning o‘rnung ko‘ngul saroyinda.
Seni man oy tegan erdim vale bu ravshandur,
Yuzung furug‘i ko‘runmas falakning oyinda,
Raqib royi ul ermish meni sen o‘ltursang,
Jonimg‘a toza tiriklik aning bu royinda.
Yuzung sifatini ko‘yinda gar simo’* etsa,
Kishi turubmu bo‘lur el ohu voyinda.
Eshiking itlari Sakkokidin qilur faryod —
Kim, uyqu bizga harom o‘ldi ushku boyinda.
* biqo’ — joy, yer
* simo’ — sayrash, kuylash
* **
Do'stlaringiz bilan baham: |