Foydalanilgan adabiyotlar
1. Imamova T., Tuxvato’llina L. Ish qog’ozlari qanday yoziladi? -Toshkent, 1992.
2. Tojiev Yo., Hasanova N.,Tojimatov Q., Yo’ldosheva O. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent, 1994.
3. Mahmudov N., Rafiev A., Yo’ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (o’quv qo’llanma) .-Toshkent, 2004.
4. Mahmudov N., Rafiev A., Yo’ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (darslik) .-Toshkent, 2006.
5. www.lex.uz.
6. www.wikipediya
MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
MAVZU. ISH QOG’OZLARINING ASOSIY TURLARI
REJA:
1.Ariza,bayonnoma,bildirishnoma va bildirgi, vasiyatnoma,dalolatnoma,ishonchnoma, ma’lumotnomalarning qolipi
2. Ariza,bayonnoma,bildirishnoma va bildirgi, vasiyatnoma,dalolatnoma,ishonchnoma, ma’lumotnomalarning yozilish tartibi, zaruriy tarkibiy qismlari
3. Ariza, bayonnoma, bildirishnoma va bildirgi, vasiyatnoma, dalolatnoma,ishonchnoma, ma’lumotnomalarning o’ziga xos xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: , ariza, bildirishnoma, bayonnoma, vasiyatnoma,dalolatnoma,ishonchnoma, ma’lumotnoma va ularning tarkibiy qismlari.
Ariza. Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo’llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir.
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko’ra turlicha bo’ladi. Chunki o’quvchi yoki talabaning turli masalalar yo’zasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan arizalaridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig’i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi. Bundan qat’iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
-ariza yo’llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
-ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi;
-hujjat nomi (ariza);
-ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
-zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
-qog’ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
-qog’ozning o’ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi.
Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |