Mavzu: Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish
Nazariy ma’lumot berish: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlov berish texnologiyasi
Amaliy mustaqil ishlar: charxlash usullari, tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy operatsiyalarni bajarishni bilish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga metallarga ishlov bernvchi stanoklaming turlari, umumiy tuzilishi, asosiy qismlari, vazifasi va ishlash prinsipi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mehnatsevarlik, ehtiyotkorlik, tejamkorlik va mehnat kishilariga hurmat ruhini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarda metallarga mexanik usulda ishlov berishga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning jihozi: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklari, kesuvchi asboblar va moslamalar, shtangensirkul, nutromer, mikrometr, plakatlar, tarqatma materiallar.
Darsning uslubi: “Tarmoqlar” (klaster), ko'rsatmalilik, amaliy.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: sinf va o’quvchilarning darsga tayyorligini ko’zdan kechirish, o’quvchilar bilan salomlashish, o’quvchilarni yo’qlama qilish.
O'tgan mavzuni takrorlash.
O'tilgan “Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlatish. Metallga ishlov berish asboblari turlari haqidagi ma’lumotlarni aniqlash” nomli amaliy mustaqil ish darsini takrorlash uchun savollar:
Sterjen, tunuka va simlarni qanday yo’l bilan qirqish, bukish va to’g’rilash mumkin?
Metallarga ishlov berishda foydalaniladigan asboblarni ishga tayyorlash va ularni ishlatish haqida tushuncha bering.
Shtangilsirkulning vazifasini tushuntiring.
Shtangilsirkulni qanday qilib ishlatiladi?
Shtangilsirkul yordamida berilgan detal o’lchamini aniqlang.
Nutromerning vazifasi, tuzilishi va uni ishlatish haqida gapiring.
Mikrometrning vazifasi, tuzilishi va uni ishlatish haqida gapiring.
Yangi mavzu bayoni.
Reja:
Metallarga mexanik usulda ishlov berish turlari haqida.
Tokarlik stanogi, uning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi.
Metallarga mexanik usulda ishlov berishda amal qilinadigan xavfsizlik qoidalari.
(Mavzuga oid ma’lumotlar BMIning nazariy qismida bayon etilgan matn asosida o’quvchilarga tushuntiriladi).
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
-sinf o’quvchilari uch guruhchalarga ajratiladi va ularga “Yig’ma birlikni detallarga ajratish” tarqatma materialini quyidagicha tartiblashtirish vazifasi beriladi: tarqatma material sarlavhasi-yigma birlik texnik rasmi-detallarning tartib raqamlari- detallarning nomlari-detallarning chizmalari-detallar tayyorlangan uslub-detallarni tayyorlash uslubiga oid rasm.
-guruhchalarning tarqatma materialni tartiblashtirish ishlari tekshirib chiqiladi va yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar ko’rsatib o’tiladi.
O’quvchilarning amaliy mustaqil ishlarini tashkil etish.
-o’quvchilarga ish boshlanishida, ish orasida va ish yakunida instruktaj beriladi; -stanokda qanday ishlash kerakligini bevosita stanokda ishlab ko’rsatib beriladi; -o’quvchilarni ish o’rinlariga taqsimlanadi;
-o’quvchilarning amaliy mustaqil ishini boshqariladi;
-o’quvchilarning amaliy mustaqil ishini nazorat qilinadi;
-o’quvchilarning mustaqil ishiga yakun yasaladi.
Nazariy ma’lumot va amaliy mashg’ulot yuzasidan o’quvchilar bilimini
mustahkamlash va baholash.
O’quvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi testlarni ishlash vazifasi
topshiriladi.
VIII.1. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Metallarga mexanik usulda ishlov berish turlari haqida gapiring.
Tokarlik stanogi, uning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
Metallarga mexanik usulda ishlov berishda amal qilinadigan xavfsizlik
qoidalarini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |