ELEKTR XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Elektrdai shikastlanish sabablari
Odam tanasi orqali o‘tgan 0,1 a tok kuchi hayot uchun xavflidir. Sog‘lom odam tanasiiing elektr qarshiligi bir-necha o‘n ming om ga teng. Bu qarshilik odamning jismoniy holatiga bog‘liq. Odamning jismoniy holati yomon bo‘lgan (kasal bo‘lgan, qattiq terlagai va shunga o‘xshash) hollarda tananing elektr qarshiligi atigi 400—1000 om ga teng bo‘ladi. Om qonuni formulasi (I=U/P)dan foydalanib, 40 v kuchlanish hayot uchun xavfli ekanini hisoblab topish qiyin emas.Odamlar ko‘pincha quyidagi hollarda tokdan shikastlanadi:
a) tok o‘tkazuvchi qismlarga, ochiq simlarga, elektr mashinasining kontaktlariga, rubilniklarga, lampochka patronlariga,saqlagichlar va kuchlanish manbaiga ulangan boshqa apparat va asboblarping tok o‘tkazuvchi qismlariga tekkanda;
b) elektr qurilmalarining aslida kuchlanish ostida bo‘lmagan, biroq izolyatsiyasi buzilganligi natijasida kuchlanishi ostida bo‘lgan tokli qismlariga tekkanda;
v) elektr qurilmasining qismlari bo‘lmagan, biroq tasodifan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi narsalar (masalan,nam devor, binoning metall konstruksiyalari)ga tekkanda;
g) elektr tarmoginiig uzilgan simi yerga tegib qolgan joyga yaqinlashganda.
Odam yerda turib ayni vaqtda tokli simlardan biriga yoki boshqa tok o‘tkazuvchi qismga tegib qolgan paytda elektr tokidan shikastlapadi (1-rasm, a). Tokli simlardan biriga va nam devor yoki yerga ulangan metall konstruksiyalarga tegib ketish ham xavflidir (1-rasm, b). Kuchlanish ostida bo‘lgai ikki sim yoki boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish eng xavflidir (1-rasm, v).
Elektrdan shikastlanishning oldini olish
Elektrdan shikastlanishning oldini olish uchun himoya vositalari: rezinka qo‘lqoplar, rezinka etiklar va rezinka gilamchalar, izolyatsiyalovchi shtanglar va shunga o‘xshashlar ishlatiladi (2-rasm).
Elektr tokidan shikastlanishdan ogohlantirish uchun «Kirmang — hayot uchun xavfli», «Ulamang», «Odamlar ishlashmoqda» va boshqa plakatlardan foydalaniladi. Plakatlar odatda elektr qurilmalari joilashgan binoinpg eshik va devorlari, elektr shchitlar, rubilniklar, elektr uzatish liniyalyarining tayanchlari va boshqa joylarga osib qo‘yiladi. Bu plakatlardagi ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qnlish shart.
Elektr qurilmalarini montaj qilish va remont qilishda qator talablarga rpoya qilish kerak:
Elektr montaj ishlarida ishlatiladigan metall dastali asboblarning dastalariga izolyatsiya trubkalari kiydiriladi (3- rasm).
2- rasm. Himoya vositalari: a-rezinka qo‘lqoplar;
b-rezinka bo‘tiklar; v-rezinka kalishlar; g- izolyatsiyalovchi taglik; d-izolyatsiyalovchi poyondoz yoki gilamcha
3-rasm. Dastasi zolyaiyali instrumentlar (asboblar).
a) barcha elektr qurilmalari ularning tok o‘tkazuvchi qismchariga bexosdan tegib kstmaslik choralari ko‘rilgan holda o‘rnatilishi lozim: sim va; kabellar yaxshi izolyatsiyalangan, boshqa tok o‘tkazuvchi qismlari g‘ilof, yashik, shkaflar singari himoya to‘siqlari bidanberkitilganbo‘lishi kerak
b)elektr jihozlarining tok o‘tishiga mo‘ljallanmagan metall qismlari mis simlar yordamida yerga ulanishi kerak;yerga ulanganda tok o‘tkazishga mo‘ljallanmagan, biroq kuchla-
nish ostida bo‘lib qolgan qismlarga bexosdan tegib ketilganda uncha shikast bermaydi; yerga ulovchi sim qarshiligi 4 om dan ortiq bo‘lmasligi kerak;
v)Elekt qurilmalarida kuchlanish bo‘lganda elektr tokidan shikastlanish xafli bo‘lmasligi uchun ularni montaj va remont qilish man etiladi.
Tekshirish lampochkasi (4- rasm, a) yoki kuchlanish ko‘rsatkichi (4-rasm, b) yordamida kuchanish yo‘qligi aniqlanadi.
.
4- rasm Kuchlanish borligini tekshirish asboblari:
a- tekshirish lampochkasi; b-kuchlanish kursatnichlari turlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |