Pemza — och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklyovkalangan va"bo‘yalgan sirtlarni quruqligicha va nam-lab silliqlash uchuy ishlatiladi.
Lok wa Bo‘yoqlar. Pardozlashning so‘nggi bosqichy loklash va bo‘yashdan iborat. Bu yo‘l bilan pardozlash materialining tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning tabiiy gulini o‘zgartirishiga qarab ikki turga bo‘linadi: yog‘ochning tabiiy rangi va gulini o‘zgartmaydigan tiniq yoki duradgorlik pardozi va yog‘ochning tabiiy rangi hamda gulini yo‘qotib, sidirg‘a ko‘rinishga keltiradigan tiniqmas yoki bo‘yoqchilik pardozi.
Odatda, rangi va guli ko‘rimsiz bo‘lgan yog‘ochdan tayyorlangan buyum va mebellarga tiniqmas pardoz beriladi. Bu maqsadda moyli va sirli (emalli) bo‘yoslar ishlatiladi.
Tiniqmas pardozlash yo‘li bilan bargli va igna bargli si-■fatsiz yog‘ochlardan tayyorlangan Tbuyum va mebellar bo‘yaladi.
iniqmas pardoz ishlari donalar, seriyalab buyum ishlab chiqarishda, xonalarni pardozlashda qo‘llaniladi. Ish tartibi quyidagicha olib boriladi: gruntovkalash, quritish; shpaklyov-«alash, quritish, jilvirlash; birinchi marta bo‘yash, quritish, jilvirlash; ikkinchi marta bo‘yash, quritish jilvirlash; uchinchi marta bo‘yash, quritish.
Sanoatda moyli bo‘yoqlar quyuq holda ishlab chiqariladi. Uni ishlatish vaqtida alif qo‘shib suyultiriladi va ishga mos-lanadi.
Sirli bo‘yoqlar moyli va nitroemallarga bo‘linadi. Moyli sirlar loklarda, nitroemallar nitroloklarda tayyorlanadi. Sirli bo‘yoqlar turli rangda tayyorlanib tayyor holda sotiladi.
Бо‘ёq suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning tabiiy gulini yo‘qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Bo‘yoqlar o‘simlik bo‘yog‘i va sun’iy bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Usimlik buyoqlari ayrim daraxt va o‘simliklardan olinadi. •Sariq bo‘yoq (rang) sariq zanjabildan, qora bo‘yoq zirkdan, ji-garrang — olma daraxti po‘stlog‘idan, ko‘k rang — javdar bug‘-doydan olinadi.
Sun’iy bo‘yoqlar toshko‘mirni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan olinadi. Ularning asosli va kis-lotali xillari bo‘ladi. Bularga yong‘oq beitsi va qizil rang <5yeytslar misol bo‘la oladi.
Bo‘yaladigan yog‘och sirtini yoppa tiniqmas parda bilan qoplab berkituvchi bo‘yovchi moddalar pigmentlar deb ataladi. Pigment-lar bo‘yoq moddalaridan suvda va boshqa erituvchilarda erit-masligi bilan farq qiladi. Bu xildagi pigmentlarga: belila, oxra, surik, sinkalar kiradi. Ular maydalangan talqon ho-lida bo‘lib, biron-bir bog‘lovchi modda (moy, lok, yelim) bilan aralashtirilgan holda ishlatiladi.
Pigmentlar rang belgisiga qarab klasslarga bo‘linadi. Pigmentlar oq, qora, kul rang, qizil, sariq, yashil, ko‘k va ji-gar rang bo‘ladi.
Bo‘yash chutka yordamida surtish va purkash yo‘li bilan baja-riladi. Sirtning katta-kichikligiga qarab har xil cho‘tkalar ишлатилади
5yeytslar>
Do'stlaringiz bilan baham: |