Tеrmiz davlat univеrsitеti kasbiy ta’lim kafedrasi


YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING INTERFAOL USULLARI



Download 24,49 Mb.
bet41/174
Sana26.06.2022
Hajmi24,49 Mb.
#706595
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174
Bog'liq
МАЖМУА тайёри

YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING INTERFAOL USULLARI

Hozirgi zamon talablariga binoan oliy o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri jahon standartlari talablariga javob bera oladigan bilimli, zukko va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun ham jahon andozalariga mos keladigan amaliy matematika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradigan o‘qituvchi-kadrlarni tayyorlash respublikamizdagi davlat ta’lim standartlari (DTSlari) tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Bunda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Prezidenti: «Kadrlar tayyorlash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, u har birimizdan, takrorlayman, har birimizdan astoydil, betinim, izchil mehnatni talab etadi»,-deb bejiz aytmagan. Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimining tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risidagi farmonlari ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun asos bo‘lib, bunda ta’limning yangi modeli mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli uddalashimizga xizmat qiladi. “Ta’limning yangi modeli,–deydi Prezident I.A.Karimov, – jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz.”_ Shunga ko‘ra sifatli, yetuk mutaxassis tayyorlash bilan birga ularni xolisona, erkin fikr bildiradigan hamda Ona-Vatanga dildan xizmat qila oladigan barkamol inson bo‘lishlari uchun ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, davlat oldida javobgarlikni his qila oladigan har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni tarbiyalash va komil insonni voyaga yetkazish murabbiylarimizning asosiy burchidir. Bunda e’tiborni pedagogik texnologiyalarga qaratish muhimdir.


Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelayotgan ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning milliy texnologiyasini yaratish lozim.
“Texnologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “texnos” – mahorat va “logos” – fan, ta’limot ma’nosini bildiradi. Ammo bu ta’rif zamonaviy texnologiya mazmunini to‘liq ifodalab berolmaydi. Xalqaro Yunesko tashkiloti pedogogik texnologiyalarga shunday ta’rif beradi: “Pedogogik texnologiya – bu ta’lim, shakllarini optimallashtirish (usul, vosita, metodlarini bir-biriga mos tanlash) maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati (tug‘ma imkoniyatlar) hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, o‘qitish va bilish, o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir.”1 Yangi pedagogik texnologiyalar esa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim mazmunini yangilanishi, buni amalga oshirish uchun yangicha yo‘llarni izlab topish, bunda pedagogik loyihalardan foydalanish bo‘lib, bu – yangilik hisoblanganligi uchun ham “pedagogik texnologiya” tushunchasiga “yangi” so‘zini qo‘shib, uni “Yangi pedagogik texnologiyalar”,2– deyish mumkin.
Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikantlar, yoki mahsulotlarni olish, ularga ishlov berish, yoki qayta ishlash yo‘llari va usullarining yig‘indisi (texnologiyaning jarayonli – bayonli aspekti);
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatida vazifasi, moddiy resurslar va vaqni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo‘llash maqsadida qonuniyatlarni topish hisoblanadi (ilmiy aspekti);
Jarayonning o‘zi – qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash, tashish, omborga joylash, saqlash hamda ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish (texnologiyaning jarayonli – harakat aspekti).
Yuqoridagilarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchining (pedagogning) o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo‘yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogshik texnologiya desa bo‘ladi (B.Ziyomuhammedov)1.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov: «Oliy o‘quv yurtini isloh qilayotganda, ularni boshqa davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini mustahkamlash zarur. O‘z domlalarimiz bilan cheklani qolmay, chetdan ham domlalar chaqirishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak»,- deb ta’kidlaydi.2
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: «Pedagogik texnologiya – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir»,-degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi.
«Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi»,- deydi(V.M.Monaxov).
M.V.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya – o‘quv jarayoniga yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini loyihalashtirishdir.
I.Y.Lernerning fikriga ko‘ra, pedagogik texnologiya – o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi.
V.P.Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidahmedov va A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchining (tarbiyachining) o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy – muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.”1
Bu ta’riflarni uzoq horijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib ko‘rish uchun yapon pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. «Pedagogik texnologiya –, deydi T.Sakomoto, – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir».
Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar: V.Guzeyev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov, Ch.Yudit va boshqa pedagoglarning ham ta’riflari keltiriladi, ammo ularning birontasi YUNESKO ta’rifi darajasiga ko‘tarila olmagan.
BTM nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKOning ta’rificha, “Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir.”1
O‘zbekistonlik pedagog – olim L.V.Golish ta’lim texnologiyasini texnik texnologiyadan kelib chiqqan holda uch xil atamasini ifodalab bergan:
Tizim deb, tartiblangan, o‘zaro uzviy bog‘langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to‘plamiga aytiladi. Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, mumtoz merosimizga tayangan holda, xalqimizning milliy pedagogik an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim.
Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida – ta’lim texnologiyasi,o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
O‘qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli – harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minotchi, usul va vositalarning (texnologik operatsiyalarning) tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir.
Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu fan (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars beri shva bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli».
O‘zbekistonlik pedagog – olim B.G‘.Ziyomuhammedov pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif bergan: «Pedagogik texnologiya – bu jamiyat ehtiyojidan kelibchiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida ko‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan o‘qituvchining (pedagogning) o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.»
Yangi pedagogik texnologiyalar bo‘yicha O‘zbekistonda qator olimlar ish olib bormoqdalar. Bular: B.L.Farberman, M.Mahmudov, K.Zaripov, B.Adizov (“Ta’lim texnologiya”si kitobi 1999 yil), O.Roziqov, B.Ziyomuhammedov, N.Sayidahmedov, J.Yo‘ldoshev, O‘.Tolipov va boshqalar bo‘lib, informatsion texnologiyalar, ya’ni axborot texnologiyalari bo‘yicha Anvar Hayitov tadqiqotlari diqqatga sazovvordir.
Ta’lim texnologiyasining predmeti – ta’lim tizimini konseptual asolariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Barcha ta’lim-tarbiya tizimlarida pedagogik texnologiyani qo‘llash natijasida – o‘quv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obyektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda buriladi.

Download 24,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish