Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

6. Ommaviy musobaqalarni о„tkazish 
Ommaviy  musobaqalarga  tayyorgarlik  kо‗rish  va  о‗tkazishda  ularda  kо‗p  sportchilar 
qatnashishini  hisobga  olish  muhim,  chunki  maktablarda  ommaviy  musobaqalarni  uyushtirishga 
boshqacha yondashish zarurligini kо‗rsatmoqda. 
Maktab о‗quvchilari orasida gimnastikadan ommaviy musobaqalar о‗tkazish keng tarqalgan. Erkin 
mashqlarni, ertalabki gigiyenik gimnastika shaklidagi mashqlarni bajarish uchun birdaniga butun 
jamoani  (har  bir  ishtirokchi  uchun  alohida  belgilar  bо‗lsa,  yaxshi  bо‗ladi)  maydonchada 
joylashtirish  kerak.  Mashqlarning  sifatini  baholaydigan  hakamlar  guruhi  sportchilarning  mashq 
bajarishi yaxshi kо‗rinadigan joyda о‗tirishadi. 
3
 
Jamoa sportchilari musobaqa dasturidagi mashqlar bajarilishini yakunlab, 
«erkin» holatida bо‗ladi va hakamlar kо‗rsatkichlar orqali ularni baholarini kо‗rsatadilar, kotiblar 
esa, bu baholarni umumiy qaydnomaga kо‗chiradi. Musobaqa shunday tashkil qilinganda jamoa 
mashq bajarish uchun 3-5 minut vaqt sarflaydi, xolos. 
 
 
 
2. 
Cross Fit. Gymnastics training guide. Copyright 2015. 



13 
 
Jamoalarni  bir  turdan  ikkinchi  turga  о‗tish  tartibini  bayonnomada  kо‗rsatish  maqsadga 
muvofiqdir. Bu turlami  almashtirishdagi  noaniqlikni bartaraf  etadi va unga sarflanadigan vaqtni 
qisqartiradi. 
Zal, gimnastika maydonchasi, о‗yingoh kotibi maktab hovlisining hajmiga va hokazolarga 
qarab, u  yoki  bu tо‗da uchun musobaqa dasturining turlari (jihozlar) ni  sektorlar bо‗yicha  yoki 
doira bо‗ylab joylashtirishi mumkin. 
Ommaviy  musobaqalarni  boshqarish  uchun  bong  bо‗lishi  kerak,  bong  urilganda  barcha 
jamoalar  joy  almashtirish  uchun  tayyorlanadilar,  harakat  musiqa  jо‗rligida  amalga  oshiriladi, 
bunda ishtirokchilar jadvalga muvofiq navbatdagi turga о‗tadi. Ommaviy musobaqalar shu tarzda 
uyushtirilganda har bir jamoa sardori  va kuzatuvchi  о‗qituvchilarga katta mas‘uliyat  yuklanadi. 
Ular  ishtirokchilarni  uyushtirishlari  va  о‗z  vaqtida  musobaqaning  bir  turidan  ikkinchisiga 
almashishlarini ta‘minlaydi. 
Gimnastika  bо‗yicha  ommaviy  musobaqalar  tashkilotlar,  о‗quv  maskanlari  va  boshqa 
jamoalarda (semestr, yarim yillik va h.k. о‗quv musobaqalari), shuningdek, 
«Alpomish  va  Barchinov»  sog‗lomlashtirish  testining  gimnastika  talablariga  binoan  о‗tkazilishi 
mumkin. 
Musobaqa oxirida kotibiyat (har bir jamoa) har bir qatnashchi va butun jamoaning erishgan 
natijalarini (ommaviy musobaqa nizomiga muvofiq) hisoblab chiqadi va  bosh hakamlar hay‘ati 
(kо‗pincha bosh hakam) aniqlangan ballar yig‗indisiga kо‗ra qatnashchilarni mukofotlaydi. Undan 
tashqari,  musobaqa  oxirida  eng  kuchli  jamoalar  va  ishtirokchilar  (shaxsiy)  aniqlanadi,  ular 
muayyan musobaqaning g‗oliblari sifatida mukofotlanishadi. 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish