17.2 YAlpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
YAlpi ichki maxsulot xajmi quyidagi 3 usul bilan xisoblanishi mumkin:
1) Ishlab chiqarish usuli;
2) Taqsimot usuli;
3) Oxirgi foydalanish usuli.
Ishlab chiqarish usuli. YAIM ko’rsatkichi ishlab chiqarish usuli bilan xisoblanganda, uning xajmi mamlakat iqtisodiy xududidagi barcha rezidentlar tomonidan yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YAqq)lar yiindisiga teng bo’ladi:
YAIM=YAQQ
YAlpi ichki maxsulot ko’rsatkichini ishlab chiqarish usuli bilan xisoblash uchun, dastlab yalpi ishlab chiqarish ko’rsatkichi aniqlanishi lozim.
MXT uslubiyatiga asosan xisobot davrida mamlakat iqtisodiy xududidagi rezidentlar ishlab chiqargan barcha maxsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlarning joriy baxolardagi qiymati yig’indisiga - yalpi ishlab chiqarish deb ataladi.
MXTnipg uchinchi xalqaro standartiga asosan yalpi ishlab chiqarish quyidagi elementlardan tashkil topadi:
qaerda foydalanishidan qat’i nazar ishlab chiqarilgan barcha maxsulotlar (boshqa rezidentlarga jo’natilgan maxsulotlar xamda o’z iste’moli yoki jamg’arish uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar);
boshqa rezidentlarga ko’rsatilgan bozor xizmatlari;
davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning nobozor xizmatlari;
Xaqi to’lanadigan uy xizmatkorlarining uy xizmatlari;
Xaqi to’lanmaydigan uy xizmatlari iqtisodiy faoliyat soxasiga kiritilmaydi.
O’z extiyojlari uchun uy va kvartira egalari tomonidan ko’rsatiladigan uy-joy xizmatlari.
qonun bilan ta’qiqlangan maxsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan iqtisodiyot xamda qonunan ruxsat etilgan, ammo davlat boshqaruv idoralaridan daromadni yashiradigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan iqtisodiyot MXT uslubiyati bo’yicha iqtisodiy faoliyat soxasiga kiritiladi.
YAlpi ishlab chiqarish xajmi odatda bir yil uchun aniqlanadi. SHuning uchun maxsulotlar xisobga olinish vaqtida tayyorgarlik darajasiga qarab uch xil ko’rinishda bo’ladi:
tayyor maxsulotlar;
yarim tayyor maxsulotlar;
tugallanmagan maxsulotlar.
Iqtisodiy birliklar (korxonalar, tashkilotlar, fermer xo’jaliklari va xakozo) miqyosida ishlab chiqarilishi tugallangan maxsulotlar – tayyor maxsulotlar deyiladi. Ko’p xollarda ishlab chiqarilishi tugallangan tugallangai xamda belgilangan texnik talablarga javob beradigan maxsulotlarning tayyorgarlik darajasining qayd etilish vaqti texnik nazorat bo’limi tomonidan qabul qilinish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa xollarda ishlab chpqarilishi tugallangan maxsulotlarning tayyorgarlik darajasini qayd etilish vaqti realizatsiya vaqtiga mos keladi (qishloq xo’jalik maxsulotlarining davlatga sotilishi, umumiy ovqatlanish maxsulotlarining sotilishi). Ba’zi xollarda esa maxsulotlarning tayyorlik darajasi vaqti qayd etilmaydi. qishloq xo’jaligida o’z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan maxsulotlar). Bunday xollarda maxsulotlarning tayyorlik darajasi, vaqti ishlab chiqarish jarayonining tugallanish vaqtiga mos keladi.
Korxonadagi mavxum bir tsexda ishlab chiqarilishi tugallangan xamda shu korxonaning boshqa tsexlarida yoki boshqa korxonalarda qayta ishlanishi talab etiladigan maxsulotlar – yarim tayyor maxsulotlar deyiladi.
YArim tayyor maxsulotlarga sanoat va umumiy ovkatlanish korxonalarining maxsulotlari kiradi.
Korxonaning ma’lum bir tsexida ishlab chiqarish jarayoni boshlangan, lekin ishlab chiqarilgash tugallanmagan maxsulotlar – tugallanmagan ishlab chiqarish deyiladi. (sanoat va umumiy ovqatlanish korxonalarida tugallanmagan ishlab chiqarishga, ma’lum bir ishlab chiqarish bosqichida ishlab chpqarilishi tugallanmagan maxsulotlar kiradi.
qishloq xo’jaligining dexqonchilik tarmog’ida tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi kelgusi yil xosilini yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar summasi bilan aniklanadi. CHorvachilik tarmog’ida esa tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi yosh chorva mollarini o’stirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar summasi bilan aniqlanadi. CHorvachilik tarmog’ida esa tugallanmagan ishlab chiqarish xajmi yosh chorva molllarining o’stirish bilan bog’liq bo’lganxarajatlar summasiga teng bo’ladi.
Tugallanmagan qurilish xajmi qurilishi tugallanmagan xamda buyurtmachi xaqini to’lagan ayrim qurilish ishlari yoki konstruktiv elementlar qiymati bilan aniqlanadi.
Endi ayrim tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish xajmini aniqlashning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
Sanoat tarmoining yalpi ilpi ishlab chiqarishiga quyidagilar kiradi:
korxonaning yalpi maxsuloti, tayyor maxsulotlar, o’zida ishlatilgandan tashqari yarim tayyor maxsulotlar, sanoat xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlar va tugallanmagan ishlab chiqarishning davr oxiridagi xajmi bilan davr boshidagi xajmi qiymatlarining farqi;
maishiy xizmatlar (kiyimlar, oyoq kiyimlar, trikotaj va yungli buyumlarni tashish va ta’mirlash).
Uy xo’jaliklarining sanoat xususiyatiga ega bo’lgan faoliyatiga quyidagilar kiradi:
sotish uchun va o’zi uchun ishlab chiqarilgan o’simlik yog’i, vino va qurilish materillari;
sanoat va badiiy buyumlar ishlab chiqarish.
qishloq xo’jaligining yalii ishlab chiqarish dexqonchilik va chorvachilik maxsulotlari va ko’rsatilgan bozor va nobozor qishloq xo’jaligi xizmatlari.
qurilishning yalpi ishlab chiqarish, yangi qurilish ishlari qiymati, mavjud asosiy fondlarni kengaytirish va qayta qurish ishlari qiymati.
To’lovli xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi (komunal xo’jalik, maishiy xizmatlar ko’rsatish, to’lovli ilm olishi va sog’liqni saqlash, madaniy muassasalar va xakozo) bu xizmatlarni ko’rsatanligi uchun to’lovlar summalari yig’indisiga teng.
To’lovsiz xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish (to’lovsiz ilm olish va sog’liqni saqlash, madaniyat va san’at, mudofaa, boshqaruv , ichki ishlar vaziligi) bu xizmatlarni ko’rsatish uchun joriy xarajatlar qiymati.
Moliyaviy sektor yalpi ishlab chiqarishi quyidagilarning yalpi ishlab chiqarish yig’indisidan tashkil topadi: Respublika xalq banki, tijorat banklari, moliyaviy kompaniya va korporatsiyalarning xususiy investitsion fondlari, sug’urta kompaniyalari va nafaqa fondlari.
Maxsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar asosida kapital isge’moli bundan mustasno) va xizmatlarning ishlab chiqarishiga kiritilishi vaqtida mavjud bo’lgan baxolardagi qiymatiga - oraliq iste’moli deyiladi.
Oraliq iste’moli quyidagi elementlardan tashkil topadi:
moddiy xarajatlar;
nomoddiy xizmatlar uchun to’lovlar;
safar xarajatlari va mexmonxona xizmatlari;
oraliq iste’molining boshqa xarajatlari.
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun sarflangan mexnat buyumlari moddiy xarajatlar deb yuritiladi.
Moddiy xarajatlarga quyidagi mexnat buyumlari kiradi:
a)xom ashyo materiallari;
b)yarim tayyor maxsulotlar va detallar;
v)energiya va yoqilg’ining barcha turlari
g)maxsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan korxonalarning ishlari va xizmatlari;
d) o’zining va chet korxonalarning transport xizmatlarni aloqa va
xisoblash markazlarining xizmatlari;
e) o’rash materiallarining qiymati;
j) xodimlar uchun zaruriyiy instrumentlar, ish kiyimlarga xarajatlar;
z) korxonaning bir muassasasidan boshqa muassasaga ishlab chiqarish
jarayonida foydalanish uchun jo’natilgan tovarlar va xizmatlar;
i) tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish uchun mexmonxona,
restoran, kafelarning oziq-ovqat maxsulotlarining xarid qilishi,
kasalxona va boshqa meditsina muassasalarining bemorlar uchun oziq-
ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar sotib olishi;
k) uy xo’jaliklarining instrumentlar, ish kiyimlari, qurilish
materiallari, urug’ va yem-xashak xarid qilishi;
l) xarbiy tashkilotlarning qurollanish va ularni keltirish uchun
xarajatlari;
m) armiya uchun formali kiyim-kechak va oziq-ovqat maxsulotlarining
xarid qilinishi;
Nomoddiy xizmatlar uchun to’lovlarga quyidagilar kiradi:
a) tovar sifatini tekshirish uchun to’lovlar;
b) ilmiy-tekshirish va eksperimental ishlar uchun to’lovlar;
v) moliyaviy vositachilarning xizmatlari uchun to’lovlar; sug’urta xizmatlari;
g) korxona xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o’quv muassasalariga to’lovlar (maxsulot tannarxiga kiritiladigan);
d) korxona xodimlarining sog’lig’ini saqlash uchun sog’liqni saqlash muassasalariga to’lovlar;
e) bino, inshaot, mashina va asMAVZU-uskunalar uchun to’lovlar; reklama uchun to’lovlar;
i) tovarlarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnomaga to’lovlar;
k) yong’indan saqlash va qorovullik xizmatlari uchun to’lovlar.
Safar xarajatlariga quyidagilar kiradi:
a) yo’l xarajatlari;
b) mexmonxona xarajatlari (ovqatlanish xarajatlari va maishiy xizmatlar mexnat xaqiga kiritiladi).
Oraliq iste’moligaga quyidagilar kiritilmaydi:
a) bino va ishoatlarini kapital tuzatish yoki qurish uchun xarajatlar;
b) natural shakldagi ijtimoiy yordam, yerdan foydalanganlik uchun ijara tulovi;
v) xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ijtimoiy-madaniy xizmatlarning qiymati;
Demak, MXT uslubiyatiga asosan yalpi ichki maxsulot (YAIM) ko’rsatkichi "ishlab chiqarish" usuli bilan xisoblanganda, uning xajmi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1) YAKK=YAICH-OI;
2) YAIM=YAQQ;
Do'stlaringiz bilan baham: |