Bojxona statistikasi - tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining bir qismi bo’lib, u mamlakat chegarasidan o’tuvchi tovarlar bilan bir qatorda , ayrim ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarni ham hisobga oladi.Bojxona statistikasining o’rganish ob’ekti bo’lib,mamlakatning tashqi savdo oborti hisoblanadi.Tovarlar eksporti va importini natural va pul ko’rinishida hisobga oladi va ularning geografik yo’nalishini aniqlash uning kuzatish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Bojxona statistikasining asosi bo’lib, mamlakatning bojxona kodeksi hisoblanadi.Ma’lumot manbai bo’lib, birlamchi xujjat yuk bojxona dekloratsiyasi ma’lumotlari hisoblanadi.
YUBDsida mamlakat chegarasidan tashqariga chiqayotgan va chegaradan kirayotgan tovarlar hisoboti amalga oshiriladi.Deklortsiya tovarlarning yo’nalishi (kirish,chiqish) , tovarlarning kodi va nomi,sof og’irligi,bojxona rejimi va h.k.lar keltiriladi.shu ma’lumotlar asosida mamlakatning tashqi savdosi haqida ma’lumotlar tuziladi.SHuning uchun YUBDda bir xil hisob birliklari,shu bilan birga halqaro klassifikatorlar va nomenklaturalar qo’llaniladi.SHu asosda tashqi savdo geografiyasini aniqlash mumkin va shu ma’lumotlar bojxona statistikasi uchun ma’lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi bojxona statistikasida tovarlarning quyidagi kategoriyalari hisobga olinadi:
Import:
erkin muomala uchun olib kirilgan tovarlar;
reimport tovarlar;
bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlar;
bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchn olib kirilgan tovarlar;
reeksport tovarlar;
shaxslar tamonidan olib kirilib,davlat foydasiga o’tkazilgan tovarlar;
poshlinasiz savdo dukonlariga keltirilgan chet el mollari;
bir va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo’yish uchun keltirilgan tovarlar.
Eksport:
bojxona rejimi bo’yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
bojxona hududida qayta ishlashdan so’ng chiqarilgan tovarlar;
reeksport rejimi bo’yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
poshlinasiz savdo dukonlariga chetga chiqarilgan O’zbekiston va chet mamlakatlar tovarlari;
bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo’yish uchun chetga chiqarilgan tovarlar.
Bojxona statistikasida hisobga olinadigan tovarlarga mamlakat moddiy boyliklarini ortiradigan va kamaytirilgan tovarlarning barchasi kritiladi ( muomaladagi valyutalardan tashqari).
Bojxona statistikasi quyidagi tovarlarni hisobga olmaydi:
a) qiymati va og’irligi kabi ko’rsatkichlari statistik kuzatish talablariga javob bermaydigan tovarlar.
Masalan, 1997 yildan boshlab qiymati 1000 AQSH dollaridan yuqori yoki og’irligi 50 kg dan ortiq bo’lgan mollarni hisobga oladi;
b) muomalada bo’lgan valyuta boyliklari (shu jumladan monetar oltin).Bularni banklar o’zaro hisob kitob ishlari amalgaoshiish uchun ishlatiladilar;
v) chet el mamlakatlari diplomatik va konsullik vakolatxonalari tamonidan foydalaniladigan tovarlar ,dalat organlariga , halqaro tashkilotlarga ,davlat boshliqlariga berilgan sovg’alar va h.k.
Mamlakatdagi chet el vakolatxonalari,o’z mamlakatlarining bir qismi hisoblanadi,shuning uchun mamlakatlar bilan ularning vakolatxonalari orasidagi tovarlarning harakati ichki harakat hisoblanadi.
g) tijorta operatsiyalari predmeti hisoblanmaydigan tovarlar,( masalan,o’z ehtiyojlarini qondirish chet eldan keltirilgan tovarlar,aloqa belgilari,to’y hasham jihozlari va h.k.)
Jismoniy shaxslar tamonidan chet eldan keltirilgan tijorat maqsadida keltirilgan tovarlarni alohida statistik hisobot olib boriladi.Ular mamlakat importining 20 - 25 %ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |