19.1.O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining shakllari.
O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotini barpo eta borib, asta sekin qadamba- qadam jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda.Ma’lumki,jahon miqyosida mehnat taqsimoti mavjud bo’lib, bu holat mamlakatlaroro iqtisodiy aloqalar bo’lishini taqoza etadi,mamlakatlar ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga moslashgandir.
Mamlakat ichki iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishda iski iqtisodiy faoliyat ham muhim rol o’ynaydi,chunki jamiyatning talab va ehtiyojlarini faqt ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirib bo’lmaydi.
Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti,ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.Masalan, yevropa uchun kampyuter va mashinalarni, AQSH uchun samolyotlarni ,Hindiston va Pokiston uchun choyni ,O’zbekiston uchun esa paxtani eksport qilish qulay hisoblanadi.
SHunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa – bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib,iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi.
Bu munosabatlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
tashqi savdo;
ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
kapital migratsiyasi;
ish kuchi migratsiyasi;
o’zaro to’lovlar va hisob valyuta munosabatlari va .h.k.
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish bilan import hisobiga mamlakat ichki bozorlarining tovar va xizmatlar resurslari shakllanadi.Amashish (oldi sotdi) operatsiyalari natijasida ular xaridorlar ,ya’ni aholi va davlat tashkilotlari ixtiyoriga o’tadi va asosan provard istemol uchun uy xo’jaliklari a’zolari istemolini qondirish uchun, ya’ni ishchi kuchini qayta tiklash uchun ishlatiladi.
Tovarlarning ikkinchi qismi texnik vositalari omillar bozori tamon harakat qiladi va provard natijada yangi asosiy fondlar va moddiy ashyoviy zaxiralar hamda nomoddiy aktivlar jamg’armalari vujudga keladi.Ushbu jamg’armalar va qayta tiklangan ishchi kuchi yangi kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida moddiy ashyoviy va shaxsiy inson omillari sifatida xizmat qiladi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rganishda tashqi savdo muhim rol o’ynaydi va statistika tashqi savdoni chuqur har tamonlama tahlil qiladi.
Tashqi savdo statistikasining vazifalari quidagilardan iborat:
tashqi savdoning hajmi,uning tarkibi va dinamikasini o’rganish;
tashqi savdoning rivojlanishiga ta’siro qiluvchi omillarni tahlil qilish;
turli mamlakatlaro tashqi savdonsini taqqoslash va o’rganish;
Tashqi savdoni o’rganishda bojxona statistikasining ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |