Demak, MIIVFning: - 94,3% amalda ishlagan
- 2,2% uzurli sabab bilan yo`qotish
- 3,5% uzursiz sabab bilan yo`qotish
100%
Demak, ish vaqti balansi – ish vaqti resurslari va ulardan foydalanish haqida to`liq ma’lumot olish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Qisqacha xulosalar
Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko`rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari soni, band bo`lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o`z ichiga qamrab oladi.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o`rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o`rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – mexnat statistikasining bir bo`limi hisoblanadi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo`ladi: chap qismida «ish vaqtidan foydalanish» ko`rsatiladi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Iqtisodiy faol va iqtisodiynofaol aholi tushunchalarini tavsiyalab bering.
Mehnatga layoqatli aholi deganda nimani tushunasiz?
Mehnat resurslari tarkibiga kimlar kiradi?
Mehnat resurslari soni qanday aniqlanadi?
Ishsiz deb kimlarni aytishimiz mumkin va ishsizlarning qanday turlarini bilasiz?
Mehnat resurslari balansining mohiyatini tushuntiring.
Korxona xodimlari sonini tushuntirib bering.
Ish vaqtidan foydalanishning qaysi koeffitsientlarini bilasiz?
Mustaqil ta`lim mavzulari
1.Bandlikni statistik o`rganish
2.Ishsizlikni statistik o`rganish.
3.Mehnat resurslari statistikasi.
4.Ish vaqtidan foydalanish statistikasi
5.Mehnatga xaq to`lash statistikasi
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
1. Мирзиёев, Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. -56 6.
2. Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект,2010, 289-337 c
3.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 369-388 b
4. Статистика: Учебник для вузов / Под ред. И. И. Елисеевой. —
СПб.: Питер, 2010. 209 -217 с
5.Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 148-174 b.
6. 7. Васильева Э.К. Статистика: Учебник:-М:, ЮНИТИ-ДАНА, 2012 280-
300 с
8.Статистика населения и демография. Учебник Воробьева О.Д. , Долбик-Воробей Т.А. 2019 КноРус
Internet saytlar
www.stat.uz
www.cer.uz
www.uza.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |