Ishdan bo`shaganlar soni |
X 100%
|
Tro`yxatdagi
|
Xodimlar sonini to`ldirish Kt =
| Qabul qilinganlar soni |
X 100%
| Ishdan bo`shaganlar soni |
Xodimlar doimiylik Kt =
| O`rganilayotgan davrda ro`yxatda turgan xodimlar soni |
X 100%
| Tro`yxatdagi |
T ro`yxatdagi – korxonaning o`rtacha ro`yxatdagi xodimlari soni.
Ishga qabul qilish va undan bo`shash natijasida ishchi kuchi sonining o`zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Uni ifodalash uchun quyidagi absolyut ko`rsatkichlar aniqlanadi:
- qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi xaqida buyruq chiqarilgan);
- ishdan bo`shash oboroti (ishdan bo`shamaganligi xaqida buyruq chiqarilgan);
- ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo`shaganlar umumiy soni).
O`z xohishi bilan ishdan bo`shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o`z xohishi bilan ishdan bo`shaganlar, shuningdek quyidagilar: tanlovdan o`tish natijasida boshqa joyga o`tganlar, yashash uchun boshqa joyga ko`chganlar, kasallik yoki nogironlik, o`qishga kirish, pensiyaga chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo`shagan kishilar.
Ishga qabul qilish va bo`shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham korxona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi:
T0 + QQ – B = T1
Bunda: To – davr boshidagi xodimlar soni;
QQ – qabul qilinganlar soni, shu jumladan manbaalar bo`yicha:
bandlilik xizmat yo`llanmasi bilan;
boshqa korxonalardan o`tkazilganlar;
boshqa manbaalardan (korxonaning o`zi qabul qilgan; o`qishdan, armiyadan qaytgan va h.k.);
B – ishdan bo`shaganlar soni, shu jumladan sabablar bo`yicha:
boshqa tashkilotga o`zkazish sababli;
xodimning xohishi bilan mehnat – bitimini tugatilishi (o`z xohishi bilan);
korxonaning xohishi bilan mehnat – bitimini tugatish, armiya safiga chaqirish sababli;
boshqa sabablar bilan.
T1 – davr oxiridagi xodimlar soni.
Aholi bandligini o`rganish uchun korxona va tashkilotlardagi ish joylarining yangisini barpo etish va ba’zilarini yo`qotish bo`yicha xarakatini ham o`rganishni taqozo etadi. Bandlilik xizmatlari idoralari korxona va tashkilotlardan ularning xodimlarga bo`lgan talabini olib o`rganadilar va shu ma’lumotlar asosida statistika quyidagi ko`rsatkichlarni hisoblaydi:
- ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joylari + bo`sh ish o`rinlari;
- bo`sh ish joylar soni (korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida aniqlanadi);
- yangi kiritilgan ish joylar soni (ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va ish smenalarini ortishi natijasida va h.k.);
- bir bo`sh joyga band bo`lmagan aholining yuklamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |