Mehnat bozori statistikasi. Iqtisodiy faol aholi tushunchasi. uning soni va tarkibi. Bandlilik va ishsizlik statistikasi. Iqtisodiy nofaol aholi tushunchasi. uning soni va tarkibi. Mehnat resurslari statistikasi. mehnat resurslari sonini hisoblash usullari. Mehnat resurslari balansi. uning sxemasi va ko’rsatkichlar tizimi, uni tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiyotda band bo’lganlarning faoliyat sohasi, mulk formasi, xo’jalik yuritish formasi va mamlakat hududlari bo’yicha taqsimlanishini statistik o’rganish. Korxona va tashkilotlarning xodimlarini asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatlari bo’yicha taqsimlanishi. sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlardagi asosiy xodimlar kategoriyalari. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lgan xodimlar soni. ro’yxatdagi va ishga kelgan xodimlar soni. o’rtacha ro’yxatdagi, ishga kelgan va amalda ishlagan xodimlar sonini hisoblash usullari. ishchi kuchi harakati statistikasi. Ishchi kuchi soni balansi. ishga qabul qilish va ishdan bo’shatishning asosiy va nisbiy ko’rsatkichlari. Ish kuchining qo’nimsizligi va doimiyligi. ish vaqti fondlarining tarkibi. ish vaqti balanslari. Ish vaqti fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari. Ish davri va ish kunining o’rtacha uzunligi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari. umumiy ishlangan ish vaqti hajmiga ta’sir etuvchi omillar. Ish joylaridan foydalanish ko’rsatkichlari statistikasi. Menalik koeffitsienti, smenalik rejimidan foydalanish statistikasi. Ish joyi va smenasidan to’liq foydalanish ko’rsatkichi. ish vaqtini yo’qotishlar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali−ma’ruza, seminar konferentsiya, akliy xujum,,baliq skeleti, bumerang texnologiyasi,didaktik o’yinlar texnologiyasi
Adabiyotlar: A2; A3; A4; Q1; Q8; Q9;.
Milliy boylik statistikasi. Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari. Milliy boylik tarkibi. Milliy mulk va tabiiy resurslar tarkibi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlar tushunchasi va tarkibi. Aktiv va passivlar balansi. Tabiiy resurslar tarkibi. yer fondini statistik o’rganish. Foydali qazilma boyliklari, suv va gidroenergik resurslarni statistik o’rganish. Milliy boylik elementlarini joriy va o’zgarmas baholarda hisoblash va ular dinamikasini o’rganish.
Asosiy fondlar (asosiy vositalar, asosiy kapital) haqida tushuncha va statistikaning vazifalari. Asosiy fondlar klassifikatsiyasi. Asosiy fondlarni baholash usullari. Asosiy fondlarning eskirish va amortizatsiyasi. Amortizatsiya summalarini hisoblash usullari. Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalni iste’moli tushunchasi. Asosiy fondlarni to’liq va qoldiq qiymati bo’yicha balansi. Ularni holatini va harakatini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari: fond qaytimi va fond sig’imi. Ular dinamikasini statistik o’rganish. Mahsulot hajmi, fond qaytimi va fondlar hajmi orasidagi bog’lanish. Mashina va uskunalar – asosiy fondlarning aktiv qismi. Uskunalar tarkibi. energetik va ishlab chiqaruvchi usullarning quvvati va ish hajmi ko’rsatkichlari. Uskunalar soni, vaqti, quvvati va bajarilgan ish hajmi bo’yicha foydalanish statistikasi. Uskunalarning smenalik koeffitsienti. Ayrim tarmoq uskunalaridan foydalanish ko’rsatkichlarining o’ziga xos xususiyatlari. Material aylanma mablag’lar (aylanma fondlar, aylanma kapital) haqida tushuncha va bu sohada statistikaning vazifalari. Mahsulot, aylanma mablag’lar hajmi va tarkibini statistik o’rganish. Ulardan foydalanish darajasini tahlil qilish usullari. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari mahsulot zaxiralari bilan ta’minlanganlik darajasi. Material oborot mablag’larining aylanish ko’rsatkichlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali−ma’ruza, seminar konferentsiya, akliy xujum,,baliq skeleti, ,didaktik o’yinlar texnologiyasi
Adabiyotlar: A2; A3; Q1; Q8; Q9; Q11; Q12
Do'stlaringiz bilan baham: |