Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti
Turizm ta'lim yo'nalishi Tur-219 guruh talabasi
Islamov Akmalning Turopereyting fanidan KURS ISHI
Mavzu: Turizmda reklamaning asosiy vositalari.
Reja;
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1) Turizm rivojlanishida reklamaning o'rni.
2) Turizm sohasida reklamaning turlari.
3) Turizm reklamasida dasturiy axborot rejasini tayyorlash.
III. Xulosa.
Kirish
O’zbеkiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga boy tarixiy, madaniy mеrosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot tizimlari, kompyutеr tеxnologiyalaridan foydalanuvchi tеxnika bilan ta'minlangan yuqori tеxnologiyali ishlab chiqarishga ega. Mijoz sifatli xizmatlarni olishi zarur- bu davr talabi bo’lib qolmoqda Ushbu muammoni amalga oshirishda mutaxasis kadrlar hal qiluvchi rol o’ynaydi
Bu o’quv maskanlarning namunaviy o’quv rеjalariga muvofiq umumkasbiy fanlar blokidan tashqari, ixtisoslik fanlar blokida o’qitiladigan fanlar qatorida turgan « Turizm asoslari» fani ham ahamiyati jihatidan ixtisoslik fanlarining alifbosi bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq munosabatlar O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”(1998-yil 25-dekabr) qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga ko’ra, iste’mollarni chalg’itadigan yolg’on yoki noaniq ma’lumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yo’li bilan taqiqlanadi.
Kundan-kun o’z tarovati va salobatini namoyon aylayotgan yurtimizda bugungi kunda erishayotgan yutuqlarimizni butun dunyo e’tirof etmoqda.Birbiridan go’zal va hashamatli imoratlarni, mevalari va manzarali daraxtlar turli xildagi turfa gullari bilan bezalayotgan, ko’rkiga-ko’rk bag’ishlayotgan ko’chalar va xiyobonlari, yosh avlod uchun qurilayotgan yorug’, qulay va jahon andozolariga to’liq javob beradigan o’quv maskanlarini, sport komplekslarini ko’rib ko’zingiz quvonadi.
“Ma’daniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Ma’daniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |