Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti


Reklama va uning mohiyati



Download 0,73 Mb.
bet2/12
Sana18.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#454136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
aaaaaa

1.Reklama va uning mohiyati.
Biz reklama deganda nimani tushunamiz Hozirgi kunda odatda Reklama – bu “savdo yetakchisi” degan iborani eshitamiz. Lekin biz reklamaga boshqa ta’rif beramiz: Reklama – bu birovga biror narsa haqida ma’lumot berish. Ammo reklama juda keng ma’no anglatadi va turli hil izoh berish mumkin, nafaqat bir ta’rif bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Reklama - bu turmahsulot va iste’molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. Reklamada ommaviy aloqa vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr materiallaridan foydalaniladi. Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‘otish, iste’molchilarga ma’lumot yetkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga majbur qilish (masalan, turagent bilan bog‘lanish, qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish va hokazo).
Bu savolga chuqurroq qarasangiz agar, umuman olganda reklama haqida hammaga bilish foydali va darkor! Bu mavzuda so’z borayotganda, biz nafaqat biznes haqida fikr yuritamiz, balki umuman bizning atrofimizdagi har kungi hayot haqidadir. Biz hammamiz reklama bilan bog’liq va agar ishlaringiz rivojini hohlasangiz, reklamaga katta e’tibor bering.
Reklama qilish imkoniyati faqat puliborlarda emas, balki kim yaxshi reklama qilsa, o’shaning qo’liga pul keladi. Albatta omad uchun boshqa narsalar ham muhim, misol uchun sog’liq! Va albatta omad uchun ancha narsalarni qilish kerak va keyin bu ishlar natijasini reklama qilishga o’tish kerak!
Relkama – tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko’riladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida yuridik va jismoniy shahslar yoki mahsulot to’g’risida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va iste’molchilar didining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli ta’sir ko’rsatish), joriy sotish hajmini ko’paytirish(qisqa davrli ta’sir ko’rsatish), haridorlarga nima sotish olishni va uni nima uchun sotibolish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi – haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni yo’qotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.
Reklamaning paydo bo’lish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda og’zaki va yozma reklama, hatto tovar belgisi qo’yib tamg’alash yo’li bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQSHda paydo bo’lgan. Bu yerda 19-asrning 2-yarimida birinchi reklama agentliklari faoliyat ko’rsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazine va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavxa yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi – afishalar, kitoblar , jurnallar, gazetalarda axborot reklama e’lonlari paydo bo’ldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniya,kino) jalb etildi.
Reklama bir necha vazifalarni bajaradi:
1.Tovarlar va xizmatlar iste’molchilarni xabardor qilish, ma’lumotlar berish vazifasi – reklama e’lonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qo’llash sohari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yo’llari haqida ma’lumot beriladi;

  1. Ishontiruvchi reklama – mavjud tovarga iste’molchi va haridorlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi;

  2. Eslatuvchi reklama – mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning o’zlari uchun ma’lum bo’lgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim o’rinda turadi. Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qo’llaniladi.

Har bir firma o’z reklama faoliyatini reklama agentlarini yo’llash yoki reklama xizmati tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi ko’p jihatdan talabni o’rganishni tashkil qilishga bog’liq bo’lib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga ta’sir o’tkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda reklama matbuot,radio, televideniya orqali olib boriladi, maxsus reklama filmlari namoyish etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari ko’rkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida reklama harajarlarining hissasi ortib boradi, reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmog’iga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish