Topshiriqlarni bajarish uchun materiallar
I. YAnvar oyining birinchi kuniga korxonaning tovar etkazib beruvchi tashkilotlarga qarzlari:
a) «Karim» xususiy firmasi— 260 000 so‘m.
b) «Rakurs T.» firmasi —244 000 so‘m.
2. Birinchi yanvarga korxonaning «Materiallar» scheti bo‘yicha qoldig‘i:
-
Materialning nomi
|
O‘lchov birligi
|
Bahosi
(so‘mda)
|
Miqdor
|
Summasi
|
Randalangan taxta
|
kub.metr
|
100 000
|
5
|
500 000
|
YOg‘och
|
kub.metr
|
60 000
|
10
|
600 000
|
Mix
|
kg
|
300
|
150
|
45 000
|
Bo‘yoq
|
kg
|
500
|
300
|
150 000
|
Jami
|
|
|
|
1 295 000
|
3. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha analitik schetlarnn yuritish uchun quyida kontokorrent kartochkaning tarxiy shakli keltirilgan:
(mol etkazib beruvchining nomi)
-
Sana
|
Operatsiya raqami
|
Xo‘jalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa
|
|
|
|
debet
|
kredit
|
4. «Materiallar» scheti bo‘yicha analitik schetlarni yuritish uchun quyida miqdor-summa kartochkaning tarxiy shakli keltirilgan:
(materialning nomi) o‘lchov birligi________bahosi _____________so‘m
Sana
|
operatsiya raqami
|
Xo‘jalik operatsiyasining
qisqacha mazmuni
|
Kirim
|
CHiqim
|
Qoldiq
|
|
|
|
mikdor
|
summa
|
miqdor
|
summa
|
miqdor
|
summa
|
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schetining analitik schetlar bo‘yicha oborot vedomostini tuzish uchun quyidagi vedomost shaklidan foydalanilsin:
Mol etkazib beruvchi
tashkilotning nomi
|
Oy boshiga qoldiq
|
Oy davomida oborot
|
Oy oxiriga qoldiq
|
|
debet
|
kredit
|
debet
|
kredit
|
debet
|
kredit
|
6. «Materiallar» schetining analitik schetlar bo‘yicha oborot vedomostini tuzish uchun quyida vedomostning shakli keltirilgan:
Materialning nomi
|
O‘lchov birligi
|
Bahosi
|
Oy boshiga qoldiq
|
Oy davomida oborot
|
Oy oxiriga
qoldiq
|
|
|
|
miqdor
|
summa
|
miqdor
|
summa
|
miqdor
|
summa
|
Nazorat savollari:
Buxgalteriya hisobi schyotlari deganda nimani tushunasiz?
Schyotlarning turkumlanishini aytib bering?
Aktiv schyotlarga misol keltiring.
Passiv schyotlarga misol keltiring.
Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?
Passiv schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?
Yg‘ib-taqsimlovchi schyotlarda oxirgi qoldiq qanday aniqlanada?
Aktiv, passiv va aktiv-passiv schetlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Asosiy schetlar tugrisida tushuncha va ularning xususiyatlari.
Kalkulyasiya schetlari xakida tushuncha.
Tartibga soluvchi schetlar.
Taqsimlovchi schetlar tugrisida tushuncha va ularning tavsifi.
Kontraktiv va kontrpassiv schetlar tugrisida tushuncha.
4-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya
1-amaliy mashg‘ulot
Buxgalteriya hisobi usullaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek, hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Buxgalteriya hisobida sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb ataladi. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri unda barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarur.
Buxgalteriya hisobida xujjatlarining roli va axamiyati.
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati unda xo‘jalik jarayonlarining hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. SHu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz malumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatlari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Buxgalteriya hujjatlarining turlari, ularni turkumlash.
Hujjatlar tuzilish tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi kabi xususiyatlarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
Hujjatlar tuzilish tartibiga ko‘ra, dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Xo‘jalik jarayoni ro‘y berganda albatta o‘sha vaqtni o‘zidayoq hujjatlashtirilishi shart. Masalan, tovar keltirish uchun asos bo‘lgan yuk xati (tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va hokazo. Bular bir xo‘jalik jarayonini o‘zida aks ettiradi va dastlabki hujjatlarga misol bo‘ladi.
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yig‘ma hujjatlar tuziladi va bu hujjatlar ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar haqida ma’lumotlar beradi.
Yig‘ma hujjatlarga tovar hisoboti va kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar vazifasiga ko‘ra 5 turga ajratiladi:
1. Farmoyish beruvchi hujjatlar.
2. Tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
4. Buxgalteriya hisobotiga ilova hujjatlari.
5. Axborot hujjatlari.
Hujjatlarning rekvizitlari.
Hujjatlar maxsus blankalarga xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xo‘jalik jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda rekvizitlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. Hujjatlardagi rekvizitlar haqida so‘z yuritishdan oldin, blankalardagi rekvizitlarni bilib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. CHunki ma’lumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim:
— blankalarda Statistika Qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakl kodi bo‘lishi;
— xo‘jalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bo‘lishi;
— ma’sul xodimlar imzosi va muhr uchun o‘rin ajratilishi va hokazo.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:
— hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
— tuzilgan muddati;
— xo‘jalik jarayoning mazmuni;
— xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);
— xo‘jalik jarayoni uchun mas’ul shaxslar nomi;
— hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.
Buxgalteriya hujjatlarining tarkibiy tuzilishi va ularni rasmiylashtirish tartibi.
Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar haqiqiyligini tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lib, ularning soni, ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qimmatbaho va juda kamyob hisoblangan moddiy boyliklar berilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega shaxslar chegaralangan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas, zarurat tug‘ilib qolganda esa tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi shart. Hujjatlarda bo‘yab yozilishi, noaniq yozuvlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Ayniqsa, kassa jarayonlari aks ettirilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas.
Hujjatlarning aylanishi va taqdim etish tartibi.
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha mas’ul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda harakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjatlarning aylanishi birlamchi hujjatlar tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilgungacha bo‘lgan harakatidir.
Buxgalteriya hisobining har bir ob’ekti hujjatlari alohida aylanish tizimiga ega.
Hujjatlarning aylanish jadvali.
Hujjat aylanishi ro‘yxatining tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad hisob ishlarini osonlashtirish va hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishining ro‘yxati sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. YOki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi:
hujjatning nomi;
hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi mas’ul, bajarilishga mas’ul, bajarilish muddati);
hujjatni tekshirish (tekshirishga mas’ul, keltiruvchi shaxs, keltirish tartibi, keltirish muddati);
hujjatni qayta ishlash (bajaruvchi shaxs, qayta ishlash muddati);
arxivga berish (arxivga beruvchi shaxs, berish muddati);
ro‘yxatni tasdiqlash buyrug‘ining tartib raqami va muddati;
korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
Hujjatlarga yozuvlar qilish va ularni rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablar.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:
- shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, to‘liqligi);
- mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi, alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi).
Iqtisodiy mantiqsiz, qonunga xilof jarayonlar aks ettirilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonning bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.
Xo‘jalik muomalalarini daslabki va yig‘ma xujjatlashtirish tartibi.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:
— hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
— tuzilgan muddati;
— xo‘jalik jarayoning mazmuni;
— xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);
— xo‘jalik jarayoni uchun mas’ul shaxslar nomi;
— hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.
Zaruriy hollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks ettirilishi mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili, jarayonning sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirilayotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar rekvizitlari kod ko‘rinishida aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlarni avtomatlashtirish va tashkil etish shakliga bog‘liqligi.
Buxgalteriya hisobida sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb aytiladi. Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati, unda xo‘jalik jarayonlarining o‘z vaqtida hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. SHu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz ma’lumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatlari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Topshiriqlar.
Maqsad-Hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalangan holda buxgalteriya hujjatlarini rekvizitlarini tuldirish uslubiyotini o‘rganish.
Vazifa -Xo‘jalik xarajatlariga Hisob ot oyidagi Summa dan foydalanish bo‘yicha vaziyatni kurib chiqishng va buxgalteriya hujjatlarini to‘ldiring.
Topshiriqlarni bajarish uchun materiallar
Korxona; “Lochin” MCHJ.
Rekvizitlari; INN 2634031220, X/R 40702810307050000020
O‘zsanoat qurulish banki OTAJ da kor/schyoti 3010180300000000740, BIP 040702740,
YUridik shaxs manzili; Toshkent shaxri, Guliston 182. “Lochin “ MCHJ Direktorii-I.N. Saidov. Bosh hisobchi-I.CH. Po‘latova. Kassir-A.I. Li. Ko‘rib chiqilayotgan davr joriy yilning fevral oyi.
“Lochin” MCHJ ta’minotchisi kassadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga 90000 so‘m hisobdorlik summasi olgan. U kerakli ehtiyot qismlar (lentani aylantiruvchi rolik - donasi 16500 so‘mdan 4ta, metiri 2000 so‘mdan 10 metr lenta ) xarid qilgan va kassaga avans hisobotini topshirgan.Q. Aliev ehtiyot qismlarni omborga, hisobdorlik summasining qoldig‘ini “Lochin” MCHJ kassasiga topshirgan.
1. Quydagi xarajatlarni tuldirish topshiriladi:
1. 10- Fevraldan 40-sonli chiqim kassa orderi. 2. 11-Fevraldan 12-sonli avans hisoboti. 3. 11-Fevraldan 32-sonli yuk xati. 4. 12-Fevraldan 63-sonli kassa kirim orderi.
2. Hisobdorlik summalardan xizmat safari xarajatlariga foydalanish bo‘yicha vaziyatni ko‘rib chiqish va kerakli hujjatlarni tuldirish kerak.
“Lochin” MCHJ ta’minotchisi A.Aliev direktorning joriy yilning 14- fevralidagi 7-sonli buyrug‘iga ko‘ra 15-fevraldan 7 kunli muddatda Moskva shaxrida xizmat safarida bo‘lgan. A.Aliev xizmat safari uchun kassadan 1200000 so‘m hisobdorlik summasi olgan va safardan qaytib kelishi bilan avans hisobotini topshirigan. Hisobot bo‘yicha xizmat safari xarajatlar- Mehmonxonada yashash kunigaga- 400 rub.(o‘sha kungi kurs 1rub.- 55 so‘m), Somolyot chiptasi borish-kelish uchun 750000 so‘m.
Quydagi hujjatlarni tuldirish kerak:
1. 14-Fevraldan 6-sonli xizmat safari guvohnomasi.
2. 14-Fevraldan 48-sonli kassa chiqim orderi. 3. 18-Fevraldan 17-sonli avans hisoboti.
4. 18-Fevraldan 69-sonli kassa kirim orderi.
Masala
Maqsad - buxgalteriya hujjatlarini guruhlani o‘rganish.
Vazifa- Hujjatlarning avval to‘ldirilgan blankalaridan foydalangan holda (24-masalaga qarang) hujjatlarni har xil alomatlarini hisobga olish bilan guruhlash.
Vazifalarni bajarish uchun quidagi shakldan foydalanish kerak
Hujjatning nomi
|
Belgilanishi bo‘yicha
|
Rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha
|
Davriyligi bo‘yicha
|
Tuzish joyi bo‘yicha
|
Kassa kirim
orderi
va hokazo
|
tasdiqlovchi
|
Birlamchi
|
Bir martalik
|
Ichki
|
Masala.
Maqsad - hujjatlarni saqlash muddatlarini o‘rganish.
Vazifa - 24-Masala, 25-masalani bajarishda to‘ldirilgan hujjatlardan foydalangan holda, ularni saqlash muddatlarini ko‘rsatish
Vazifalarni bajarish uchun taklif qilingan shakldan foydalang.
Hujjatlarni saqlash muddatlari
Hujjatning nomi
|
Saqlash muddati
|
Kassa kirim orderi
va hokazo
|
|
Shuningdek «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanining amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (, Audit IT,1S: Prof. Buxgalteriya, Buxgalteriya (VS), Balans, Micrasoft Excel, Micrasoft PowerPoint, Web Trust, SYS Trust), slaydlardan, multimediata’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarga ushbu fanni o‘zlashtirishda mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
5-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi
5-amaliy mashg‘ulot
Хўжалик юритувчи субъектларнинг ишлаб чиқариш жараёнида доимо бошқа хўжаликлар билан иқтисодий алоқада бўладилар. Бундай алоқаларини олиб бориш хўжаликларнинг асосий фаолияти ҳисобланади ва ишлаб чиқариш жараёнининг узлуксизлиги, маҳсулотларни ўз вақтида жўнатиш ҳамда сотиш жараёни таъминланади.
Маҳсулот (иш ва хизмат) ларни етказиб берувчи билан унинг ҳақини тўловчилар орасидаги ҳисоблашишлар ўз вақтида ташкил этилиши айланма маблағларнинг айланиш тезлашишига таъсир қилиб, олинадиган ва тўланадиган маблағларнинг пайдо бўлишига барҳам беради.
Хўжалик юритувчи субъектларнинг пул маблағлар ҳисоби бухгалтерия ҳисоби счетлар режасининг бешинчи бўлими, мажбуриятлари бўйича ҳисоб–китоблар эса олтинчи ва еттинчи бўлимида тайинланган счетларда юритилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |