Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aktsiyadorlari sotib oladigan aktsiyalarining nominal kiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aktsiyalarni joylashtirish yuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aktsiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aktsiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aktsiyalar umumiy sonining qiskarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan, jamiyatning o‘zi haqini keyinchalik to‘lash bilan aktsiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi. Amaldagi konunlarga binoan aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga xissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aktsiyalari haqini to‘lash uchun kiritiladigan moddiy boylik mulkiy yoki o‘zga xuquqlarni to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning aktsiyalari pulini to‘lash shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi. Aktsiyador ta’sis yigilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmay aktsiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak Aktsiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aktsiyadorlar jamiyati ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga haqli. Amaldagi konunlarga muvofiq xissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo‘lingan xissalar miqdori ta’sis xujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning xissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi o‘z xissasini jamiyat ruyxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to‘lashi lozim.