6. Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalk xujaligi iste’molida o‘z urnini topganligini anglatadi. Xozirgi paytda korxona ishini baxrlashda mahsulotning sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bulib hisoblanadi.
Xalkaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan tushumni belgidashning ikki usuli mavjud:
• Kassa usuli- bunda sotuvdan olingan tushum, yuklab junatilgan mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga karab e’tirof etib boriladi.
• Yuklab jo‘natish usuli - bunda mahsulot xaridorlarga junatilib, ularga hisob-kitob xujjatlari (schyot-faktura, transport yuk xatlari va boshqa shunga uxshash xujjatlar) topshirilishiga karab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi.
Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning xaqini to‘lashga doir xo‘jalik operatsiyalari bajarilgandan keyingina mahsulot sotish ishlari tugatilgan hisoblanadi. Agar mahsulot jo‘natilib, uning puli xaridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb hisoblanishi mumkin emas. Yuklab jo‘natish usuli qo‘llanilganda mahsulot va tovar jo‘natilib, ishlar va xizmatlar bajarilganidan keyin, ularning hisob-kitob xujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan bo‘lsa, shunday mahsulot (ishlar, xizmat)lar va tovarlar sotilgan hisoblanadi. hisob-kitob xujjatlari
xaridor (buyurtmachi)ga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran bu
xujjatlar xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra xaridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul kilsa, u holda bunday mahsulot xaridor (buyurtmachi)ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan xujjatlar rasmiylashtirilib, hisob-kitob xujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga yoxud uning vakiliga taqdim etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqlangan va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasining 1998 yil 4 yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqka tortish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq hisoblashish usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar junatilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatan pul kelib tushishidan katiy nazar, jo‘natilgan mahsulot ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashishlari va uni buxgalteriya hisobida usha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak yuqorida aytilganlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida 1998 yil 1 yanvardan boshlab korxona va muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar pulning kachon kelib tushishidan katiy nazar, ular xaridor korxonalarga jo‘natilgan vaqtdan boshlab realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad» nomli 2-son BXMSga muvofiq quyidagi shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar tan olinadi (12 - band):
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va
afzalliklarining ancha qismini xar'idorga topshirganida;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, odatda, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish
samaradorligini ham saqlab qolmaganida;
daromad miqdori ishonchli darajada baholanganida;
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olish ehtimoli
mavjud bo‘lganida;
bitim bilan bog‘liq qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar ishonchli darajada
aniqlanadigan bo‘lganida. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan takdirdagina tan olinadi. Daromadga kiritilgan miqdorni undirish xususidagi noaniqlik vujudga kelgan takdirda, kaytarilmagan miqdor yoki olish mumkin bulmagan miqdordagi pul dastlab tan olingan daromad miqdorining o‘zgartirilishi sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘prok e’tibor berishga chakiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yukori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Xaridorlar tomonidan to‘langan pul mol etkazib beruvchi korxonaning hisob-kitob schyotiga kelib tushadi. Mol etkazib beruvchi tashkilotlarning tayyor mahsuloti xaridorlar tomonidan shu mahsulotni tayyorlovchi korxonaning o‘zida bevosita qabul kilib olinsa yoki u mahsulot tranzit usuli bilan (ta’minot sotish tashkilotlarining ishtirokisiz) jo‘natilsa, mahsulotning xaridorga topshirilishi tegishli xujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va u moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Korxonada sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot (ish, xizmat) tovar mahsuloti deb nomlanadi. Tovar mahsuloti (ish, xizmat) tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
buyurtmachi va xaridorlarga sotilgan tayyor mahsulot (ish, xizmat) va korxonaning
o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat;
xalq iste’moli tovarlari, chiqindilardan tayyorlangan ishlab chiqarish-texnika
maksadlariga muljallangan buyumlar, yarim fabrikatlar hamda maxalliy xom-ashyodan xalk
iste’moli uchun tayyorlangan noozik - ovqat (turlari) tovarlari;
qishloq xujaligi mahsulotlari;
sanoat xususiyatidagi ishlar va xizmatlar;
o‘z kapital kurilishi extiyojlariga sotiladigan mahsulot, ish va xizmatlar;
o‘z xizmatidagi ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklar extiyoji uchun berilgan
mahsulot, sanoat xususiyatidagi bajarilgan ish va xizmatlar;
sanoat xususiyatiga ega bulmagan ishlar va xizmatlarning amalga oshirilishi,
qiymati xaridorlar tomonidan tulangan va komplektlash uchun sotib olingan buyumlar;
o‘z kuchi bilan chetga bajarilgan ilmiy-tadkikot ishlari.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning xar birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning xar birining umumiy sotilish summasidagi xissasi, xar kaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Sotilgan mahsulot 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovar-larni sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» Hisobvaraqlarida Hisobga olinadi. 9040-«Sotilgan tovarlarningqaytarilishi» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmayaar» hisobvaraqlarida sotilgan tovarlarning qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning kreditida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i bilan korrespondentlangan holda mahsulot (ish, xizmat) lar sotishdan olinadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu hisobvaraqdarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aktsiz solig‘i va KQS summalari aks ettirilmaydi.
Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi: