Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


-MAVZU: BOSHQARUV HISOBINI



Download 13,39 Mb.
bet154/296
Sana30.01.2022
Hajmi13,39 Mb.
#419232
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   296
Bog'liq
2 5208518350371555533

15-MAVZU: BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH.
REJA:
1. Boshqaruv hisobi kontseptsiyasi
2. Xarajatlarni kelib chiqish joylari va javobgarlik
markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish
1. Boshqaruv hisobi kontseptsiyasi
Mamlakatimizda korxona faoliyatining barcha bosqichlarida buxgalterlik axborotiga nisbatan xolislik o‘z vaqtidalik va aniqlik kabi talablar an’anaviy tarzdaqo‘yilgan.. Biroq boshqaruvning takomillashuvi, bozor iqtisodining tiklanishidagi hozirgi vaqtda faqat shu talablarning qo‘yilishi etarli emasga o‘xshaydi.
Hozirgi sharoitlarda olingan axborot oliy sifatli va samarador, axborotdan ham ichki ham tashqi foydalanuvchilar talabini qondiradigan bo‘lishi kerak Bu shuni anglatadiki, buxgalterlik axboroti ko‘rsatkichlarning eng kam miqdordan iborat bo‘lishi, uning foydalanuvchilarining eng ko‘p talablarini qondirishi lozim. Taqdim etiladigan axborot zarur, muhim va maqsadga muvofiq bo‘lishi, ortiqcha ko‘rsatkichlarni istisno etishi lozim. Bundan tapshchari, buxgalterlik axboroti eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf kilgan holda shakllantirilishi zarur.
Yukorida kayd etilganlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, hisob axboroti buxgalterlik hisobining o‘zi uchungina shakllantirilishi kerak emas, balki uning ichki va tashqi foydalanuvchilariga foydali bo‘lishi, taxminlash, rejalashtirish, me’yorlashtirish, rahlil va nazorat jarayonlarini amalga oshirish, ya’ni samarali boshqaruv Qarorlari qabul qilishning muhim vositasi bo‘lishi uchun zaruriy asos bo‘lishi kerak Shu narsa ravshanki, yukorida sanab utilgan barcha talablarni kondirish uchun axborotni to‘plash, ishlov berish va aks ettirishning turli usullaridan foydalanish zarur. Iqtisodiy jihatdan rnvojlangan mamlakatlarda bu muammo buxgalterlik hisobi butun tizimini ikki kichik tazim: moliyaviy va boshqaruv tizimiga bulish sharofati bilan xal etilgan.
Boshqaruv hisobi esa korxonani boshqarishning ichki vazifalarini xal etishga mo‘ljallangan bulib, uning «nou-xau» hisoblanadi. Moliyaviy hisobdan farqli o‘larok boshqaruv hisobi sub’ektiv (xususiy) va konfedentsial (sirli)dir, Biroq aynan u boshqaruv qarorlari qabul qilishni ta’minlashda asosiy yukni zimmasiga oladi va yuksak daromadagi mutaxassislar bilan shug‘ullanadilar. Korxonalarda ko‘pgina buxgalterlar an’anaviy buxgalterlik hisobi bilan shugullanadilar. Ko‘pgina korxonalarda boshqaruv hisobi olib borilmaydi yoki juda zaif rivojlangan. Ko‘pgina unsurlari bizning an’anaviy buxgal­terlik va operativ hisobimizga, iqtisodiy taxlilimizga kiradi. Ma’lumki, u yoki u xodisa mohiyatini tushunish uchun tarixda tiklanish va rivojlanish, shuningdek sabab-okibat munosabatlarini aniqlashni ko‘rib chiqish zarur. Boshqaruv hisobining tiklanishi va shakllanishini kalkulyatsion va ishlab chiqarish hisoblarini rivojlanishi tarixidan ayri holda to‘g‘ri tushunish mumkin emas.
X1X-XX asrlar mobaynida kalkulyatsion hisob yanada rivojlandi. Ilmiy texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish kontsentratsiyasi bilan baravar mehnatning bundan keyingi taqsimlanishi va ixtisoslashish jarayoni sodir berdi. Yangi tashkiliy va texnik echimlar paydo bo‘ldi: ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashi, buyumlarni konveyer usulida yig‘ish, ishlov berishning avtomatik liniyasi. qisqa vaqt ichida bozorga shu kadar ko‘p tovarlar ishlab chiqarildiki, ular to‘lovga kobiyatli bo‘lgan talabni to‘la kondirar edi.
Ishlab chiqarishni boshqarish xiyla murakkablashdi, mahsulotni sotish, aylanma mablag‘lar etishmovchiligi va zayomli kapitalni jalb etish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. O‘z navbatida soliq idoralari. aktsionerlar, kreditorlar, professorlar va boshqa manfaatdor shaxslar ishbilarmonlarda ularning moliyaviy va ishlab chiqarish-tijora faoliyati to‘g‘risida ko‘prok axborot berishlarini talab qila boshlashchdi. Shu bilan bir vaqtda, kalkulyatsion hisobining kamchiliklari aniqlandi, bu axborotsiz tezkor qarorlar qabul qilish imkoni ko‘pligidan dalolat beradi.
Mana shu sharoitlarda foyda olish bodshcharuv ishi samaradorlygiga, ishlab: chiqarishni aniq tashkil etishga va boyliklar tejalishining tartibli siyosatini utkazish ko‘proq bog‘liq bo‘lib qoldi, o‘z navbatida korxonada buxgalterlik hisobi butun tizimini qayta ko‘rishni talab etdi. Buxgalteriya hisobining raqobatli iqtisodiyot shartlariga muvofiqligi zaruriyati, axborotni yanada ko‘prok tashqi foydalanuvchilarga taqdim etshsh shuningdek tijorat sirining saklanishini ta’minlash korxonaning ilgarigi yagona buxgalteriyasini ikki mustaqil kismga - moliyaviy va kalkulyatsiya hiobiga bo‘linishini shart kilib kuydi.
Kalkulyatsion buxgalteriya o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi, ular ishlab chiqarishni samarali boshqarishga hamkorlik qilishga yordam berardi, ya’ni boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlashga, bo‘linmalar barcha ishlab chiqarish tuzilmalarini ularning xarajatlari va darajalarini nazoratda saqlashga imkon tugdirardi. Asrimiznint 40-yillari oxirida AKSh va G‘arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalterlik hisobi boshqaruv siyosati shakllanishi va ijro etilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalter esa taxminlashga, rejalashtirishga, qarorlar qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatishga e’tibor qila boshladi, ya’ni unda boshqaruv va xo‘jalik qarorlari qabul qilish sohasida qo‘shimcha funktsiyalar paydo buldi.
Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yulida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil hisob rejasi - moliyaviy va boshqaruv hisobini qo‘llash amaliy kadam bulib qoldi. Bunday bo‘linish sezilarli tarzda Evropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga kadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, Germaniya va h.q) buxgalterlik hisobi yagona hisob rejasi bo‘yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy xayotida amerika kapitali xal kiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalterlik hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvchi raem buldi. Chunki boshqaruv hisobida taxminlash va rejalashtirish funktsiyalari tarkibiy funktsiyalardan bulib qoldi, ularning yagona buxgalteriyada kullanishi esa korxonaning tijorat sirlari buzilshiga olib keldi. Shu bois Evropa milliy hisob rejalarining bundan keyingi rivojlanishi ularning moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga muvofiqlashuvi yulidan bordi va ko‘pchilik xollarda moliyaviy hisob doiralari bilan chegaralana boshladi.
Boshqaruv hisobining buxgalterlik hisobi mustaqil turi sifatida rasman tan olinishi 1972 yilda sodir buldi. Bu paytda buxgalterlarning amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitiruvchilarga buxgalter-taxlilchi malakasi berish bilan diplom olish dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil ukuv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy ukuv yurtlarining ukuv rejasiga kiritilgan edi. Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruv hisobining paydo bo‘lishi atamalar almashinishigina bulib kolmagandi, balki yangi xodisa bulib, u ishlab chiqarish hisobi doirasida rivojlanib bordi va katta tashkiliy va uslubiyot kayta kurilishini talab etib chiqdi.
Shunday kilib, yukorida ko‘rsatilgan ta’riflar umumlashtirilgan holda shunday xulosa chiqarish mumkinki, boshqaruv hisobi - bu ichki xo‘jalik hisobining utmish, xozir va kepgusi zamon nuktai nazaridan korxona va uning tuzilmaviy bo‘linmalari xarajatlari va natijalari to‘g‘risidagi axborotni yaxlit xolga keltirilgan taqdimidir.

Download 13,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish