Obektni
xarakterlovchi
ixtirovchilik
elementlari
va
boshqa
belgilar
nomi
Asosiy
obekt
Asosiy
obektga
taalukli
muxum
moslamalar,
qurilmalar nomi.
1
2
3
4
5
6
Kartochkani to‘ldirdi _________(lavozim)_____(imzo)_________
________________________________________________________
(Ismi sharfi)
«___»______________200__y.
________________________________________________________
YUqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» va «Asosiy vositalar» analitik hisoblari
uchun qo‘llanadigan kartochkalarni ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochkalar ma’lumoti analitik hisob
hisobotgi ma’lumotlarda keng yoritilgan.
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» xarajatlari hisobi
uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar
maxsus
kartotekalarda
saqlanadi.
Kartotekaga
kartochkalar
joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga ahamiyat
berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar
xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni,
sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan,
«Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning
memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan
(guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga
misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh
buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘yidagi
yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schetlar uchun betlar
ajratiladi. Sintetik schetlar uchun tegishli analitik schetlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar
ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schetida yuritiladi.
Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda
xar bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks
ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schetlarning aks
ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi qo‘yidagilardan iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saklanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular qo‘yidagilardan iborat:
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit
beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schetlar joylashgan. Buxgalteriya
xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schetga tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar
bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini
mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi:
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining xajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan
foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt foydalanilaverilmaydi.
Tuldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari
bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham
bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda
xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning afzalligi
qo‘yidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashtirilgan hisob
registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmiga ikki turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga
bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga
«Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar mashinalar va boshqa
mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: