Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sag`dullayev Hamidulla Nurilla O`g`liga tafsiyanoma



Download 25,67 Kb.
Sana22.05.2023
Hajmi25,67 Kb.
#942268
Bog'liq
Dekanat tavsiyanomasi Hamid



Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Sag`dullayev Hamidulla Nurilla O`g`liga


TAFSIYANOMA
Iqtidorli talabamiz Sag`dullayev Hamidulla Nurilla o`g`li 1999-yil 14- sentabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Partiyaviyligi yo’q.
2006-2015 yillarda Jizzax tumanidagi 29-umumiy o‘rta talim maktabini a’lo baholar bilan yakunlagan.
2016-2018 yillarda Jizzax sa`noat va servis kasb-xunar kollejining ,,Avtomobillarda yuk va yo`lovchi tashish bo`yicha mutaxasis’’ yo`nalishini imtiyozli qizil diplom bilan tamomlagan.
2020 - yil Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 5610300-Turizm ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Hozirda Turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
Sag`dullayev Hamidulla Nurilla o`g`li o‘zining tengdoshlari orasida odob-ahloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida balki respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan forum va konferinsiyalarda ham muntazam faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Jumladan, 2021 yili mart oyida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ,,Mirzo Ulug`bek vorislari’’ respublika tanlovi Termiz shahar bosqichida debyut faoliyatini boshladi.
2021-yil may oyida Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti tomonidan jamoat ishlarida faol ishtiroki va fanlarni a`lo baholarga o`zlashtirgani uchun talabaning Ota-onasi nomiga ,, Tashakkurnoma’’ bilan taqdirlandi.
2022- oktabr oyida Universitet miqyosida ,,Yoshlar haftaligi“ doirasida talabalar turar joylari o`rtasida o`tkazilgan ,, Zakovat “ intellektual o`yinlarida ,, Erudit “ jamoasi sardori sifatida qatnashib, faxrli I o`rinni egallagan.
Yangi loyihalarga qiziqishi tufayli 2022-yil dekabr oyida Surxondaryo viloyati oliy ta`lim muassasalari o`rtasida ,, SURXON SANOAT QURILISH “ Kompaniyasi bilan hamkorlikda ,, TALABA-YOSHLAR ILMIY ISHLARI VA INNOVATSION G`OYALARI” tanlovida qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan oqilona foydalanish borasida taklif etgan turizm sohasiga doir ,, O`TOV-UY “ loyihasi o`z yo`nalishi bo`yicha ,, eng innovatsion ishlanma “ nominatsiyasida g`olib deb topildi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg`alari, va 500,000 (Besh yuz ming) so`m miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
2022-yilning 8-10-dekabr kunlari respublikamiz oliy ta`lim muassalari miqyosida ,, KONSTITUTSIYAMIZ – BAXTIMIZ QOMUSI “ shiori ostida o`tkazilgan madaniy-ma`rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda ko`rsatgan faolligi uchun Termiz Davlat Universiteti va Iqtisodiyot va Turizm fakulteti rahbariyati tomonidan talabaga ,,TASHAKKURNOMA“ e`lon qilinib, uning ota-onasi nomiga minnatdorchilik xati yo`llangan.
2023-yil 13-yanvar kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan ,, Xalqaro ilmiy forum “ da turizm sohasini yanada rivojlantirish borasida o`zining ,, Tabiat qo`ynida dam olishda milliy qadryatlarga zamonaviy innovatsialarni joriy etish (Surxondaryo viloyati misolida) “ nomli maqola-loyihasi bilan qatnashib expertlar xulosasiga ko`ra ,, O`z yo`nalishi bo`yicha eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha ” va ,, eng yaxshi ilmiy maqola ’’ nominatsiyasida g`olib deb topilgan hamda tashkiliy qo`mita tomonidan ,, ILM-FAN IFTIXORI ” ko`krak nishoni, sertifikat, diplom, qimmatbaho sovg`alari, va 1,500,000 (Bir yarim million ) so`m miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Adabiyotga qiziqishi tufayli 2023-yilning mart oyida Shukur Xolmirzayev tavalludining 83 yilligi munosabati bilan Termiz Davlat Universiteti miqyosida o`tkazilgan ,,Yosh Ijodkorlar” ko`rik tanlovida nasr yo`nalishida o`z ijod namunalari bilan faol ishtirok etib faxrli II o`rinni qo`lga kiritgan.
2023-yil aprel oyi birinchi o`n kunligida AQSHning Washington shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro online ilmiy konferinsiyada ,, Ways of introducing modern innovations into the culture of the peoples of the Great Silk Road “ nomli maqolasi bilan ishtirok etib, qo`mita tomonidan minnatdorchilik xati ( letter of thanks ) va sertifekat bilan taqdirlangan.
2023-yil aprel oyining ikkinchi o`n kunligi doirasida Shukr Xolmirzayev ijodiga bag`ishlangan ,, Shukur Xolmirzayev ijodining badiiy funksiyasi “ nomli maqolasi respublika miqyosidagi ,, Ilm-fan va Innovatsiyalar ” online jurnalida e`lon qilindi.
Aynan adib ijodini o`rganishga doir maqolalardan yana biri ,, Shukur Xolmirzayev ijodida inson qadr-qiymati “ nomi bilan respublikamiz miqyosidagi ,, Ilm-fan va Innovatsiyalar “ konferinsiasida chop etildi.
Intiluvchan talabamiz faqat bu marralar bilan cheklanib qomasdan yanada yuksak marralarni ko`zlayotgan bo`lib, bular qatoriga 2023-yil aprel oyi oxirida Termiz Davlat Uviversiteti tomonidan tashkillashtirilayotgan va Surxondaryo Viloyat hokimligi homiyligida bo`lib o`tadigan ,, Innovatsion g`oyalar yetakchisi “ ko`rik tanlovida ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tdi.
2023-yil may oyida Buxoro viloyati tashkillashtirilayotgan ,, Yangi O`zbekiston ma`rifatparvari “ nomli ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tdi.
2023-yil uchun Respublika miqyosida o`tkaziladigan ,,Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnalining ,, Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi “ yo`nalishida o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.
Sag`dullayev Hamidulla Nurilla o`g`lining tashkilotchiligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, yoshlar o`rtasida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning zamonaviy bilim hamda kasb-hunar egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi bilan birga talabamiz nasr yo‘nalishida ijod qilib kelmoqda.
Sag`dullayev Hamidulla Nurilla o`g`lining yuqoridagi ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi uchun mehnat qiladigan munosib kadr bo‘lib yetishadi deb hisoblayman.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamosi Turizm yo‘nalishi 3-kurs talabasi Sag`dullayev Hamidullaning ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishiga hamda bu borada o‘zining bor bilim va salohiyatini namoyon etishga ishonch bildiraman.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani: A.Absamatov


Download 25,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish