Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt
davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aktsioner kapitaliga nisbati
shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath
mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsienti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning
ichki koeffitsienti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali deb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |