Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti sosial psixologiya



Download 2,32 Mb.
bet23/128
Sana13.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#359305
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
Bog'liq
Sotsial pSix 3-kurs

Tayanch so`z va iboralar:

Ishonch Psixologiya, Affilyasiya shaxs, muomala. shaxslararo kommunikasi shaxslararo ta’sir ko‘rsatish”, “shaxslararo munosabat” tushunchasi,muomala funksiyalari , ruhiy holat, jarayon, hodisa, mexanizm, fakt, falsafa, psixologiya tuzilishi: ijtimoiy, mehnat, pedagogik psixologiya, xulk-atvor


Muomala – bu birgalikdagi faoliyat ehtiyojidan kelib chiqadigan odamlar orasidagi aloqalar rivojlanishining ko‘pqirrali jarayonidir . Hozirgi davrda shaxslararo muomalaning kishilar turmush tarzining zaruriy sharti ekanligini isbotlashning hojati yo‘q. Chunki shaxslararo muomalasiz insonda nafaqat biror – bir psixik funksiya yoki psixik jarayonning, balki shaxsning butun psixik xususiyatlarining to‘laqonli shakllanishi mumkin bo‘lmagan bo‘lardi. Muomala psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Muomala kategoriyasi keng mahnoda tushunilganda, hamkorlik faoliyatining jumla ichki aloqasini mujassamlashtiradi va o‘zaro tahsirlar, o‘zaro munosabatlarni aks ettiradi.



Muloqot, shuningdek, individlarning bir-birlariga kommunikativ tahsirining muayyan usullarini ham o‘z ichiga oladi. Tahsir etish usullarining quyidagi turlari farqlanadi: Ergashtirish – tahsir ko‘rsatishning kishilar ommasini muayyan tarzda, ayniqsa, ommaviy tartibsizliklar, diniy jazavalar, ommaviy psixozlar bilan bog‘liq ravishda birlashtiruvchi maxsus usuli. Eng umumiy tarzda ergashtirishni individning ongsiz, ixtiyorsiz ravishda muayyan ruhiy holatlarga tushishga moyilligi sifatida tahriflash mumkin. U muayyan hissiy holatning birovga o‘tkazilishida namoyon bo‘ladi. Ushbu hissiy holat odamlar ommasida yuzaga kelganligi bois, muloqotga kirishuvchi kishilar hissiy tahsirining o‘zaro ko‘p marta kuchayishi mexanizmi amal qiladi. Inontirish (vnusheniye) – biror narsa isbosiz tasdiqlanadigan yoki inkor etiladigan xabarlarni tanqidiy qarashsiz qabul qilishga qaratilgan kommunikativ tahsir ko‘rsatish usuli. Ushbu psixologik hodisa haqidagi bilimlar rivojlanishining hozirgi darajasida «inontirish mantiqiy isbotlashsiz shakllangan ishonchga tayanadi va individdan individga, jamoadan shaxsga va aksincha beriladi yoki, aniqroq aytganda, avtomatik tarqaladi», degan qoidaga asoslanadi . Inson inontirish tahsiriga ixtiyorsiz tushib, uning tahsirida o‘zi anglamagan holda harakat qila boshlaydi. Ehtiqod mavjud qarashlar, mayllar, nuqtai nazarlar, munosabat va baholarni o‘zgartirish maqsadida u yoki bu qoida, qarash, qilmishning to‘g‘riligini yoki ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muloqot, tushuntirish va isbotlash orqali odamlarning ongi, his tuyg‘ulari va irodasiga tahsir ko‘rsatishdir. Etiqod kommunikativ tahsir ko‘rsatishning eng universal usuli hisoblanadi. Etiqod mexanizmi inson aqliy faoliyatini jadallashtirishga, uning maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini ongli ravishda tanlashga asoslangan. Kimnidir nimagadir ishontirish – ishontirilayotgan shaxs mantiqiy mulohazalar va xulosa chiqarishlar natijasida muayyan nuqtai nazarga qo‘shiladigan va uni himoya qilishga tayyor holatga erishishni bildiradi. Taqlid qilish, deb ongli va ongsiz ravishda namunadan nusxa olishga aytiladi. U guruh, jamoani tashkil etuvchi odamlarning xatti-harakatiga xos bir xil usullarni ishlab chiqish imkonini beradi. Shaxslararo idrok etishning effektlaridan biri – boshqa shaxs haqidagi umumiy tasavvurning uning shaxsiga xos xususiy xislatlarni idrok etish va baholash tahsirida namoyon bo‘ladigan «oreol effekti» dir. Agar umumiy tasavvur yaxshi bo‘lsa, uning ijobiy xislatlari ortiqcha baholanadi, salbiy xislatlari esa sezilmaydi va aksincha. Boshqa effekt – «izchillik effekti» bo‘lib, u mahlumotlar ziddiyatli bo‘lgan taqdirda inson qiyofasini va u to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirishga birinchi navbatda kelib tushgan mahlumotlar eng ko‘p tahsir etishida namoyon bo‘ladi. Agar bu tanish odamga daxldor bo‘lsa, aksincha, eng oxirgilari ko‘p tahsir ko‘rsatadi. «Stereotiplashtirish (qoliplashtirish) effekti» idrok etilayotgan kishini muayyan ijtimoiy guruhga xos xislatlar unga ham xos deb qarashda namoyon bo‘ladi. Har birimizda muayyan ijtimoiy stereotiplar – o‘qituvchi, harbiy kishi, jinoyatchi kabi guruhlarning stereotiplari mavjud. Muayyan guruhning vakiliga duch kelganda, biz oldindan unga ushbu guruh vakillari bo‘lgan kishilarga xos muayyan xislatlarni unga ham xos deb qabul qilamiz. Ko‘pincha bunday stereotipdan xalos bo‘lish juda qiyin bo‘ladi . Ijtimoiy idrok etish effektlari ijtimoiy mayl bilan chambarchas bog‘liq, uning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijtimoiy maylning o‘zi insonning boshqa odamni idrok etishga ruhan tayyor bo‘lishi sifatida tahriflanishi mumkin. Notanish kishi haqida taassurotning shakllanishida maylning ahamiyati ayniqsa katta A.A. Bodalevning ushbu holda ijtimoiy maylning ahamiyatini ochib bergan eksprimentlari yaxshi malum. Eksprimentlardan birida ikki guruh odamlarga aynan bir kishining surati ko‘rsatilgan. Ammo suratni ko‘rsatishdan avval birinchi guruhga suratdagi kishining ashaddiy jinoyatchi ekanligi, ikkinchi guruhga esa bu shaxsning katta olim ekanligi aytilgan. Shundan so‘ng har bir guruhga fotosuratdagi kishini og‘zaki portretini tasvirlab berish so‘ralgan. Birinchi guruh uni quyidagicha 44 tahriflagan: «chuqur ko‘zlari yashirin yovuzligidan darak beradi, bo‘rtib chiqqan engagi – jinoyatni «oxiriga yetkazishga» qaror qilganidan darak beradi» va hakazo. Tegishlicha, ikkinchi guruhda aynan o‘sha chuqur joylashgan ko‘zlar tafakkurning teranligidan, bo‘rtib chiqqan engak esa qiyinchiliklarni yengishdagi iroda kuchidan darak beradi deb, baholangan Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolinianiqroq belgilab oladi. Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro‘y berishi ko‘p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasawurlar shakllanayotganligiga bog‘liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o‘rganish zaruriyatini vujudga keltiradi. Kishilaming birbirini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo‘lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi. Dastlab, bu atama J. Bruner tomonidan 1947-yilda ishlatilgan bo‘lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama ijtimoiy obektlami, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, kata ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin: o‘z guruhiga mansub individni, boshqa guruhga mansub individni, o‘zining guruhini, o‘zga guruhni. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin: o‘z individini, o‘zga guruh individini, o‘zini, o‘zga guruhni. Muloqot jarayonida insonlar bir-birini idrok etar ekan, bunda attraksiya (o‘ziga jalb etish) jarayoni yuz berishi, ya’ni idrok etilayotgan kishiga nisbatan «yoqtirish hissi» paydo bo‘lishi mumkin. Attraksiya subektning persepsiya obektiga nisbatan bo‘lgan emosional munosabati sifatida shakllanadi.

Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxs boshqa odamlarning tashqi qiyofasi, ulaming fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ularga qo‘llanadigan kommunikativ vositalar orqali o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ulaming qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi. X Taniqli psixolog S.L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ulaming xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ulaming tashqi ma’lumotlari mohiyatini go‘yo «o‘qib», ya’ni «mag‘zini chaqib» chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi.» Muloqotning perseptiv jihati — kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi.




Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish