Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti sosial psixologiya


-MAVZU. SHAXS MUOMALA SUB’YEKTI SIFATIDA VA UNING KOMPETENTLIGI



Download 2,32 Mb.
bet45/128
Sana13.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#359305
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
Sotsial pSix 3-kurs

16-MAVZU. SHAXS MUOMALA SUB’YEKTI SIFATIDA VA UNING KOMPETENTLIGI

16.1.Kommunikativ kompetentlik tushunchasi.

16.2.Kommunikativ qobiliyat.

16.3.Muomalada kompetentlik Kompetentlik va sosial intellekt.

16.4 Kommunikativ signallarni idrok qilish va uzatish.

Tayanch so`z va iboralar:

Kommunikativ kompetentlik,.

Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqosiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.

O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sosiologiyadan ensiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir” Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.

Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (resepiyent) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va resepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.



“Muloqot” tushunchasini “kommunikasiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikasiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikasiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov , L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.

  1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.

  2. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi.

  3. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinasiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‘rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi.

«Kommunikasiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikasiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikasiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikasiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sosiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikasiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz:



  1. «Kommunikasiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».

  2. «Kommunikasiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emosional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».

  3. «Kommunikasiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».

  4. «Kommunikasiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».

Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikasiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi syement». Ijtimoiy kommunikasiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sosiolog Marshal Maklyuyen fikricha, kommunikasiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:

— og‘zaki kommunikasiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);

— yozma kommunikasiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);

— nashr-kommunikasiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);

— multimedia kommunikasiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).

M.Maklyuyenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sosiomadaniy kommunikasiya – bu umume’tirof qilingan tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama jarayon.



Kommunikasiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini “kommunikasiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sosiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuyell, Merton, Maklyuyen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikasiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikasiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. U falsafa, sosiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning natijalarini o‘zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. Kommunikasiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikasiya nazariyasi, shaxslararo kommunikasiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikasiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar:

  • kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur;

  • kommunikasiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;

  • kommunikasiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.

Har qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikasiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikasiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikasiya modelida kommunikasiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuyen) kommunikasiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikasiya vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunikasiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emosional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikasiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikasiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‘ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikasiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan.

Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar sifatida ular o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikasiya» va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikasiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikasiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir». Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikasiya subekt-obekt aloqasi bo‘lib, unda subekt ma’lum axborotni uzatadi, obekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikasiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir[6]. Muloqot esa, aksincha, subekt-subekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikasiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega.

Yirik psixolog olim G.M.Andreyevaning fikricha, muloqotni kommunikasiyaga qaraganda kengroq kategoriya sifatida talqin etib, muloqot tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif qiladi[8]. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan biri, bu shakllar kommunikasiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi chiqadi[9]. Yana bir yondashuv bo‘yicha muloqot jamiyatdagi barcha axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonasiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi.




Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish