Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarining boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan ham tuziladi.
Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi.
Jamoa kelishuvining amal qilish muddatini taraflar belgilaydi, u muddat uch yildan oshib ketmasligi lozim.
Har bir fuqaroning mehnat qilish huquqini amalga oshirish davlat tomonidan kafolatlanadi. Davlat ish bilan ta’minlashni, ishdan nohaq bo‘shatilishning oldini olishni, ishga joylashtirishni, mehnatga haq to‘lashni ta’minlashni, yangi kasbga (mutaxassisslikga) bepul o‘qitishni va boshqa mehnat qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlaydi. 16 yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan shaxslar agarda hech qaerda ishlamasalar, ishlash uchun ish joy qidirib yurgan bo‘lsalar, davlat ularni ishsiz deb e’tirof etadi. Ishsiz deb e’tirof etilganlar mahalliy mehnat organlarida ro‘yhatga olingan paytdan boshlab o‘n kun ichida o‘zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgach ish qidirayotganlar deb e’tirof etilmaydi va shu kundan keyin ishni yana takroran ishsiz sifatida ro‘yhatga olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” 1998 yil 1 may qonuniga binoan ish bilan ta’minlanish fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi keltiradigan faoliyatidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mehnat qonunchiligiga binoan mehnat qilish huquqi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Ish bilan band bo‘lmagan jismoniy shaxslar javobgarlikka torilmaydi.
YOllanib ishlayotgan, shu jumladan ishni to‘liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar; betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishning to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar; o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari; Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo‘shinlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil hizmatni o‘tayotgan fuqarolar; ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar; qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar, qonunga binoan ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadilar..
O‘n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.
SHaxslarni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Mehnat organlarida ro‘yhatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar va ro‘yhatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar ishsiz deb e’tirof etilmaydilar.
Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.
Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to‘lanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o‘rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.
Qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o‘n foizga oshiriladi. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lanadi.
Ishsizlik shaxs nafaqa davrida ish qidirishi va har ikki haftada bir marta mahalliy mehnat organida yo‘qlamadan o‘tishi kerak.
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002 yil 12 avgust, 31- sonli” qaror qabul qildi.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 yanvardagi “Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 30 sonli va 2002 yil 29 martdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 106-sonli qarorlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy hizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tartibini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |