Termiz Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistranti Mamatqulov Josurning “Yarim teskari matritsa” ilmiy mavzusi bo’yicha i-kursda qilgan ishlar hisobot I
Bog'liq Mamatqulov Jasuir magistrlik hisoboti 1111
Termiz Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistranti Mamatqulov Josurning “Yarim teskari matritsa” ilmiy mavzusi bo’yicha I-kursda qilgan ishlar H I S O B O T I Biz 2022-yil noyabr oyidan dars mashg’ulotlarini boshladik. Mashg’ulotlar davomida magistrlik dissertatsiyasi mavzulari ajratib berildi va mavzularimiz bo’yicha rahbarlarga biriktirildik. Menga berilgan “Yarim teskari matritsa” ilmiy dissertatsiya mavzusini yozishim uchun fizika-matematika fanlari nomzodi G’ulomov Otabek ustozga biriktirildim. Ilmiy rahbarim G’ulomov Otabek ustoz bilan menga berilgan mavzu bo’yicha quyidagi adabiyotlarni to’pladik.
“Yarim teskari matritsa” ilmiy dissertatsiya mavzusini yozish uchun kerak bo’ladigan adabiyotlar:
С.Л.Соболев Введение в теорию кубатурных формул : «Наука», москва 1974.
А. Ф. Турбин, Формулы для вычисления полуобратной и псевдообратной матрицы, Ж. вычисл. матем. и матем. физ., 1974, том 14, номер 3, 772-776
R. Nazarov, Iskandarov R. I. ,, Algebra va sonlar nazariyasi” 2-qism.
I. M. Vinogradov ,,Sonlar nazariyasi”
va bir qancha boshqa adabiyotlar bo’ldi.
Mavzuni o’rganishni boshlab adabiyotlarni yiqqandan so’ng magistrlik dissertatsiyasi mundarijasini tuzdik. Magistrlik dissertatsiyamda mundarija 3 bob 8 paragrifdan iborat bo’ldi.
I bobni matritsalarga bag’ishladik. Matritsalarni noldan o’rganib boshladim. Bu bobda matritsalar tushunchalarini va xossalarini o’rgandim.
II bobni teskari matritsalar va ularning xossalariga hamda ularga doir misollarni o’rganishga bag’ishladik.
III bobni esa Yarim teskari matritsa ga bag’ishladik.
Dastlab yuqorida keltirilgan adabiyotlardan foydalanib, “ Yarim teskari matritsa ” ilmiy dissertatsiya mavzusi uchun quyidagi rejani tuzib oldik:
Mavzu: Yarim teskari matritsa
Reja:
Matritsalar haqida tushuncha
Hozirgi kunga qadar yuqorida keltirilgan adabiyotlarning boshlang’ich boblarini o’rgandim va shular yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4709-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi” ning ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 14-mayda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Umumta’lim fanlarini sinxron va asinxron bog’lab o’quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishda integrative yondashuv” mavzusida o’tkazilgan anjumanda o’zimning “Yarim teskari matritsa ” mavzudagi maqolam bilan qatnashdim. Ushbu konferensiya to’plamida maqolam chop etildi.
Hozirda esa birinchi bob yuzasidan qilgan barcha qo’lyozmalarimning elektron variantini tayyorlamoqdaman. Maqsadim birinchi kursni yakunlaganga qadar birinchi bobni yakunlab, ikkinchi bobni o’rganishni boshlash va ilmiy ishlarimni dasvom ettirib yana yangi tezis va maqola chiqarish.
Algebra va funksional analiz
mutaxassisligi magistranti: J. Mamatqulov