Kurs ishining predmeti:
giyohvand moddalarni iste’mol qilishga moyil
o'smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatни ўрганиш
жараёни.
Kurs ishining ob’ekti:
giyohvand moddalarni iste’mol qilishga moyil
o'smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatни o'rganish
mazmuni.
Kurs ishining amaliy va nazariy ahamiyati:
Mavzuning amaliy
ahamiyati
,
ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab
etilayotgan hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya
sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini
yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – xunarga yo‘naltirishda ijtimoiy-
pedagoglarning ahamiyati yuqori darada ekanligidan iborat. Nazariy
ahamiyati esa, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash,
ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning muxim
tizimlarini yaratish kabi chet el mutaxassislari tajribalarini o‘rganishdan
iboratdir.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:
kurs ishi , 2-bob, 4 paragraf, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ва ilovalardan iborat.
7
I BOB. O'SMIRLARNING GIYOHVAND MODDAGA
MOYILLIGI IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1. Giyohvandlik haqida tushuncha va ijtimoiy pedagogik tavsiya.
Giyohvandlik
narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga oʻrganib
qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori
moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib
chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy
holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib
boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand
moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning
miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi.
Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand
moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang
Eyforiya
), xotirjamlik
hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi.
Giyohvandlik 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va
bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni
uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan
qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib
doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining
narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga
moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli
ravishda
kayf
qilish
maqsadida
giyohvand
moddalarga
oʻrganishdir.Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan,
oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin
kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar,
giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va
havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand
boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida
boʻlishi ham Giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka
8
mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan
yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni kayfi
chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan
oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan
boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi
qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq.
Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga
oʻrganib qolish yoʻli bilan Giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib
keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand
moddaga
nisbatan
organizm
reaktivligining
oʻzgarishi
va
ruhiy
bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida
jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining
zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi
miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim
hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). Giyohvandlikka mubtalo
boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda
isteʼmol
kila
boshlaydi.
Keyinchalik
esa
giyohvand
moddalarsiz
turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil
his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat
giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki
himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda
giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki,
goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi
avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha
moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda
birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning
holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his
qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand
boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat
buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy
9
oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz
qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar
giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli
ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat —
xumorlik (qarang
Abstinensiya
) sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik
opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi.
Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju
qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki
undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish polinarkomaniya
deyiladi.Giyohvandlikningning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u
juda ogʻir kechadi.Yer yuzining turli mintaqalarida Giyohvandlikning ayrim
turlari kuzatiladi. Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng
va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. Giyohvandlik avj olishining oldini olish
uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan
Giyohvandlikka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab
chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda
narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar
tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida Giyohvandlikka karshi keskin
kurash olib boradi. Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan
shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha
ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand
vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy
javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki
kunlaridan boshlab, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi va uning
isteʼmoliga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatimizning tinchligi va
xavfsizligiga tahdid solayotgan bir qator ichki va tashqi omillarga:
kashandalik,
odam
savdosi,
diniy
ekstremizm,
giyohvandlik
va
ichkilikbozliklar kiradi.Giyohvandlik – narkotik moddalar jumlasiga kiruvchi
dorilar yokiboshqa moddalarni isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladigan
kasallikdir.Giyohvandlik – inson sogʻligʻiga xavf soluvchi illat boʻlib, kishi
10
organizmini taʼsirchan moddalarga oʻrganib qolishini anglatadi.Giyohvandlik
– insonning giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga mukkasidan ketish
bilan bogʻliq hastalikdir.Giyohvand – forscha - tojikcha soʻzdan olingan
boʻlib – nasha, qoradori, koʻknori va shu kabi narkotiklarni isteʼmol qilishga
odatlangan odam; bangi, nashavand, koʻknori - deyiladi.Giyohvandlik –
nimadan,
qayerdan
boshlanadi?
Giyohvandlik
-
sigaret
chekish,
ularnihidlashdan boshlanadi. Agar ota-onalar farzandiga sigaret, nos sotib olib
kelib berishnibuyursalar, ular ota-onalaridan, yashirib sigaret, nos chekishni,
hidlashni oʻrganadilar. Giyohvandlik ota-onalarning eʼtiborsizligi, loqaydligi
uzoqni oʻylamay ish qilishioqibatida kelib chiqadi. Birgina misol: xavfli
oʻsmani-rakni keltirib chiqaruvchi moddaning 45 foizi sigareta orqali
organizmga oʻtar ekan.Oʻzimiz bilib bilmay farzandlarimizni giyohvand
boʻlib qolishiga sababchi boʻlib qolmayapmizmi? Davlatimiz sogʻlom
turmush tarzini hosil qilish uchun yoshlarni ehtiyot qilishga eʼtibor berib turli
xil jaholatparastliklardan saqlash boʻyicha katta ishlarni amalga
oshirmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987 yil 7 dekabrdagi
qaroriga asosan BMT bosh Assambeliyasi tomonidan har yili “26 iyun -
Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan.Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov “Biz narkotik moddalar tarqatilishining
halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda, bu illatga qarshi
kurashda saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Oʻzbekiston barcha
manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga
tayyor”, - degan edilar.1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatchilikni oldini olish
Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Toshkent shahrida
ochilgan u ayni kunlarda ham faoliyat koʻrsatmoqda.Oʻzbekiston
Respublikasi 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi
“Narkotik moddalar toʻgʻrisidagi” Konvensiyasiga, 1971 yildagi “Psixotrop
vositalar toʻgʻrisidagi” va 1988 yildagi “Narkotik moddalar va psixotrop
vositalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi”
11
Konvensiyalariga aʼzo boʻlib kirgan.1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish
boʻyicha Milliy axborot – tahlil Markazi tashkil etildi va u hozir faoliyat
koʻrsatib kelmoqda.1999 yilda esa “Narkotik vositalar va psixotrop
moddalar” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Giyohvandlikka qarshikurashish boʻyicha bir necha meʼyoriy hujjatlarqabul
qilinganiga qaramasdanbu illat nima uchun borgan sari koʻpayib
bormoqda?Giyohvandlik qachon, qayerdan, kelib chiqqan? Giyohvand
modda-opiy mutaxassislarni aytishlaricha, Hindistondan Sharqiy, Janubiy
Osiyoga kirib kelgan. Keyinchalik 50-60 yillarda Yevropada, Osiyo
mamlakatlariga tarqalgan. 80-yillarga kelib yer sayyorasida giyohvandlik
ancha kuchaygan.Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz, Janubiy Ukraina,
Belorusiya va Uzoq Sharqda yovvoyi koʻknor va kanop oʻsimliklari koʻp
oʻsgan. Shu sababli bu joylarda gashish va sunʼiyopiy (geroin) pereparatlarini
isteʼmol qilish rivojlangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida
giyohvand moddalarni isteʼmol qilish koʻpaygan. Afgʻoniston narkotik
moddalarni yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinda turadi.Narkotik
moddani birinchi marta totib koʻrgandayoq odam oʻz hayotiga nuqta qoʻyishi
mumkin, - deyishadi mutaxassislar. Barcha narsani birinchisi qiyin. Birinchi
marta yolgʻon gapirayotgan odam sal qiynaladi, birinchi marta spirtli ichimlik
ichayotgan kishi ham ogʻrinadi, birinchi marta narkotik qabul qilgan yigit
yoki qiz uchun ham ogʻir boʻladi. Ammo birinchisiga qoʻl urdimi
tamom.Demak,
uni
narkomaniyadan
qutqarib
qolish
qiyin
kechadi.Giyohvandlik – inson salomatligi uchun oʻta xavfli hisoblanadi.
Mutaxassislarni fikricha baʼzi hollardagiyohvandlikni belgisi koʻzga
tashlanmasligi xam mumkin.Narkotik moddaga oʻrgangan organizmda
fizologik oʻzgarishlar yuz beradi. Narkotik moddaga tashnalik vujudga keladi,
usiz tura olmaydigan holat yuz beradi, ogʻir kasalliklar paydo boʻladi. Yurak
muskullari jarohatlanib surunkali yurak yetishmovchiligi boshlanadi.
Mutaxassis shifokorlarni aytishlaricha gastrit, oshqozon yarasi, jigar serrozi,
12
pnevmaniya va plevrit kasalliklari paydo boʻladi.Giyohvandlik davolab
boʻlmaydigan kasallik. Giyohvandlikka berilgan fuqaroni oxir-oqibat faqat
oʻlim kutadi. Shuning uchungiyohvandlikni davosi yoʻq vaboga
tenglashtiriladi.Koʻchada, toʻy-marakada giyohvandni turli belgilaridan ham
bilsa boʻladi. Giyohvand, avvalo, rangi uniqqan, sal sargʻaygan, rangi
chiqmaydigan, havo issiq boʻlishiga qaramay uzun yengli kiyim kiyishi, qoʻl
panjasining
shishi,
tishlarining
qorayishi
va sargʻayishi, sinishi,
muomalasining gʻalatiligi, spirtni hidi kelmay turib sarxush holatda, oʻzicha
kulib, xursand boʻlibyurishi, serharakat boʻlmasligi, tez taʼsirga tushishi,
tajanglik, uyidan narsalar va pullarni yoʻqolishi kabilardan ham giyohvandni
bilib olsa boʻladi.Hurmatli ota-onalar jigargoʻshasi, jondan aziz farzandlariga
doimo eʼtiborda boʻlishlarizarur. Basharti yuqorida tilga olingan holatlar
roʻybersa zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilishlarizarur.
Mutaxassislar bugungi kunda giyohvandlikni quyidagi asoratlari
mavjudligini taʼkidlashmoqda:
1) Iqtisodiy jihatdan: koʻp mablagʻ sarflashi, daromadlaridan ayrilishi,
uyidagi qimmatbaho buyumlarni sotilishi, ishsiz qolishi, koʻpchilikdan
qarzdor boʻlishi, oilasidan, farzandlaridan ajralish holatlari yuzaga kelishi
mumkin;
2) Huquqiy jihatdan asoratlar: oʻzi bilib bilmay, idrok qilmay jinoyat
qilishi, odam oʻldirishi, bosqinchilik qilishi, turli diniy ekstremizmga
terrorizm oqimlariga qoʻshilishi kabi turli boshqa jinoyatlarni qilishga majbur
boʻlishi mumkin;
3) Tibbiy asoratlar: giyohvand moddalar butun organizmga va markaziy
nerv sistemasiga, ruhiyatiga taʼsir koʻrsatib shaxsda turli oʻzgarishlar hosil
boʻlishiga sabab boʻladi.
Bulardan tashqari giyohvand kishilar milliy urf-odat, qadriyatlardan, or-
nomus, hayo, uyalish, tortinish, farosat, rahm-shafqat, mehr-oqibat kabi
tushunchalardan begonalashib ketadilar va parishonxotir, nafosatsiz, idroksiz,
didsiz, bir jonivorga oʻxshab qoladi. Maʼlumotlarga koʻra, OITS kasaliga
13
chalinganlarni 80 foizini giyohvandlar tashkil etar ekan.Giyohvand oʻz
ehtiyojini qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. Narkotik moddalar
isteʼmol qilganlar oilasida tugʻma nogiron, mayib-majruh , aqli zaif, nuqsoni
bor bolalar dunyoga kelmoqda. Demak giyohvandlik jamiyatga nihoyatda
katta maʼnaviy va moddiy zarar yetkazadi. Giyohvandlik XXI asr vabosi
hisoblanadi. Giyohvandlik illat. Illatni davolab boʻlmaydi uni faqat oldini
olish zarur.Giyohvandlikka qarshi kurash bu faqat huquqni muhofaza qilish
organlarining ishi emas balki, barchamizning eng dolzarb vazifalarimizdan
biridir.Giyohvandlikni mudhish oqibatlarini koʻrsatuvchi “Qora ilon”,
“Shayton toʻri” kabi filmlarni televizorni barcha kanalarida qayta-qayta
namoyish qilish zarur. Bugungi kunda ayniqsa, bu asarlarni maktab, kollej,
litsey oʻquvchilariga namoyish etish zarur deb hisoblayman. Giyohvandlar
davolanayotgan kasalxonalardan hujjatli filmlar tayyorlanib namoyish etilsa
ahamiyati katta boʻlardi. Bulardan tashqari talaba –yoshlar oʻrtasida “Xalqaro
salomatlikkuni”, “Tamaki chekishga qarshi kurash kuni”, “OITS ga qarshi
kurash kuni”,“Jinoyatga jazo muqarrar”, “Odam savdosi girdobiga tushib
qrlmang”, “Tinchlik- oliy neʼmat”, “Biz oʻz xuquqlarimizni bilamiz”,
“Konstitutsiya bilimdonlari” kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar,
tadbirlar oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻlardi.Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov “Farzandlarimiz, yoshlarimiz, bizning nafaqat ishonchimiz va
kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi
kuchidir”, - degan edilar.Inson - oliy mavjudot. Inson-oliy qadriyat. Hayot
shirin, uni mazmunli, mohiyatli, maqsadli oʻtkazib, ezgu ishlar qilib tevarak-
atrofimizdagi insonlar hurmatiga sazovor boʻlish har bir inson uchun katta
baxt. Baxtimizni qoʻldan bermaylik! Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik.
Giyohvandlik — XXI asr vabosi bo‘lib, bugun jahon miqyosidagi
muammodir. U jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib
keluvchi og‘udir.Giyohvandlik deganda — inson organizmining narkotik va
psixotrop moddalarni muttasil ravishda oshib boruvchi miqdorini qabo‘l
qilishga moyillikning shakllanishi bilan borliq og‘ir kasalliklar guruhining
14
rivojlanishiga tushuniladi. Giyohvandlik — inson shaxsining va ruhiy
holatining chuqur o‘zgarishiga, shuningdek tana ichki a’zolari faoliyatiniig
jiddiy, zararlanishiga olib keladi. Giyohvandlik narkotik xususiyatiga ega
bo‘lgan va qonun bilan ta’qiqlangan kimyoviy narkotik moddalarni yoki dori-
darmonlarni iste’mol qilish natijasida xam shakllanadi.Odamlarni giyohvand
moddalarni iste’mol qilishga undaydigan asosiy vaj, ularning bunday narkotik
moddalar tomonidan chaqiriladigan sub’ektiv yoqimli kechinmalarini takroriy
ravishda his kilishga bo‘lgan intilishidir.Har bir giyohvand o‘z xohish-irodasi
bilan yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘zining kayfiyatini kutarish,
emotsional holatini yaxshilash uchun haddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi.
Giyohvand moddalarni dastlabki paytda iste’mol qilishdan maksad,
odamlarning o‘zlarini bezovta qilayotgan hislardan — charchoqlik va
hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik, dikqinafaslik kabi
hissiyotlar iskanjasidan, vaqtinchalik bo‘lsa ham qutulishdir. Bugungi kunda
dunyo aholisiga atom bombasidan ham kuchli xavf solayotgan ofatdir.
CHunki u inson salomatligiga xalokatli ta’sir qilib, aziz umrini kemirib,
o‘limga mahkum etayotgan illatdir. Dunyo bo‘yicha kishilar, ayniqsa 15-40
yoshgacha bo‘lganlar ya’ni kuch-quvvatga to‘lgan yoshlar bu og‘u iskanjasiga
ilinib,
hayotdan
adashib,
yaratuvchanlik,
bunyodkorlik
ishlariga
qatnashmasdan og‘ir hastallika chalinib o‘ziga, oilasi va davlatga ham
moddiy, ham ma’naviy zarar keltirmoqdalar.Giyoh o‘zi nima? Bu shunday
moddaki, bir marta qabul qilganda ruhiy holatni ya’ni kayfiyatni ko‘tarib
yuboradi, bosh miyani ishdan chiqaradi. Agar kishi tez-tez istemol qilsa unga
o‘rganib qoladi va uni iste’mol qilmasa yashay olmaydi, ya’ni shu giyohsiz
(nasha — marixuana, gashish, ko‘knori-geroin, qora dori, kokain kabi)
turolmaydi.Giyohvandlik — deb giyohvand moddalarni uzluksiz istemol qilib
kasallikka chalingan bemorlarga aytiladi. Ular o‘zlarining ma’naviy
qiyofasini yo‘qotadi, aql-idrok, fikrlash, eslash qobiliyati, ruhiyat butunlay
izdan chiqadi. Ularda hayo, hurmat-izzat, mehr-oqibat kabilar yo‘qoladi,
jamiyatdan ajralib qoladilar. Kasallik rivojlanishi bilan ular oila, ishxona,
15
mahalla, ko‘cha-kuyda, o‘quv joylari kabilarda tartib-intizom, qonun-
qoidalarni bo‘zishni boshlab, katta ziyon keltiradilar. Ularning fikr-zikri faqat
giyoh moddalar topish va istemol qilishdan iborat bo‘lib qoladi. Ota-ona,
bola-chaqa,
oila,
mahalla,
jamoa
kabilar
ularni
umuman
qiziqtirmaydi.Bugungi kunda O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi ko‘rash,
uning oldini olish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, bu borada
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan olib borilayotgai tadbirlar
tashabbuslar, ilgari surilayotgan ilg‘or g‘oyalar diqqatga sazovordir. 1998
yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 48-
sessiyasidagi
nutqida
giyohvandlik
biznesi
(Narkobiznes)ga
qarshi
birlashishga da’vat qilib, Markaziy Osiyoda BMTning mintaqaviy vakoliyati
(komissiyasini) tashkil qilishni taklif qildi. 1999 yilda Prezidentning
tashabbusi bilan O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonun (1999
yil 19 avgust, 813-1-sonli)ning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini
olishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |