Termiz davlat universiteti fakulteti



Download 377,11 Kb.
bet2/12
Sana29.05.2022
Hajmi377,11 Kb.
#616268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BUYUK IPAK YO`LI VA TURIZM - для слияния

Kafedra mudiri: __________________________

BUYUK IPAK YO`LI VA TURIZM
Reja:


I.Kirish


II.Asosiy qism

2.1. Turizm tushunchasining mohiyati


2.2. Turizmning rivojlanish tarixi


2.3. Turizm turlari


2.4. Turizmning O’zbekistonda rivojlanishi amaliy asoslari


2.5. Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati.




III.Xulosa


IV.Foydalanilgan adabiyotlar

MUNDARIJA


I.Kirish…………………………………………………………………………… 3


II.Asosiy qism
2.1. Turizm tushunchasining mohiyati……………………………………… 7


2.2. Turizmning rivojlanish tarixi…………………………………………… 15


2.3. Turizm turlari……………………………………………………………. 23


2.4. Turizmning O’zbekistonda rivojlanishi amaliy asoslari………………… 20


2.5. Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati………32


III.Xulosa……………………………………………………………………… 39


IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………. 40


I.Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Jahon xalqlarining tilida «turizm» tushunchasi lotin tilidan «tourmus» aylana bo’ylab harakat mazmunini beradi. Ba’zan frantsuzcha «tour» ya’ni ketgan joyga qaytib kelish maqsadida qaytib qilingan sayohat ham deb tushuniladi. Turizm haqidagi tushunchalarni turkumlab hozirgi davrda quyidagicha izohlash mumkin. Turizm kishilarning doimiy yashash joylaridan sog’lomlashtirish, o’rganish yoki kasblari bo’yicha haq to’lanmaydigan faoliyat sifatida vaqtincha mamlakatdan chiqishlaridir.
XIV asrdagi lug’atda qiziqarliroq bo’lgan ma’lumot bor «zavq olish uchun qiladigan ishi bo’lmagani uchun, hattoki keyinchalik maqtanib yurish uchun sayohat qiluvchi g’aroyib odamlar»- degan ta’rif mavjud.
Vebster tuzgan lug’atda «turist» so’ziga «zavq olish yoki qiziquvchanlik yuzasidan sayohat qiluvchi kishi» deb ta’rif berilgan. Sayohat va turizm biznesning bir-biriga aloqador sohalar majmui bo’lib, ular sayohatchilarga u yoki bu tarzda xizmat qiladi. Bu ishda sayohatchilar agentligining muhimligi barchaga birdek ayon. Bevosita bu ishga aviakompaniyalar ham jalb qilinadi. SHuningdek, mashina ijarasi, temir yo’llar, avtobus bosib o’tadigan yo’llari, mehmonxona va restoranlar masalasi ham muhimdir. Ushbu guruhning jami turizm tuzilmasini tashkil qiladi. Boshqa omillar reklama, xukumat siyosati, umumiy iqtisodiy sharoit, valyuta kursi, davlatlarning o’zaro munosabatlari, dam olish joyining xavfsizligi va obro’ e’tibori ham albatta turistik biznes muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Turizm tarixi iqtisodiyot, texnologiya va jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq. Sayohat texnologiyasining rivoji sayohatning tezligi qulayligi va bahosini o’zgartiribgina qolmay, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham ta’sir o’tkazadi. Sayohat XX asrda avtomobil va reaktiv dvigatelli samolyotlar xisobiga zamonaviy tus oldi. Lekin qadim zamonlarda ham sayohat savdo-sotiq, jangu-jadal va diniy maqsadlarda uyushtirib turilgan.
Vatanimiz va xorij ilmiy adabiyotlarida turizmning ta’riflari miqdori juda ko’p. Bunda ko’plab mualliflar turizmni tanishuv, madaniy va ta’lim jihatidan tariflashadi.
Xorijiy adabiyotlarda turizmning umumiy muammolarini to’g’ri tushunish uchun faqat tizimli yondoshish orqali maqsadga erishish mumkin deya ta’kidlashadi. Frantsuz tadqiqotchisi Kaspar turizmning texnologik, siyosiy, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy o’zaro aloqalarini aniqlab olishni taklif etadi.
Turizm masalalari bo’yicha xalqaro maslahatchi K.Rixter sohaga umumiy ta’rif berib, doimiy yashash va ish joyidan boshqa joyda bo’lish, insonlarning sayohat qilishi bilan bog’liq o’zaro aloqalar va holatlar kompleksi sifatida tavsiflaydi1.
Bunda K.Rixter turizm tadqiqotlarining alohida yo’nalishlarini ajratib ko’rsatadi va u iqtisodiy fan uchun qiziqarli bo’lib, sayyohlar uchun ishlab chiqariladigan o’ziga xos tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt faoliyatini o’rgangan. Bu esa sayyohlik talabi tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq.
1975 yilda tashkil etilgan xukumatlararo Butunjahon Turistik Tashkiloti «tashrif buyuruvchi» tushunchasini ishlatganda ikki guruh oqimni ajratishni tavsiya etgan. Bu oqimlar:

  • sayyoh, ya’ni 24 soat muddatdan kam bo’lmagan muddatda dam olish, davolanish, o’quv yoki diniy faoliyat, ishbilarmonlik uchrashuvi yoki sport musobaqalarida ishtirok etish hamda qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida yashash joyini tark etgan kishi;

  • ekskursant, tashrif buyurgan mamlakatida 24 soatdan kam bo’lmagan muddatda bo’lib turgan vaqtinchalik tashrif buyuruvchi. Bu dunyo bo’ylab sayohatga chiqqan kema yo’lovchisi portga kelgandan so’ng ekskursiya qiluvchi kishidir. Bu toifaga havo yo’lovchilarini kiritmaydilar, huquqiy jihatdan bu yo’lovchilar chegarani kesib o’tmaydi.

Bu holatni P.G.Oldak umumlashtirib quyidagicha ta’riflaydi: «turizm deganda hozirgi zamon tushunchasi bo’yicha yashash va ishlash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lmagan aholining barcha harakati turlari tushuniladi…»2.
Turizm — alohida iqtisodiy tarmoq, rivojlanishi iqtisodiy qonunlariga ega bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi tarmoq bo’lib, o’ziga ko’p tashkilotlarni biriktirgan faoliyat ko’rsatuvchi sohadir3. 1989 yildagi turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasida turizm tushunchasi: «bu doimiy yashash va ish joyidan kishilarning har qanday erkin ko’chib yurishi, shuningdek, ushbu ko’chib yurishlar oqibatida vujudga keladigan ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat ko’rsatish sohasini yaratishdir» deb talqin etiladi.
Turizmga doir Amerika darsliklarida «turizm — xalqlarning hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat; mamlakatlarga valyuta tushumi manbai; xizmat ko’rsatish sohasidagi uchinchi industriya» tarzida ta’rif beriladi. Professor Karolin Kuperning fikriga ko’ra, «turizm — xalqaro miqyosda samarali raqobat kurashi olib borish uchun zarur bo’lgan, valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir». Amerika professori Jon Voker «turizm - bu fan, san’at va biznes, xursandchilik uchun sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan kishilarni jalb qilish, joylashtirish va ko’nglini ochishdir» deb ta’rif beradi. BMT Statistika Komissiyasi «turizm — sayohat qiladigan va dam olish uchun, ish va boshqa maqsadlar bilan bir yo’la bir yildan oshmaydigan davr mobaynida odatdagi muhitdan tashqarida bo’lgan joylarga kelishni amalga oshiradigan shaxslarning faoliyatini qamrab oladi» deb hisoblaydi4. ekspertlarning fikricha, ushbu keng kontseptsiyadan foydalanish turizmni mamlakatlar o’rtasida, shuningdek bir mamlakat doirasida ajratish imkonini beradi. «Turizm» tashrif buyuruvchilar faoliyatining barcha turlariga, jumladan yotib qoluvchi keluvchilarga va bir kunga keluvchilarga ham tegishli bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda turizmga turli yondashuvlar mavjud bo’lib, uning mohiyati turlicha talqin etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Sayyohlik va turizm statistikasi bo’yicha Xalqaro konferentsiyasining 1992 yilda Butunjahon Turistik Tashkiloti tasdiqlagan hujjatlarida «Turizm bu — sayohatlar va sayohatchining odatdagi muhit doirasidan tashqarida bo’lgan joylarga uzog’i bilan 12 oy muddatga o’sha erda haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanishidan tashqari har qanday maqsadda kelishidir»5, deb ta’rif beriladi. «Rossiya Federatsiyasida turizm faoliyatining asoslari to’g’risida»gi qonuniga (1999 y) muvofiq «turizm — bu... fuqarolarning istiqomat joyidan, sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, sport, diniy va boshqa maqsadlarda vaqtinchalik borilgan mamlakatda (joyda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda vaqtinchalik jo’nab ketishi (sayohat qilishlari)dir»6.
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonunida, «turizm jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda bir yildan oshmagan muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) dir» deb ta’kidlanadi.


Download 377,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish