Ishni bajarish tartibi. Buning uchun hajmi 50 ml bo’lgan kimyoviy stakan yoki 20 ml hajmli probirka olinadi va ularga 0,25 yoki 0,5N li mis sulfat eritmasidan solinadi. Stakan yoki probirkaga solingan eritma ustiga 1N li sariq qon- K4Fe(CN)6 tuzi eritmasidan 2-3 tomchi pipetka uchi mis sulfat eritmasiga 1-1,5sm botib turgan holda tomiziladi. Pipetkadan oqayotgan sariq qon tuzi bilan mis sulfat o’rtasida kimyoviy reaksiya ketadi. Reaksiya ko’rinishi tubandagicha bo’ladi.
K4Fe(CN)6 + 2CuSO4 → Cu2 Fe(CN)6 + 2K2SO4
Bu reaksiyadan ko’rinib turibdiki, mis sulfat va sariq qon tuzining o’zaro birikishi
natijasida mis-temir sineroid kompleks birikmasi hosil bo’ladi.Bu kompleks birikma, yarim o’tkazish xususiyatli pardadan iborat bo’lib, u qoncha ko’rinishida bo’ladi. Hosil bo’lgan yarim o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan pardani Traube “sun’iy hujayrasi” deb ataladi. Xuddi shunday yarim o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan pardani sariq qon tuzining kichik kristalini ipga bog’lab, mis sulfat eritmasiga tushirganda ham ko’rish mumkin.
Har ikkala usul bilan hosil qilingan parda orqali “qoncha” ichiga mis sulfat eritmasidan suv kira boshlaydi. Natijada qopcha hajmi kengayadi (kattalashadi).
rasm. Traube “sun’iy hujayrasi”ning hosil bo’lishini kuzatish. Suvning sun’iy hujayra ichiga kirishi natijasida, hajmining kattalashuvi, olingan sariq qon tuzining konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Agar birinchi tajribada sariq qon tuzining eritmasi, mis sulfat eritmasiga nisbatan 2-4 marta katta bo’lgan bo’lsa, sariq qon tuzini kristal holda olgan paytda esa, uning konsentratsiyasi bir necha o’n martalab yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham tajribani sariq qon tuzining kristali bilan olib borilganda, hosil bo’lgan sun’iy hujayra hajmining kattalashuvi ancha kuchli bo’ladi. Hosil bo’lgan “sun’iy hujayra” hajmining oshuvi bilan bir vaqtda ichki gidrostatik bosim ham oshadi. Mana shu gidrostatik bosimga bardosh bera olmagan hujayra qobig’i ma’lum vaqtdan keyin yorilib (yirtilib) ketadi. Hujayraning nobud bo’lishi bilan tuzlar orasida yana kimyoviy reaksiya ketadi va natijada birinchi
holatdagidek, yarim o’tkazgich parda qayta hosil bo’ladi. Bu “sun’iy hujayra” ham ma’lum kattalikgacha o’z hajmini oshiradi va u ham bora-bora nobud bo’ladi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi.
Shunday qilib, bu tajriba orqali “sun’iy hujayraning” yarim o’tkazish xususiyatiga ega ekanligini (suvni oson o’tkazishligini, unda erigan moddalarning esa tutilib qolishligini) ko’rish mumkin.Tajribadan olingan natijalar daftarga yozib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |