22.04.2021. Dars “Internet tarmog’i resurslari” mavzusida prezentatsiyadan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
Veb sahifa tushunchasi va shakli;
Veb sayt tushunchasi va shakli;
Veb portal tushunchasi;
Veb saytlarning toifalari va vazifalari;
Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish;
Manzil tushunchasi va Internet resurlari manzili;
O’zbekiston Respublikasi Hukumat portal;
Ziyonet – ta’lim tarmog’i va undan foydalanish;
Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, O’rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan foydalanish;
Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati;
Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo’lgan veb saytlar va ularning ahamiyati.
Ma’ruzadan so’ng amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Bunda Internet Explorer misolida veb sahifalarni ko’rib chiqishda bajariladigan ishlar, brauzerni sozlash, zakladkalar yaratish usullari ko’rib chiqildi.
23.04.2021. Dars amaliy mashg’ulotdan iborat bo’lib, Internetga ulanish va undan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishga bag’ishlandi. Internetga ajratilgan liniyaga ulangan ADSL-modem orqali va mobil telefon orqali (Sony Ericsson XPeria X1 misolida) ulanish qadama-qadam tushuntirildi, hamda internet tarmog’ida ishlash uchun operatsion tizimning (Windows XP) maxsus sozlash dasturlaridan foydalanish ko’rsatildi.
Har xil turlarga oid bir nechta veb sahifalar ko’rib chiqildi va shu bilan birga turli xil brauzerlar (Internet Explorer 6, Opera 9/10, Mozila Firefox, Google Chrome misolida) orasidagi farqi va har birining afzallik tomonlari tushuntirildi.
Veb sahifalarni saqlash, saqlangan hujjatlarni ochish usullari o’rgatildi.
24.04.2021. Dars “Elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlari” mavzusida prezentatsiya dan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
An’anaviy pochta xizmati;
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari;
Xabar va pochta qutisi tushunchalari;
Xabarlarning turlari;
Elektron pochta manzili;
Xabarlarni uzatish va qabul qilish;
Xabarlarni ko’pchilikka yuborish;
Spam tushunchasi, spam turlari va ularga qarshi kurashish;
Filtrlar va qora ro’yxat;
Milliy elektron pochta xizmatlari;
Xalqaro pochta xizmatlari;
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlar almashinish madaniyati.
Ma’ruzadan so’ng matn muharirlarida (Microsoft Word misolida) ishlash ko’nikmalari chuqurroq o’rganildi.