TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FAKULTETI “INFORMATIKA O’QITISH
METODIKASI” YO’NALISHI
IV - KURS 402-GURUH TALABASI
MUHIDDINOV ANIS ASLIDDIN O’G’LINING
2021-2022 O’QUV YILIDA O’TKAZGAN
MALAKAVIY AMALIYOT HUJJATLARI
AMALIYOT DAVRI
OYLIK HISOBOT
“ Tasdiqlayman”
Surxondaryo viloyati Uzun tumani
Xalq ta’limiga qarashli 14-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktab direktori : _______ Q. Xalilov
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti“ Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi IV – kurs 402-guruh talabasi Muhiddinov Anis Asliddin o’g’lining malakaviy amaliyot davri
HISOBOTI
Men Muhiddinov Anis Asliddin o’g’li 02.05.2022 dan 28.05.2022 gacha Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 43 ta xona mavjud bo’lib, 1 ta kutubxona, 1 ta kompyuter xonasi, 2 ta laboratoriya xonasi va oshxona. Bino 5 ta korpus va sport zalidan tashkil topgan. Maktabda ta’lim o’zbek tilida olib boriladi. Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda. Maktab jamoasi oldiga zamonaviy usullar yordamida kelajakda yetuk inson bo’lib yetishadigan o’quvchilarni tayyorlash asosiy vazifa qilib olingan. Hozirda maktabda barcha o’qituvchilar oily ma’lumotlilardir. O’qituvchilar gumanitar va aniq fanlar bo’yicha yuqori sifatli darslar o’tib, o’quvchilarni kelajakka, olimpiadalarga, bilimdonlar musobaqasiga tayyorlab keladilar. Bundan tashqari, yil davomida o’qituvchilar o’z malakasini oshirib boradilar. Hozirgi vaqtdga qadar bitirib ketgan o’quvchilar kollejlarda, oily o’quv yurtlarida, xalq xo’jaligining turli jabxalarida muovaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan.
Informatika darsi o’tiladigan kompyuter xonasida: 16 ta kompyuter (1 ta kompyuter o’qituvchi uchun), kompyuterlarni bir biriga ulovchi 1 ta HUB, 1 ta printer, Internet xizmatidan foydalanish uchun 1 ta GPON modem, 1 ta proyektor bilan jihozlangan. Har bir o’quv kompyuteri 3.4-GHz chastotada ishlovchi Intel(R) Core(TM) protsessori, 500-Gb hajmga ega bo’lgan qattiq disk, 2-Gb hajmdagi tezkor operativ xotira, bittadan klaviatura, bittadan sichqoncha, bittadan ovoz karnaylari (naushniklar), bilan jihozlangan. O’qituvchi kompyuteri 3.6GHz chastotada ishlovchi Intel(R) Core(TM) i-3 protsessori, 1-Tb hajmga ega bo’lgan qattiq disk, 4-Gb hajmdagi tezkor operativ xotira, bitta DVD-ROM bilan jihozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |