Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti
5340100-Arxitektura (turlaribo’yicha) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Bobonazarov Akmal Soat o’g’li ga
TAVSIFIY-TAVSIYANOMA
Iqtidorlitalabamiz Bobonazarov Akmal Soat o’g’li 1997-yil Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tavallud topgan. Millati o’zbk.
2004-2013 yillarda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabini yaxshi va a’lo baholar bilan tugatdi.
2013-2016 yillarda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Yangiobod qishloq va o’rmon xo’jaligi kasb hunar kolleji o’qishga kirdi. Kollej o’qishi mobaynida ko’pgina yutuqlarga erishdi va kollejni a’lo baholar bilan tugatdi.
2019-yil Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti Arxitektura (turlaribo’yicha) ta’lim yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindi. HozirdaArxitektura (turlaribo’yicha) ta’limyo’nalishi 3-bosqich talabasi.
Bobonazarov Akmal Soat o’g’li o’zining tengdoshlari orasida odob axloqi, mexnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida balki Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib yuqori natijalarni qo’lga kiritib kelmoqda.
Kollejdavridaerishilganyutuqlari:
2013 yil “Yoshchegarachilar” va “Shunqorlar Respublika ko’rik tanlovida guruh sardori sifatida ishtirok etib o’zjamoasi bilan faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritgan.
2013-yil “Quvnoqlar va Zukkolar’’ ko’rik tanlovida faol qatnashib “Eng sho’x yigit” naminatsiyasi sovrundori bo’ldi
2014-yil “Kamolot” YoIH tomonidan o’tkazilgan yil sardori tanlovida faol ishtirook etdib FAxrli o’rinni qo’lga kiritdi va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2015-yil “Kamolot” YoIH tomondan Yangiobot qishloq va o’rmon xo’jaligi kasb hunar kolleji Kamolot sardori etib tayinlandi.
2016-yilda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Yangiobod qishloq va o’rmon xo’jaligi kasb hunar kollejini a’lo baholar bilan tugatdi.
2019-yilda Termiz davlat universiteti Arxitektura (turlaribo’yicha) ta’lim yo’nalishiga Grant asosida o’qishga qabul qilindi.
2019-yildan Termiz davlat universiteti Arxitektura (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi A-119 guruh Yetakchisi lavozimida taxsil olmoqda.
2020-yil 10-noyabr “ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ” Хаlqaro ilmiy jurnalida “Interyerni badiiy bezatishda milliy amaliy san’at turlaridan Foydalanishning nazariy axamiyati” mavzusi bilan ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.
Bobonazarov Akml Soat o’gli zamonaviy grafik dasturlardan yuqori darajada foydalana oladi. U o’zining ko’pgina loyihalari bilan turli ko’rik tanlovlarda qatnashib Arxitektura va qurilish sohasiga ulkan hissasini qo’shib kelmoqda. Qolaversa u mahalliy va xalqaro jurnallarda shu sohadagi ko’pgina maqola hamda ilmiy izlanishlari bilan qatnashib, yoshlarga oid davlat siyosati va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilayotgan tadbir va forumlarda faol ishtirok etib, munosib tarzda taqdirlanib kelmoqda.
Bobonazarov Akml Soat o’gli zamonaviy dasturlash tillari, grafik dasturlar, loyihalash hamda dizayn sohalarini va chet tillaridan ingliz hamda rus tillarini chuqur egallagan.
Bobonazarov Akml Soat o’gli Arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy izlanishlarini ilmiy rahbari Beknazarova Maxbuba Nortoji qizi bilan birgalikda “Interyerni badiiy bezatishda milliy amaliy san’at turlaridan Foydalanishning nazariy axamiyati” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
Bobonazarov Akml Soat o’gli yuqoridagi ilmiy ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O’zbekistonimizning ravnaqi yo’lida o’z hissasini qo’shishga hamda bu borada o’zining bor bilim va salohiyatini namoyon etishga ishonch bildirgan holda, “UNIVERSITET STIPENDIYASI”ga tavsiya etaman.
Arxitekturavaqurilish
fakultetidekani: I. Umbarov
Do'stlaringiz bilan baham: |