Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/148
Sana31.12.2021
Hajmi2,88 Mb.
#200343
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   148
Bog'liq
axborot xavfsizligi

GOST  28147-89  shifrlash  standarti  -  Rossiya  shifrlash  standarti  bo‘lib,  simmetrik 
shifrtizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Blok kattaligi 56 bit, kalit uzunligi 256, 512 bitga 
teng bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmiga asoslangan. Shifrlashning 4 rejimiga ega. 
Ko‘p sonli turli ochiq kalitli kriptotizimlar ichida keng tarqalgani 1977-yilda ixtiro qilingan va 
uning  mualliflari  Ron  Rivest,  Ada  Shamir  va  Leonard  Yeydelman  nomiga  qo‘yilgan  RSA 
kriptotizimidir.  Ular,  katta  tub  sonlarni  aniqlash,  hisoblash  jihatdan  oddiy  ekanligidan  hamda 
shunday ikkita katta sonlarning ko‘paytmasi bo‘lgan sonni ko‘paytuvchilarga ajratish judayam qiyin, 
amalda  mumkin  emasligidan  foydalanishgan.  RSA  shifrini  ochish  shunday  ko‘paytuvchilarga 
ajratishga tengligi isbotlangan (Rabin teoremasi). Shuning uchun kalit uzunligi qanday bo‘lishidan 
qat’i nazar shifrni ochish uchun talab qilinadigan amallarning quyi chegarasini baholash, zamonaviy 
kompyuterlarning tezligini bilgan holda shifrni ochish uchun kerak bo‘ladigan vaqtni ham aniqlash 
mumkin.  RSA  algoritmining  himoyalanganlik  kafolatini  aniqlash  imkoniyati,  uning  boshqa  ochiq 
kalitli algoritmlar orasida mashhur bo‘lishining sababi hisoblanadi. Shuning uchun RSA algoritmidan 
bank  kompyuter  tizimlarida  foydalanilmoqda,  ayniqsa  uzoq  masofadagi  mijozlar  bilan  ishlashda 
(kredit kartochkalarga xizmat ko‘rsatishda) qo‘llanilmoqda. 
Xabar xesh-funksiyasi - qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni ikkilik sanoq tizimida berilgan 
xeshlovchi sonning har bir bitiga yoki xeshlovchi dastlabki matnning har bir ramziga bog‘liq bo‘lgan 
funksiya
10
.  Xeshlash  algoritmi  kirish  matnidan  bir  xil  uzunlikda  natija  chiqaradi.  Bunda  uzunlik 
deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni 
«AKT  lug‘ati»  bo‘lsa  va  xesh-  funksiya  qiymati  «10110111010100101  »ga  teng  chiqsa,  xesh-
funksiya qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit bo‘lgan xesh-
funksiyalar  ham  mavjud.  Xesh-funksiya  samarali  bo‘lishi  uchun  kirish  xabari  uchun  natija  noyob 
bo‘lishi lozim. Odatda, xesh- funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida 
dastlabki  matnni  hisoblab  topish  juda  qiyin.  Xesh-funksiyalar  axborot  uzatish  va  saqlashda  uning 
xavfsizligini muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi. 
5.Elektron  raqamli  imzo  va  ochiq  kalitlar  strukturasi.  Elektron  raqamli  imzoni  qo‘llashdan 
maqsad, birinchidan elektron hujjatdagi axborot asl nusxa ekanligini tasdiqlash, ikkinchidan uchinchi 
tarafga  (arbitr,  sudga  va  boshqalarga)  hujjatni  muallifi  ushbu  shaxs  ekanligini  isbotlash.  Ushbu 
                                                           
9
 Shon Harris. ALL IN ONE CISSP. McGraw-Hill. 2013 
10 
Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати (иккинчи нашр). - Т., 2010. 


36 
 
maqsadga  erishish  uchun  muallif  o‘zining  maxfiy  individual  raqami  (individual  kalit,  parol)  bilan 
hujjatga  o‘rnatilgan  tartibda  «elektron  imzo  qo‘yish»  jarayonini  bajarishi  lozim.  Bunday  imzo 
qo‘yishda, har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq 
aralashib  ketadi.  Bunday  biriktirilish  natijasida  hosil  bo‘lgan  raqam  (ma’lum  razrad  uzunligidagi 
raqamlar  ketma-ketligi)  ushbu  hujjatga  muallif  tomonidan  qo‘yilgan  elektron  raqamli  imzo 
hisoblanadi.  Shunday  qilib,  elektron  raqamli  imzo  qo‘yish  va  uni  tekshirish  protsedurasining  har 
birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish 
kaliti  yordamida  aniqlash  imkoniyati  umuman  mumkin  emasligi  kafolatlangan  bo‘lishi  kerak. 
Hozirda taklif etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida 
(ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab hisoblash ishlarini bajarish lozimligi 
nazarda tutiladi. 
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa ekanligini 
va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan. 
Hozirgi paytda raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda (uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan 
matnga  biriktirilgan  raqam,  bu  axborotning  butunligini  va  muallifni  haqiqiyligini  tekshirish 
imkoniyatini  kafolatlaydi).  Simmetrik  shifrlash  algoritmlariga  asoslangan  raqamli  imzo  modellari 
ham mavjud. 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish