Δ S
MPC = ----------- x100
1 Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.
Δ Yd
Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chekli moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz.
Δ S =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20; MRS = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga o’zgaradi. Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MRS = ------------x100
Δ Yd
Bu erda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga chekli moyillik. Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd = 430 - 410 = 20 Δ S = 10 - 5 = 5
MR S = (5/20) 100 = 25%;
Shunday qilib, iste’molga chekli moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, jamg’armaga chekli moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MRS + MRS =100% yoki 1.
MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar.
4. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
YaIMning ikkinchi komponenti bo’lgan investitsiyalarga to’xtalib o’tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi.
- Ishlab chiqarish investitsiyalari;
- Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
- Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz narxi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega: I = e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi
R
I
0 e I
Do'stlaringiz bilan baham: |