Termiz davlat pedagogika instituti


-Bolani sog‘lom qilib tarbiyalash masalalari



Download 1,96 Mb.
bet13/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

1.2-Bolani sog‘lom qilib tarbiyalash masalalari.
Demokratik jamiyatda oilaning bolalarni tarbiya qilishdagi roli juda katta. Bola bog‘chada bo‘lishiga, maktabda o‘qishiga qaramay, o‘z umrining uchdan ikki qismini uyda, ota-onasini bag‘rida o‘tkazadi.
Oilada bolani tarbiya qilish masalasi murakkab va ko‘p qirrali. Bu masalada bir qolipda ish tutib bo‘lmaydi, hamma bolaga ham bir xilda munosabat qilish qiyin, barchaga bir xil maslahat berish mumkin emas. Ota-onalar bolani tarbiya qilar ekanlar, bilimdon, aql-idrok bilan ish ko‘radigan, sabr-toqatli bo‘lishlari, har bir bolaning o‘ziga qarab muomala qilishlari kerak.
Bolalar tarbiyasidagi muhim narsa nima? Avvalambor, bu savolga shunday javob qilishni istardim: hammasi ham muhim. Chindan ham bola tarbiyasida nimani olmang, ular orasida birorta ham ahamiyatsizi, muhimi nazardan chetda qoladigani topilmaydi. Lekin bari bir eng muhimi - bola sihat-salomat bo‘lib o‘sishi kerak.
To‘la va polvon sifat ham, yonoqlarning qizilligi ham o‘z-o‘zicha salomatlik mezoni bo‘la olmaydi. Salomatlikning mohiyati jismoniy va ma’naviy kuchlarning uyg‘un, nerv sistemasining muvozanatda bo‘lishi, chidamlilik, turli xildagi zararli ta’sirlarga qarshi bardosh bera oladigan bo‘lishidir.
Hayot bolani albatta qanday bo‘lmasin sinovlarga duchor qiladi. Bu nima bo‘lmasin - haroratning keskin o‘zgarishimi, yoki infeksiyami, jismoniy zo‘riqishmi, yoki ruhiy iztirobmi, his-hayajonmi, bari bir baquvvat organizm unga maqsadga muvofiq reaksiyalar bilan javob beradi, o‘zi kurashadi, nimjon esa kurashishga ojizlik qilib, mag‘lub bo‘ladi.
Sog‘lom bolani tarbiyalash ancha oson. Buni hamma ham biladi. Barcha zaruriy narsalarga va malakalarga u tez o‘rganib ketadi, sharoitlarning o‘zgarishiga yaxshi moslashadi va o‘ziga qo‘yilgan talablarni to‘g‘ri tushunadi. Sog‘liqhulq-atvorning to‘g‘ri shakllanishi, tashabbuskorlik rivojlanishi, mustahkam irodali, iste’dodli va tabiatdan qobiliyatli bo‘lish muhim zaminidir.
Xo‘sh, bola sihat-salomat bo‘lishi ko‘p jihatdan ota-ona sog‘lig‘iga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘lgusi ota-onalar albatta vrachga borib uchrashishlari, u bilan maslahatlashishlari, o‘zlarida qanday bo‘lmasin birorta xronalogik kasallik topilgudek bo‘lsa sabr-toqat bilan to darddan forig‘ bo‘lib ketgunlaricha davolanishlari lozim.
Keyingi yillarda antenatal profilaktika qo‘llanilmoqda, ya’ni bola hali yorug‘ dunyoga kelmasdan oldinoq undagi kasalliklarni oldi olinadi. Bunda olingan ma’lumotlar shunga ishonch hosil qiladiki, to‘g‘riovqatlanish, mehnat va dam olishni to‘g‘ri navbatlash, turli xildagi zararli ta’sirotlardan o‘zini himoya qilish yo‘li bilan (ichkilik ichmasdan, tamaki chekmasdan, dorilarni pala-partish ichmasdan) homilador ayol yorug‘ dunyoga keladigan o‘z farzandining rivojlanishini “boshqarishi” mumkin.
Bolaning salomatligiga u o‘sayotgan va rivojlanayotgan muhit ham ta’sir qiladi. Bola organizmi mayin, yangi niholdek egiladi, o‘zgarib turadi. Ma’lum sharoitlarda yomon tug‘ma xususiyatlar yuzaga chiqmay qolishi va jiddiy kasalliklar manbai bo‘lishi ham mumkin. Xuddi shu kabi yaxshi kurtaklar yo rivojlanishi va takomillashishi yoki so‘nib yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Odam yorug‘ dunyoga chidamli, bardoshli, “tayyor” moslashuvchanlik mexanizmlarning ma’lum jamg‘armasi bilan keladi. Buni sehrgar saxiy tabiat har bir bo‘lajak farzandga ato etgan, tuhfa deb hisoblash mumkin. Biroq ana shu tabiat in’omini saqlash uchun undan bilib, oqillik bilan foydalanish kerak.
Masalan, chaqaloqda issiqlikni idora etadigan tabiiy mexanizmlar juda takomiliga еtgan bo‘ladi. Sovuqqa javoban organizmda issiqlik berilishining tezda kamayishiga, isib ketishga javoban esa uning oshishiga imkon beradigan reaksiyalarning murakkab zanjiri paydo bo‘ladi.
Agar bosimni tobora oshira borib, ana shu mexanizmlar tez-tez mashq qildirib turilsa, u xolda ular tobora ishonchlirok, jirrakilik qilmay ishlaydigan bo‘lib boraveradi, agarda bu xildagi mashq bo‘lmasa, ularning “sog‘ligi” sezilarli darajada susayadi. Boshqacha aytganda, agar bola chiniqtirilsa, u sovqotishga (faqat ungagina emas) ancha chidamli bo‘ladi, agar bola o‘rab-chirmalsa, salgina shamol tegishidan asrab-avaylansa, shamollash kasalliklariga va boshqa xastaliklarga chidamlilik susayadi.
Xulosa qilib shunday deyish mumkin: bolani nozik-nihol qilib tarbiyalamasdan, balki chiniqtirish, shug‘ullantirish kerak, o‘sayotgan organizmning faolligini oshirish lozim.
O‘z farzandingizni dunyodagi bebaho murabbiy-hayot tajribasidan mahrum qilmang! Holbuki, ota-onalar ana shunday xatoga yo‘l qo‘yishadi. Zero hatto qattiq siqib yo‘rgaklash-qichkintoyni erkin harakat qilishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishda, yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini olishdir - birdan qo‘llarini ko‘rib qo‘rqib ketsa-ya, birdan yuzini timdalab olsa-ya, deb vahima qilishdir! Aslini olganda bola shunday yo‘l bilan o‘zini makonda sezishi va harakatlar uyg‘unligi qonuniyatlarini tushunishi uchun qo‘lchalarini va oyoqchalarini qimirlatishi kerak. Hamma narsani uning uchun qilishga urinish, hadeb yiqilib tushasan, mayib bo‘lasan, qilolmaysan, deb dakki beraverish bolaga foyda qilmaydi. Ehtiyot bo‘lib yurishga o‘rganish uchun qachon bo‘lmasin yiqilish ham kerak-da, biror narsani o‘z qo‘ling bilan o‘rganish uchun oldin mehnat qilish, intilish kerak.
To‘g‘ri, bolani aktivlikka ma’lum bir chegarada rag‘batlantirish kerak, unga fiziologik va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qurbi еtadigan, qo‘lidan keladigan ishlarni buyurish kerak.
Ota-onalarning boshqa nojo‘ya ishlari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalar “asr dinamikligi” tushunchasiga mukkalaridan ketib, bolalarni naq 2-3 yoshligidan boshlab o‘qitishga hisobni, chet tilini o‘rgatishga shoshiladilar, gantel bilan gimnastika qilishga majbur etadilar. Aslo bunday qilmaslik kerak. Bir xil qobiliyatlarning juda erta rivojlanishi boshqalariga albatta zarar qiladi. Bolalikda boy berilgan narsaning o‘rnini to‘ldirish esa ba’zan oson bo‘lmaydi.
Bola tarbiyasida aslo haddan oshib ketmaslik kerak. Bolani xotirjam, tabiiy oqilona sharoitda o‘stiring.
Buning uchun nima qilish kerak?
Shunday bir metod borki, uni har xolda hayotning birinchi yillaridagi bolalar uchun universal deb atash mumkin, zero u bola salomatligining mustahkamlanishiga ham, uni to‘g‘ri tarbiyalashga ham bir xilda ta’sir qiladi. Bu kun tartibiga rioya qilishdir. Aniq kun tartibi bolaga tashqaridan tashqariga zo‘rma-zo‘raki qildiriladigan narsa emas. Tabiatga bir razm soling, u aniq bir maromda yashaydi, xamma-xammasi-quyosh chiqishi va botishi, oqib kelish va ketish bir xilda sodir buladi, ichki organlar ham shu xildagi bir me’yorida ishlaydi. Masalan, sog‘lom yurak ritmining naqadar aniqligiga quloq soling.
Bolani doimo bir xil vaqtda va o‘sha soatda uxlating, sayrga olib chiqing, cho‘miltiring. Bir maromda ana shunday ish tutish organizm hayot faoliyati uchun eng yaxshi sharoit yaratadi. Bolaning ishtahasi yaxshi bo‘ladi, qattiq uxlaydi, ruxi tetik bo‘ladi. Oqilona rejim sharoitida o‘sgan bola odatda injiq bo‘lmaydi. Uning miyasida, ta’bir joiz bo‘lsa ona suti bilan kirgandek har bir narsaning o‘z vaqti, o‘z o‘rni, o‘z me’yori bor, degan tushuncha shakllanadi.
Rejimga rioya qilish faqat bola uchungina zarur emas. Rejimga rioya qilinganda oila saranjom-sarishta, batartib hamma narsa joy-joyida bo‘ladi, bolani to‘g‘ri o‘stirishni bilmaydigan oilada esa hamma narsa еyilib betartib bo‘lib еtadi.
Biz rejimni universal vosita deb atadik, zero u chindan ham gigiena va pedagogikaning eng muhim talablarini birlashtiradi. Biroq universal degani hali hammasi emas.
Na rejim, na bebaho gigienik parvarish noto‘g‘ri ovqatlanish o‘z-o‘zicha avtomatik ravishda “ishlanib chiqmaydi” bolani sevish va unga mehr-shavqatli, diqqat-e’tiborli bo‘lish, his tuyg‘ularga boy bo‘lish lozim, buni esa bolaga yaxshi, ahil oila baxsh eta oladi xolos.
Shunday qilib, bola tarbiyasi ota-onaning tinimsiz ijodiy ishidir.
Ota-onalarni ko‘p tashvishlar va mehnat-mashaqqatlar kutadi. Ular bunga tayyor bo‘lishlari kerak.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish