Termiz davlat pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim tizimida jismoniy harakatlarga o‘rgatish uslubiyoti



Download 1,96 Mb.
bet15/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

Maktabgacha ta’lim tizimida jismoniy harakatlarga o‘rgatish uslubiyoti
Harakatga o‘rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Hayot uchun kerakli ko‘nikma va malaka “osondan - murakkabga” didaktik tamoyili asosida, izchillik bilan, asta-sekin hosil qilib boriladi va jismoniy tarbiya haqidagi eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiena qoidalari talablariga rioya qilish o‘rgatiladi. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolaning jismoniy tarbiyasi umumiy o‘qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi hamda o‘qitishning onglilik va faollik, ko‘rgazmali, bajara olish va individuallik, muntazamlik, izchillik tamoyillariga tayanadi.
Ko‘rgazmali uslubiyatida:
a) bajarishi kerak bo‘lgan harakat ko‘rgazmali qurollar orqali
namoyish qilinadi, taqlid qilib ko‘rsatiladi;
b) so‘z yordamida ko‘rsatib tushuntiriladi,ifodali suz
aytib berish, so‘rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi;
v) mashq qilish - harakat shartini o‘zgartirmay va o‘zgartirib
bajarishdan foydalaniladi;
g) o‘yin va musobaqa uslubiyati qo‘llaniladi.
Ko‘rgazmali uslubiyati barcha yosh guruhlarida harakat malakasi zaxirasining kata yoki kichikligiga qarab qo‘llaniladi. Eng kichik yoshdagilarning malaka zaxirasi kichkina bo‘lib, ularda mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin bo‘ladi. Mashqqa o‘rgatish uchun ko‘rgazmali uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollar: rasmlar, fotorasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashg‘ulot paytida mashq texnikasini egallashni osonlashtiradi. Harakatga o‘rgatishda taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda o‘sha harakatni hayvonlar va boshqa jonivorlar harakati misolida o‘rgatish bolalarda obrazga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va ta’lim jarayonini faollashtiradi. Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo‘lsa, shunchalik qiziqib bajaradilar.
Bu yoshdagilarda ko‘rish va jismlarga qarab mo‘ljal olish qobiliyatini o‘stirishning ahamiyati katta. U, o‘z navbatida, murakkab jismoniy mashqlarning bajarilishini osonlashtiradi. Masalan: balandga osib qo‘yilgan jismdan oshirib uloqtirish (bunda tana orqaga bukiladi, tananing og‘irligi orqada turgan oyoqqa tashlanadi) yoki osib qo‘yilgan buyumga, masalan, o‘yinchoqlarga sakrab еtishni bajartirishning samarasi yuqori bo‘ladi. Bolalarni mashqlarni qo‘rqmay bajarishga o‘rgatish muhimdir.
Harakat malakasini shakllantirishda ritm, suratni his qilishga o‘rgatish uchun qo‘shiq, aytishuv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar tavsiya qilinadi
So‘zdan foydalanish uslubiyati bolaning jismoniy mashq haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishiga, uni ko‘z oldiga keltirishiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik va so‘z yordamida tushuntirish uslubiyatlari birgalikda qo‘shib olib borilsa, keyinchalik bola jismoniy mashqlarning nomini eshitishi yoki o‘qishi bilan ularni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega bo‘la boshlaydi. Tushunarliroq bo‘lgan so‘z va iboralarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Masalan: quyonga o‘xshab sakraymiz; qarg‘aga o‘xshab “qag‘-qag‘”deb ikki oyoqlab yuramiz; ayiqqa o‘xshab lapanglab yuramiz;
tulkidek tez harakat qilamiz kabi, so‘zdan foydalanish o‘rgatishning harxil bosqichida turlicha bo‘lishi lozim. O‘rgatishning boshlanishida harakat to‘liq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish qisqa ko‘rsatmalar berish bilan almashinadi. Ko‘rsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni to‘g‘rilash, ogohlantirish va ularni baholash mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda, buyruq va ko‘rsatmalar jismoniy mashqlarni baravar boshlash, tugallash, ularning surati va ritmini aniqlash, harakatga yo‘naltirish uchun qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda ko‘proq foydalaniladi. Ko‘pchilik jismoniy mashqlar qo‘shiq, she’r, voqialar matn yoki harakatlarni bajarish yo‘l-yo‘riqlarini aytib turish bilan qo‘shib ijro etiladi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar biologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Yangi tug‘ilgan - 4 haftalik;
2. Yillik - 1 yoshgacha;
3. Ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha;
4. Maktabgacha yoshdagi - 3 yoshdan 6 (7) yoshgacha.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘rgatishda taqlid qilish, ko‘rinib turgan narsaga yoki uning yonidagi boshqa narsaga, unga teskari tomonga, pastga, balandga, orqaga va.h.k. deb mo‘ljalga olish kabi o‘yin usullarini kiritish o‘qitishning hissiy ko‘tarinkiligini oshiradi. Bu yoshdagi bolalar maxsus bilimlarni filmlar, kinofilmlardan, mashqni tushuntirayotganda eshitib, harakat texnikasini, harakatli o‘yinlar qoidalarini o‘rganishda foydalanadilar va, shu bilan bir qatorda, shaxsiy va umumiy gigienik tushunchalarga ega bo‘lib boradilar.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish