Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda qo‘llanilgan usullar, uning doirasida foydalanilgan nazariy yondashuvlar rasmiy manbalardan olingani, emperik o‘rganishlar asosida keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlar vositasida asoslangani, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning kompetensiyali tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini raqamli ta’lim muhitida zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy asoslangan tizimining ishlab chiqilgani; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya darslarini tashkil etish va o‘tkazishda raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning metodik imkoniyatlari orttirilganligi;
Tadqiqot natijalarining amaliy taklif etilayotgan o‘qitish modeliga muvofiq, biologiya o‘qituvchilari faoliyati uchun o‘quv-uslubiy materiallar tizimi va mazmunining taklif etilgani, biologiya o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi kognitiv qobiliyatlarini shakllantirish vositasi sifatida raqamli ta’lim muhitida ishlashga yo‘naltirilgan interfaol o‘qitish vositalarini tuzish texnologiyasi taqdim qilingani, biologiya o‘qituvchilariga darslarda raqamli ta’lim texnologiyasidan tizimli foydalanishni o‘rgatish jarayonining maqsadli modeli ishlab chiqilgani, raqamli ta’lim sharoiti bilan adaptivligini ta’minlash imkoniyatining yaratilgani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining uzluksiz kasbiy rivojlanishi va ta’lim faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari (o‘qitishning mobilligi, individual ta’lim muhitini loyihalash, raqamli ta’lim resurlarni ishlab chiqish va qo‘llash) o‘qitishning interfaol modellarini maqsadli optimallashtirish asosida aniqlashtirilganligiga doir amaliy taklif hamda tavsiyalardan 2022-yilda amalga oshirilgan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2022-yil 29-noyabrdagi № 01109-1634-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini uzluksiz takomillashtirish tizimini intensiv optimallashtirilishga xizmat qilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisi kasbiy-metodik tayyorgarligi pedagogik faoliyatning yangi turi sifatida: interaktiv axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim sharoitlarida onlayn va offlayn tizimda shaxsiy-kasbiy rivojlanishni ta’minlash, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalari asosida pedagog kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalaridan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 9-dekabrdagi № 01/15-09/275-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qitishning onlayn va oflayn tizimining interaktivligini ta’minlash imkoniyati ta’minlangan;
raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy komponentlarini (diagnostik-tahlil, qadriyatlar, tashkiliy, bashoratlash, natija) o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik modeli; biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va tayyorgarlik darajalarini takomillashtirishga doir (dars ishlanmalari, topshiriqlar, taqdimotlar, videodarslar, masala va mashqlar yechish metodikasi, vebinarlar tashkil etish, mustaqil kasbiy rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga doir) taklif va tavsiyalaridan 70110901 – tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Biologiyaning konseptual asoslari” darsligining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 15-avgustdagi 02/01-01-26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimini, magistratura, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarida pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini uzviylashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |